§5.4 Kichik hajmli moyli uzgichlar montaji. Elegazli uzgichlar




Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/199
Sana16.02.2024
Hajmi5,59 Mb.
#157767
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   199
Bog'liq
DARSLIK ETT montaj va ishlatish (6)

§5.4 Kichik hajmli moyli uzgichlar montaji. Elegazli uzgichlar 
haqida umumiy ma‘lumotlar 
Kichik hajmli moyli kommutatsiya apparatlar montajida quyidagilar 
amalga oshirilishi kerak: kommutatsiya apparatlarni sinchiklab nazorat 
qilish, chang va ifloslardan tozalash, yuritmalarni tekshirib chiqish, zich 
berkligini, 
zichlama 
qopqog‗ini, 
jo‗mrakdan 
moy 
oqmasligini, 
kommutatsiya apparatlarning sirpanib ishlovchi qismlarining moylanishini 
va yuritmani yuqorida qayd etilgan qismlari qarab chiqiladi va topilgan 
nuqsonlar ketma-ket bartaraf etiladi. 
Kommutatsiya apparatlar qismlari va metal tizimlari bo‗yalgan 
sirtlarini zarur bo‗lsa, qayta bo‗yoq byeriladi, kommutatsiya apparatlarning 
ulanish nuqtalari zichligini tekshirish kerak bo‗lsa yanada maxkamroq 
 
 
 
 
 
5.4.1-rasm. 
Kichik 
hajmli 
o‗chirgichlar shinasi:
1 - harakatlanuvchi kontakt;
2- yoyni so‗ndirish kamerasi;
3- harakatsiz qism. 


84 
tortib qo‗yish va ishlash joylarini ham ulanganligini tekshirish va 
ikkilamchi zanjir kommutasiyasini; xarakat ishorasi byerilishini tekshirish 
sinab ko‗rish kerak. Uchala qutb silindr va xarakatlanuvchi kontaktlar 
ramaga bir o‗qda o‗rnatiladi, silindr oraliqlari tekshirib chiqiladi. Hamma 
qismlar o‗rnatib maxkamlangach, harakatlanuvchi o‗zakni kontakt harakati 
tekshiriladi, uning xarakati to‗siqsiz va qarshiliksiz qo‗zg‗almas 
kontaktning o‗rtasiga, o‗zak to‗g‗ri kirishi kerak. Bu operatsiyalar 
bajarilgach (ulanishi), harakatlanuvchi kontakt qancha siqilib kirishi va 
bosimi tekshiriladi. 
Keyingi operatsiya kontaktlar ajralgandagi masofa o‗lchanadi, bu 
o‗lchamlar, korxona ko‗rsatmasidagidan ± 2 mm ga farqqilishi mumkin. 
Uzgichlar tok o‗chirish ko‗rsatmasiga ko‗ra kontaktlar ajralish maromli 
masofalari 230- 250mm gacha bo‗ladi. 
Yuritma tortgichlariga ulanib elektr motor orqali tekshiriladi va 
barcha o‗lchamlar oldingilaridan farq qilmasligi kerak. Kichik hajmli 
moyli kommutatsiya apparatlar so‗rib chiqariladigan aravachaga 
o‗rnatilgan bo‗lsa chiqarishda silliq so‗rib chiqishini va kameraga 
kiritilganida, kamerada o‗rnatilgan kontaktlarga kommutatsiya apparatlar 
silindrlarida o‗rnatilgan tashqi yuqori va pastki shinadagi kontaktlar labi 
bir chiziqli o‗qda joylashgan bo‗lishi kerak, agar boshqacha bo‗lsa u holda 
rostlash ishlari bajariladi. 

Download 5,59 Mb.
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   199




Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



§5.4 Kichik hajmli moyli uzgichlar montaji. Elegazli uzgichlar

Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish