Dizel yonilg’isining ŝetan soni va uni aniqlash




Download 0.84 Mb.
bet25/52
Sana29.03.2017
Hajmi0.84 Mb.
#2613
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   52

Dizel yonilg’isining ŝetan soni va uni aniqlash.


Yonilg’i tarkibidagi normal parafin uglevodorodlar harorat va siqilgan havo bosimi ta’sirida èng avval parchalanadi va oksidlanadi.

Aromatik uglevodorodlar qiyin oksidlanadi va qiyin alangalanadi(o’z-o’zidan alangalanish harorati juda yuqori). Bular qatoriga a - metilnaftalin C10H7CH3 kiradi.

bo’lib, ètalon aralashmaning ikkinchi tashkil ètuvchisi sifatida qabul qilingan. Uning o’z-o’zidan alangalanishga moyilligi "0" birlik bilan baholanadi.

Dizel yonilg’isining ŝetan soni deb, ŝetan va a-metilnaftalindan tashkil topgan, yonish(o’z-o’zidan alangalanish) taCHifi sinalayotgan yonilg’inikiga teng(o’xshash) bo’lgan sun’iy tayyorlangan aralashmadagi protsentda hisoblangan oktan miqdoriga(hajmi bo’yicha) aytiladi.

Ŝetan soni bir ŝilindrli IT9-3 ustanovkasida aniqlanadi. Bu ustanovka o’zgaruvchan siqish darajasida(7 dan-23 gacha) ishlash imkonini beradi. Aniqlash, sinaladigan dizel yonilg’isini va ètalon yonilg’ini qiyosiy yondirish yo’li bilan amalga oshiriladi.

Avval qat’iy belgilangan sharoitda dizel yonilg’isi sinaladi, keyin alangalanuvchanligi xuddi shunday bo’lgan ètalon aralashma tanlanadi. Kritik siqish darajasi bo’yicha tekshirilayotgan yonilg’inikiga mos kelgan ètalon yonilg’ining ŝetan soni qabul qilinadi.

Dizel dvigatellarini ishlatishda yonilg’i purkalishini ilgarilatish burchagi to’gri o’rnatilgandagina yonilg’i yaxshi yonadi, ya’ni bu burchak optimal bo’lishi zarur. U katta yoki kichik bo’lganda dvigatel quvvati kamayadi, yonilg’ining chala yonishi, ortiqcha sarflanishiga hamda dvigatelning F.I.K. kamayishiga olib keladi.

Ŝetan soni yonilg’ining yonish protsessidagina èmas, balki uning yurgizib yuborish sifatlariga ham katta ta’sir ko’rsatadi. Yozda ŝetan soni 45 birlikka, qishda èsa 50 birlikka teng bo’lgan yonilg’i ishlatilganda dvigatelni normal yurgizib yuborish va bosimni asta-sekin oshirish(dvigatel yumshoq ishlashi) mumkin. Ŝetan soni 40 dan kichik bo’lsa, dvigatel qattik ishlaydi, 50 dan katta bo’lsa, alanga yonish kamerasidar bir xil tarqalmaydi va forsunka oldida yonadi.

Ŝetan sonini oshirish uchun 1% gacha maxsus prisadka-izopronil nitrat ko’shish mumkin. U ŝetan sonini 10-12 birlikka oshiradi.

12-rasm.Dizel yonilg’isining setan sonini sovuq dvigatelni ishga tushirish bog’liqligi grafigi.

Ŝetan soni dizel yonilg’isining o’z-o’zidan o’t olishni tavsiflaydi. Dizelning ŝilindrlariga tushayotgan yonilg’i darxol èmas, bir oz vaqt o’tgach alangalanadi, bu vaqt yonilg’ining o’z-o’zidan alangalanishining kechikish davri deyiladi, bu vaqt qancha kam bo’lsa, ŝilindrlarida yonilg’i shuncha ko’p vaqt yonadi. Gaz bosimi bir tekis oshib boradi va dvigatel ravon(keskin taqillanmasdan) ishlaydi. Yonilg’ining o’z-o’zidan alangalanishi boshlaguncha bo’lgan davr katta bo’lganda ŝilindrda to’plangan yonilg’i qisqa vaqt ichida yonadi, gaz bosimi bir zumda oshib ketadi. Shuning uchun ham dizel ravon ishlamaydi (taqillangan tovush chiqadi). Dvigatel qattiq ishlaganda, uning detallari, ayniksa, podshipnik vkladishlari tez eyiladi, porshen xalqalari deformatsiyalanadi, yonilg’i sarfi ortadi. Ŝetan soni qancha katta bo’lsa, dizel yonilg’isining o’z-o’zidan alangalanishi boshlaguncha bo’lgan davr shuncha kichik bo’ladi, dvigatel shuncha ravon ishlaydi, dvigatelni ishga tushurish harorati xam shuncha past bo’ladi.



13-rasm. Setan sonini o’zgarishini dizel dvigatelining parametralariga bog’liqlik grafigi.

1-alangalanishni kechikish davri, Tk; 2-bosimining oshish tezligi, 3-yonilg’ining solishtirma sarfi, g .



Download 0.84 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   52




Download 0.84 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dizel yonilg’isining ŝetan soni va uni aniqlash

Download 0.84 Mb.