• 3-MODUL. TRANSFORMATORLAR MONTAJI VA ULARNI ISHLATISH 4–BOB KUCH TRANSFORMATORLAR MONTAJI
  • Andijon mashinasozlik instituti mualliflar: Maxsudov Moxirbek Tolibjonovich Abdurashidov Eldorbek Ergashboy o‘g‘li




    Download 5,59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet40/199
    Sana16.02.2024
    Hajmi5,59 Mb.
    #157767
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   199
    Bog'liq
    DARSLIK ETT montaj va ishlatish (6)

    kuchlanish uzatish uchun tayyor, 
    mufta
     


    59 
    qo‗llaniladi, 1000 V dan yuqorilarida dumaloq ko‗rinishdagilar ishlatiladi. 
    Bob bo‗yicha nazorat savollari. 
    1. Qanday kuch kabellarini bilasiz? 
    2. Kuch kabellaridagi belhilanishlar nimani anglatadi? 
    3. Kabellarni montajga tayyorlash ishlari.qanday amalga oshiriladi? 
    4. Kabellarni lotok va korobalarda joylashtirish va kabellarni poʻlat 
    arqonlarda joylashtirishda qanday ishlar bajariladi? 
    5. Kabel liniyalarini ishlatishda texnik xizmat ko‗rsatishdeganda 
    nimani tushunasiz? 
    6. Kabellarni muftalarda tutashtirish qanday amalga oshiriladi? 
    7. Issiq (termik) kirishishli va sovuq kirishishli muftalar montaji 
    qanday olib boriladi? 
    8. Termik kirishishli muftalar afzalliklari qanday? 
    9. Sovuq kirishishli muftalar montaji qanday amalga oshiriladi? 
    10. Kabel liniyani ishlatishga qabul qilishda qanday ishlar amalga 
    oshiriladi? 
    3-MODUL. TRANSFORMATORLAR MONTAJI VA ULARNI 
    ISHLATISH
    4–BOB 
    KUCH TRANSFORMATORLAR MONTAJI
    §4.1. Transformatorlar haqida umumiy ma‘lumotlar. Tayyorlash 
    ishlari. 
    Tansformator o‗zgaruvchan tokni bir kuchlanishdan boshqa 
    bosqichga va shunday chastotadagi o‗zgaruvchan tok kuchlanishiga 
    o‗zgartirish uchun xizmat qiladi. Ikki chulg‗amli trasformotorlar 
    quyidagicha farqlanadi, elektrli aloqasi bo‗lmagan ikki chulg‗amga egali, 
    va ko‗p chulg‗amli, uchta va undan ko‗p elektrli aloqasiz chulg‗amlarga 
    ega bo‗lgan. Energiya transformotomi birlamchi zanjiridan ikkilamchisiga 
    magnitli oqim orqali uzatiladi. 
    Oshiruvchi va pasaytiruvchi podstansiyalarda uch fazali yoki bir 
    fazali guruxli tansformatorlar qo‗llaniladi. Tansformatorlar ikki yoki uch 
    cho‗lg‗amli bo‗lishi mumkun. Tansformatorlar cho‗lg‗amlari quyidagicha 
    belgilanadi: YUK (ВН) - yuqori kuchlanishli, Q‗K (СН)- o‗rta 
    kuchlanishli, ПК (НН)- past kuchlanishli; ularni mis yoki alyumin 
    izolyatsiyalangan dumaloq yoki ko‗ndalang kesimi to‗g‗ri burchakli 
    o‗tkazgichlar izolyatsiyalangan silindrlarga o‗ralgan va ularni o‗zakli 
    magnit o‗tkazgichlarga kiydiriladi. 
    YuK cho‗lg‗amlari xar doyim tashqi sirtiga o‗rnatiladi, O‗K magnit 
    o‗tkazgich o‗zagiga yoki YuK va PK cho‗lg‗amlar orasiga joylashtiriladi. 
    Cho‗lg‗amlarni elektrik yoki mexanik bardoshligini oshirish uchun 


    60 
    gliftalli lak shimitilib pishiriladi. 
    Magnit o‗tkazgich 0,35-0,5 mm qalinlikdagi elektr texnik po‗lat yupqa 
    yassi (paketli) yig‗ma qatlamlardan tashkil topgan, oldin kimyoviy ishlav 
    byerilgan fosfatlashtirilgan, ya‘ni qatlam yuzasida yupqa fosfatlar qatlami 
    hosil qilingan (fosforli kislota qatlami boshka kimyoviy elementlar 
    aralashmalarida). Fosfatlashtirilgan po‗lat qatlamlar yaxshi izolyatsiyaga 
    ega va chirishga qarshi yuqori bardoshli, magnit o‗tkazgichda bo‗ladigan 
    uyurma toklarni paydo bo‗lishiga yo‗l qo‗ymaydi. Sovuq yassilangan 
    po‗latlar qo‗llanishi tansformatorning asosiy sifat tavsifini oshiradi va 
    yuqori magnit singishini yaratadi, ularning tashqi o‗lchami, massasi 
    qisqaradi va po‗lat isrofi kamayishi hisobiga FIK oshadi. 
    Vertikal magnit o‗tkazgich o‗zakka cho‗lg‗amlar kiydirilgan, yopiq 
    magnit tizim tashkil qilish uchun pastki gorizontal yarmolarga yuqorigisi 
    ulanadi. 
    Cho‗lg‗amalar kiydirilgan magnit o‗tkazgich va tansformator qopqog‗i 
    kiritgichlar 
    maxkamlangan 
    kiritgichlar 
    tansformatorning 
    aktiv 
    (chiqariladigan) qismi deb ataladi (4.1-rasm.) va idishga (bokka) 
    tansformator moyi yoki yonmaydigan suyuqlik (sovtol) quyiladi, magnit 
    o‗tkazgich cho‗lg‗amlar va aktiv bo‗limlari bilan bokka cho‗ktiriladi, kuch 
    transformatornig tuzilish sxemas(4.2 - rasm). 
    Ayrim kuch tansformatorlar turlari: 
    СЗ, TM, TMH, ТРДНС, ТДС, TMTH, ОРС, ТРДН, АТДСТН. Kuch 
    tansformatorlar turlarlariga qabul qilingan xarf va sonlarda belgilanishi: 
    Fazalar soni 
    O - bir fazali 
    T - uch fazali 
    Sovutilish turi 
    M - tabiiy moyli 
    Д – moyli, bosimli havoli 
    ДС – moyli, majburiy sovutgich orqali majburiy moy aylanishli 
    С - suvli sovutgich orqali, moy majburiy aylanishli 
    Chulg‗amlar soni 
    T - uch chulg‗amli (uchunchi xarf) 
    Р - past kuchlanishli chulg‗ami bo‗linishli 
    (fazalar sonidan keyin qo‗yiladi) 
    Kuchlanishni yuklama 
    Н - (belgilanishning oxiriga qo‗yiladi) 
    ostida rostlash (RPN) 
    Avtotansformator 
    A - (belgilanish boshlanishiga qo‗yiladi belgilanishi 


    61 
    Belgilanishga misollar: 
    1. 
    ТРДН 25000/35 - bo‗linishli chulg‗amli uch fazali tansformator, 
    kuchlanishni yuklama ostida rostlagichli va bosimli tabiiy moyli 
    sovutgichli, 25000 kV. A quvvatli va yuqori kuchlanishi 35 kV. 
    2. 
    АДСТН 250 000/230 - uch fazali avtotansformator, moyni 
    majburiy aylanishli moyli sovutgichli, kuchlanishni yuklama ostida 
    roslagichli 250 000 kV.A va yuqori kuchlanishi 230 kV. 

    Download 5,59 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   199




    Download 5,59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Andijon mashinasozlik instituti mualliflar: Maxsudov Moxirbek Tolibjonovich Abdurashidov Eldorbek Ergashboy o‘g‘li

    Download 5,59 Mb.
    Pdf ko'rish