• Quvurlarni o`rnatish tayanchlari
  • Quvurlarni montaj qilish 2 bosqichdan iborat




    Download 199.01 Kb.
    bet8/13
    Sana24.04.2022
    Hajmi199.01 Kb.
    #20243
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    Bog'liq
    O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi andijon mashinaso
    O’zbekiston Respublikasi Moliya Tizimi 123, 2-maruza (124-124a), 5-sinf-ona-tili-fanidan-barcha-chorak-uchun-testlar-javobi-bilanbaxtiyor.uz , Reja Raqamli avtomatik boshqaruv tizimlari tushunchasi-azkurs.org (1), Mustaqil ishi bajardi Qabul qildi Navoiy- 2023 Mavzu Raqamli -fayllar.org (1)
    Quvurlarni montaj qilish 2 bosqichdan iborat:
    1 - bosqichdaquvuro`tadigantrassa (yo`l) belgilanadi va quvurlarni ko`tarib turadigan tayanchlar o`rnatiladi. Quvurlar uchun ishlatiladigan asosiy tayanch turlari 3.3.1 - rasmda ko`rsatilgan.
    2- bosqichda trubalar yig`ilib, bir-biri bilan bog`lanib yaxlit quvur tayyorlanadi va tayanchlarga o’rnatiladi.
    Mahsulot tashiladigan quvurlar to`g`ri yo`l uchastkasi uzunligi va tashiladigan mahsulot qovushqoqligiga qarab to`g`ri yo`l uchastkasi uzunligining 1…5 % gacha qiyalik bilan o`rnatiladi, bunda mahsulot qancha quyuqroq bo`lsa, qiyalik shuncha katta bo`ladi.

    Qiyalik i = h / AC (3.3.1)


    bu yerda h - tushish balandligi, m; AC - to`g`ri yo`l uchastkasi uzunligi, m
    Quvurlarni o`rnatish tayanchlari
    a - shiftga osiladigan osma tayanch; b - xona polida o`rnatiladigan balandligi bo`yicha rostlanadigan tayanch; c - konsol; d - kronshteyn; e - quvur trassasini belgilash sxemasi.
    Magistral quvur yo`llarini belgilash uchun geodezik asbob, ruletka, gidrostatik obtarozi va shoqul ishlatiladi.
    Boshlang`ich nuqta A dan oxirgi nuqta C gacha gorizontal tor tortiladi. Faraz qilamiz qiyalik i=5 % yoki 0,05 ga va AC=12 m ga teng, unda tushish balandligi h=12·0,05= 0,6 m ni aniqlab, torni shu qiymatda pastga tushiriladi va D nuqtasida mahkamlab trassa yo`li belgilanadi. Tayanchlarorasidagimasofanihisoblab, tayanchlar turadigan nuqtalar joyi A, B, B', B'' va h.k. belgilanadi.
    Ikki quvur tayanchlari orasidagi masofa L (sm da) quyidagi formula bilan hisoblanadi:
    bu yerda i] – truba materiali uchun egilishga ruxsat etilgan kuchlanish, MPa, (zanglamaydigan po`lat uchun i] = 139 – 146 MPa); W - truba qarshilik momenti, sm3; q - 1 m uzunlikdagi trubaning izolyatsiyasi bilan og`irligi, N.
    Truba qarshilik momenti quyidagicha aniqlanadi:

    W= [ 0,1 (D4 – d4)] / D, (3.3.3)
    bu yerda D va d - trubaning tashqi va ichki diametri, sm.
    Tayanch joylari aniqlangach, tayanchlar o`rnatiladi. Tayanch konstruktsiyalar o`rnatish aniqligining loyihada ko`rsatilgan qiymatlardan og`ishi sex ichidagi quvurlar uchun (yuqoridan qaraganda) ± 5 mm, sexlar orasidagi quvurlar uchun ± 10 mm, balandlik belgilari bo`yicha minus 10 mm, qiyalik bo`yicha +0,001 mm dan oshmasligi kerak. Quvur tayanch qismlarini bino devor va kolonnalariga mahkamlash uchun PЦ-52 porshenli qurilish-montaj pistoleti ishlatiladi.
    Qo`zg`almas tayanchlar tayanch konstruktsiyalarga payvandlanadi va xomutlar yordamida trubaga bog`lanadi. Legirlanlangan po`latli truba va uglerodli po`latli tayanch yoki xomut orasida tegib turgan joyini elektrkimyoviy korroziyadan himoyalash uchun yupqa alyuminiy tiqin qo`yiladi.
    Kronshteynni devor teshiklariga o`rnatishda uning uchlarini 150markali beton quyib mahkamlanadi. Bunday tayanchlarda faqat beton quyilganidan 7 kun o`tgandan keyin truba o`rnatilishi mumkin.


    Download 199.01 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 199.01 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Quvurlarni montaj qilish 2 bosqichdan iborat

    Download 199.01 Kb.