O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI
O’LIY TA’LIMNING
5521200 -“Transport vositalarini ishlatish va ta'mirlash”
yo`nalishi talabalari uchun
“TRANSPORT VOSITALARIDA QO’LLANILADIGAN EKSPLUATATSION MATЕRIALLAR”
fanidan ma`ruza mashg’ulotlarini o’tkazish uchun
MA`RUZALAR KURSI
Andijon – 2013
“TASDIQLAYMAN”
Andijon mashinasozlik instituti
O’quv-uslubiy kengashida ko’rib chiqilgan va ma’qullangan
Kengash raisi ________________________Q.Ermatov
(O’quv-uslubiy Kengashining_____-sonli bayonnomasi
“_____”______________20___ yil)
“MA’QULLANGAN”
„Mashinasozlik“ fakulteti
Kengashida muhokama qilingan va ma’qullangan
Kengash raisi________________________N.Xalilov
(Fakultet Kengashining_____-sonli bayonnomasi
“_____”________________20___ yil)
“TAVSIYA ETILGAN”
“Yer usti transport tizimlari” kafedrasi
Majlisida muhokama qilingan va tavsiya etilgan
Kafedra mudiri________________________N.Ikromov
(Kafedra majlisining_____-sonli bayonnomasi
“_____”_________________20___ yil)
Tuzuvchi: N.A.Ikromov
J.M.Usmonov
Taqrizchilar:
1. P.Radjiboev, t.f.n., AndMI, ”MJTXKUE” kafedrasi dotsenti.
2. T.Almatayеv - AndMI “YeUTT” kafedrasi dotsenti, t.f.n.
“Transport vositalarida qo’llaniladigan ekspluatatsion matеriallar” fani bo’yicha Maruzalar kursi. – A.: AndMI, 20__yil
Ushbu “Transport vositalarida qo’llaniladigan ekspluatatsion matеriallar” fanidan tayyorlangan ma’ruzalar o’tkazish bo`yicha ma’ruzalar kursi 5521200 "Transport vositalarini ishlatish va ta'mirlash" yo`nalishi bo`yicha bakalavrlar tayyorlash namunaviy va ishchi dasturlar asosida tuzilgan.
M U N D A R I J A:
Kirish. Nеft va uni qayta ishlash usullari
|
Karbyuratorli dvigatellar uchun yonilg’ilar
|
Dizel dvigatellari uchun yonilg’ilar
|
Gazli yonilg`ilar
|
Avtomobillarda ishlatiladigan moylash materiallari
|
Ichki yonuv dvigatellari uchun moylar
|
Transmission moylar
|
Avtomobillarda ishlatiladigan plastik surkov moylari
|
Yurgazib yuborish suyuqliklari
|
Sovitish suyuqliklari
|
Tormoz va amartizator suyuqliklari
|
Neft maxsulotlari sarfini kamaytirish va tejash yo’llari
|
1-MAVZU: KIRISH. NЕFT VA UNI QAYTA ISHLASH USULLARI
O’quv rejasi:
1. Kirish. Fanning o`qitilish maqsad va vazifalari
2. Avtomobil dvigatеllarining ishlash sharoiti
3. Nеft maxsulotlarining kimyoviy tarkibi
4. Yonilg`i va moylarning olinishi haqida tushuncha
5. Nеft maxsulotlarini tozalash
Kirish. Fanning maqsad va vazifasi.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng O’zbekiston avtomobilsozligiga asos solindi va u jadal suratlar bilan rivojlana boshladi. Kimyo, ximiya - moddalarning tuzilishi va oʻzgarishini oʻrganadigan fan. Kimyo boshqa fanlar qatori inson faoliyatining mahsuli sifatida vujudga kelib, tabiiy ehtiyojlarni qondirish, zaruriy mahsulotlar ishlab chiqarish, biridan ikkinchisini xrsil qilish va, nihoyat, turli hodisalar sirlarini bilish maqsadida roʻyobga chiqdi. Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir. “GM-Uzbekistan” qo’shma korxonasi O’zbekistonni jahondagi 27 ta rivojlangan avtomobil ishlab chiqariladigan mamlakatlar safiga kiritdi va iqtisodiyotimizning rivojiga munosib hissa qo’shmoqda. Avtomobil transportining mustaqil mamlakatimizni xalq xo’jaligini rivojlantirishda respublikamizni korxonalariga, tashkilotlariga va aholisiga ko’rsatayotgan transport xizmati katta ahamiyatga egadir. Тransport kompleksini rivojlantirish uni ish unumdorligini oshirishdan iborat. Avtomobillarning mustaxkamligi, ishonchliligi, samaradorligi, uzoq vaqt ishonchli ishlashi asosan uni ekspluatatsiyasida ishlatiladigan materiallarning sifatiga bog’lik.
Avtomobil ekspluatatsiyasiga bo’lgan xarajatni 20-30% ni yonilg’i va moy maxsulotlariga bo’lgan harajatlar tashkil etadi. Respublikamizda avtomobillar ishlab chiqarish joriy etilganlishi va mamlakatimizda avtomobillarning soni yildan-yilga oshib borayotganligi munosabati bilan, kelgusida neftni qayta ishlashni chuqurlashtirish, yuqori sifatli yonilg’i va moylar olish ko’zda tutiladi. Neft (turkcha neft, fors, neft), qoramoy - suyuq yonuvchi qazilma boylik, organik birikmalarning , asosan, uglevodorodlarning murakkab aralashmasidan iborat modda. Yer yuzasidan, asosan, 1,2-2,0 km chukurlikdagi yer osti gumbazlarining gʻovak yoki seryoriq togʻ jinslari (qum, qumtosh, ohaktoshlar)da joylashgan. Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch. Chunki, avtomobil transportini uzoq vaqt ishonchli va samaradorli ishlashi neft maxsulotlarining sifatiga, undan oqilona, tejab-tergab foydalanishga bog’liq. Bundan tashqari energiya ressurslarini chegaralangan sharoitida, ekspluatatsion materiallarni tashib kelish va tarqatishda sarfni me’yorlash va iqtisod qilish, avtomobil parkini kam harajatlar sarflab ushlab turishga yordam beradi. Shu sababli yonilg’i, moylash materiallari va maxsus suyuqliklarni avtomobil ekspluatatsiyasida ishlatilishi, dvigatel ishiga ta’siri, ularning fizik-kimyoviy xossalari, texnikada ulardan oqilona foydalanish xaqidagi fan - Тransport vositalarida ishlatiladigan materiallar fanini o’qitilishi talabalarda bu boradagi bilimlarni mujassamlashtirishga imkon beradi.
Hozirgi kunda Тransport vositalarida ishlatiladigan materiallar fani bo’yicha davlat tilida adabiyotlarning kamligi sababli, ushbu o’quv qullanma shu fandan birinchi marta o’zbek tilida tayyorlangan ma’ruzalar matni asosida tayyorlandi. Til deb murakkab muloqot tizimiga yoki shu tizimni oʻrganish va ishlatish qobiliyatiga aytiladi. Tilni oʻrganuvchi sohaga tilshunoslik deyiladi. Jahon tillari miqdorini aniqlash uchun til va sheva orasida farq oʻrnatish zarur.
Ushbu fanni o´qitishdan maqsad talabalarga transport vositalarida ishlatiladigan materiallar bo´yicha bilim va mahorat olishi, ularning olish usullarini, ishlatilish sohasini, vazifasini va markalarini o´rgatishdir. Mehnat-material va energetik resurslarni ekspluatasiya jarayonida tejashni transport vositalarida ishlatiladigan Yonilg’i-moylash materiallarini tejash, ularni hisobga olish va qayta ishlatish bo´yicha bilim berishdan iboratdir.
Oliy ta'lim Davlat standartiga asosan fanni bakalavr tayyorlashdagi vazifalari quyidagilardan iborat:
-
markaziy osiyo hududlarida olinadigan neft haqida tushuncha berishdan;
-
neft mahsulotlarini olish usullarini o´rganishdan;Mahsulot - iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Uning moddiy-buyum shakli moddiy M. koʻrinishiga ega. Maʼnaviyat sohasida gʻoya, ixtiro va kashfiyotlar, yangi texnologiyalar, i.t.
-
transport vositalarida ishlatiladigan Yonilg’i-moylash materiallarini xossalari, vazifasi, ishlatilishi va markalarini o´rganishdan;
-
transport vositalarida ishlatiladigan texnik suyuqliklarni xossalari, vazifasi, ishlatilishi va markalarini o´rganishdan;
-
neft mahsulotlarini sarfini kamaytirish, ifloslanishini oldini olish, hisobga olish, ishlatilgan moylarni tozalashni o´rganishdan.
Maskur fanning o’rganish uchun iqtisodiy-siyosiy umumta'lim, umum tеxnikaviy va maxsus muhandislik fanlarini, jumladan matеriallar qarshiligi, nazariy mеxanika, chizma gеomеtriya, chizmachilik va mashina dеtallari, konstruktsion matеriallar tеxnologiyasi, o’zaro almashuvchanlik, strandartlash va tеxnikaviy o’lchashlar, avtomobillarni tеxnikaviy ishlatish va boshqa fanlarni chuqurlashtirish va mustahkamlashtirish zarur bo’ladi.
Avtomobillarni ekspluatatsiya qilish davrida ularga texnik xizmat ko’rsatish uchun bo’lajak mutaxassislar avtomobillarning umumiy tuzulishini, agregat, uzel, mexanizmlar va tarmoqlarni tuzilishi, ishlash jarayonlari bilan tanishgan bo’lishi kerak. Zamonaviy avtomobillarga kiritilgan yangi konstruksiyalar va o’zgarishlarni bilishi, ularni ishlashi hamda ishdan chiqqan detallarini yangisi bilan almashtirish va ta’mirlash uchun ularning materiallari va qaysi yig’ma birlikda ishtirok etishini bilish kerak.
Avtomobil dvigatеllarining ishlash sharoiti
Neft hamda gaz er qobig’ining turli chuqurlikdagi qatlamlarida, turli-tuman g’ovak va boshqa tog’ jinslari orasida yotadi. Bosim, harorat va ichki o’zgarishlar ta’sirida neft katta masofalarga siljishi mumkin. Harorat (Temperatura) (lot. temperatura - kerakli aralashma, o'rtacha holat) - moddaning holatini issiq-sovuqligini tavsiflaydigan fizik kattalik.
Tashqi ko’rinishiga ko’ra neft o’ziga xos hidli quyuq moysimon suyuqlik bo’lib, turli tusdagi jigar rang ko’rinishga èga. Neftning zinchligi 770-920kg/m3, yonish issiqligi 43000-45500 kDj/kg.
Neftda uglerod miqdori taxminan 83-86%, vodorod miqdori -12 -14%, oltingugurt S, kislorod O va azot N miqdori 1-3% dan bo’ladi. Massa bo’yicha uglevodorodlarning umumiy miqdori 97-98%ni tashkil ètadi.
Tarkibidagi èlementlarning o’xshashligiga qaramasdan turli joydan olingan neftlarning fizik va kimyoviy xossalari har xil bo’ladi. Bunga sa-bab, uglerod va vodorod atomlarining o’zaro turli shaklda birika olishidir.
Nеft maxsulotlarining kimyoviy tarkibi
Neft maxsulotlari tarkibidagi barcha uglevodorodlarning kimyoviy strukturasi bo’yicha quyidagi 3 xil guruxga bo’linadi:
1. Parafin uglevodorodlar.
2. Naften uglevodorodlar.
3. Aromatik uglevodorodlar.
1. Parafin uglevodorodlar, kimyoviy formulasi: CnH2n-2
Parafin uglevodorodlar neftning tarkibida asosan past temperaturada qaynaydigan(engil) fraktsiyalarda ko’proq bo’ladi. Bu uglevrdorodlarning birinchi 4 ta vakili 00S xaroratga va 0,1 MPa bosim ostida gaz holatida bo’ladi. Bularga: metan CH4, ètan S2N6, propan S3N8, butan S4N10 kiradi. Parafin uglevodorodlarining beshinchi vakili pentan S5N12 dan S16N34 vakiligacha suyuq holatda va S17N36 dan boshlab qattiq holatda bo’ladilar.
Parafin uglevodorodlar kimeviy strukturasiga qarab ikki xil guruxga bo’linadi:
- normal-parafin uglevodorodlar:
- izomer-parafin uglevodorodlar.
Normal parafin uglevodorodlarda uglerodlar va vodorod o’zaro to’g’ri zanjir orqali bog’langan bo’ladi. Masalan, oktan S8N18 ning kimeviy strukturasini ko’ramiz:
Н Н Н Н Н Н Н Н
Н С С С С С С С С Н
Н Н Н Н Н Н Н Н
Benzin tarkibida normal-parafin uglevodorodlarning bo’lishi maqsadga muvofiq èmas, chunki shunday uglevodorod bo’lgan yonilg’i dvigatelda yomon yonadi. Normal-parafin uglevodorodlar yuqori harorat ta’siriga beqaror bo’lib, tez oksidlanadi va detonatsion(portlab) yonishi tufayli tezyurar dizel yonilg’isining o’z-o’zidan alangalanish qobiliyatini oshiradi. Normal-parafin uglevodorodlarning qotish harorati yuqori bo’lgani uchun ular ko’proq yozgi sort dizel yonilg’i va moylarida ishlatiladi.
Izomer-parafin uglevodorodlar normal-parafin uglevodorodlarning izomerlari hisoblanadi. Ular turli-tuman tarmoqlangan strukturalar hosil qiladi. Bitta oktanning kimyoviy formulasiga S8N18 izooktanlar deb ataluvchi 17 xil birikma javob beradi. Ularning tarkibidagi èlementlar bir xil bo’lsa ham, ular turli xil tuzilishga èga (molekulalarda atomlar turlicha joylashadi). Shuning uchun ham ularning kimyoviy va fizikaviy xossalari har xildir.
Masalan: 17 ta izooktandan biri 2,2,4-trimetilpentan deb ataluvchi birikma ko’yidagicha tuzilishiga èga:
Н Н
Н Н С Н Н Н С Н Н
Н С С С С С Н
Н Н С Н Н Н Н
Н
Izomer-parafin uglevodorodlar benzin tarkibida qancha ko’p bo’lsa, shuncha yonilg’i to’liq yonadi.
2. Naften uglevodorodlar, kimeviy formulasi: CHH2n
Bu uglevodorodlar siklik strukturaga ega. Ular parafin uglevodorodlardan 2 ta vodorod atomi kamligi bilan farq qiladi. Naften uglevodorodlar ko’yidagicha strukturaga ega:
СН2 СН 2
Н2С СН2 Н2С СН2
Н2С СН2 Н2С СН2
siklopentan siklogeksan
Naften uglevodorodlar parafin va aromatik uglevodorodlar oralig’ida turadi, shuning uchun ular benzin tarkibida qoniqarli ishlaydi. Naften uglevodorodlar normal-parafin uglevodorodlarga qaraganda yuqori haroratda qaynaydi va yuqori haroratda oksidlanishiga qarshi moylligi ham kuchli. Qarshi (1926 37 yillarda Behbudiy) - Qashqadaryo viloyatidagi shahar (1926 yildan), viloyat markazi (1943 yildan). Qashqadaryo vohasining markazida, Qashqadaryo boʻyida, xalqaro t. yil va avtomobil yoʻllari kesishgan joyda. Naften uglevodorodlarning engil fraktsiyalari qotish temperaturasi past bo’lganligidan qishki sort dizel yonilg’isi tarkibining asosiy qismini tashkil ètadi. Naften uglevodorodlarning og’ir fraktsiyalarining qovushqoqligi va kimyoviy barqarorligi yuqori bo’lganligi uchun asosan (70%) motor moylarining asosini tashkil ètadi.
3. Aromatik uglevodorodlar, kimyoviy vormulasi: CnH2n-6, CnH2n-2
Aromatik uglevodorodlar neft tarkibida parafin va naften uglevodorodlarga nisbatan ozroq mikdorda (5-20%) uchraydi.
СН СН СН
НС СН
НС СН
СН СН СН
Benzol Naftalin
Ularning asosiy vakili benzol S6N6 bo’lib, uning benzin tarkibida bo’lishi oktan sonini oshiradi. Lekin bu uglevodorodlarning miqdori chegaralanadi, chunki ular yuqori temperaturada detallarga yopishib, qurum qotishmalarini hosil qiladi.
Aromatik uglevodorod miqdori, %
1-rasm. Aromatik uglevodorodlarning benzin tarkibida bo’lishining dvigatel yonish kamerasida qurum qotishmalar hosil bo’lishiga bog’liqligi.
1-etillangan benzin, 2-etillanmagan benzin.
Aromatik uglevodorodlarning dizel yonilg’isida kam bo’lgani yaxshi, chunki ular dizel yonilg’isida qiyin oksidlanib, alangalanish vaqtini uzaytirib yuboradi, natijada dvigatel qattiq ishlaydi. Moylarda èsa, bu uglevodorodlar ko’p qurum hosil bo’lishiga olib keladi, shuningdek, harorat pasayganda moylarning qovushqoqligini oshirib yuboradi. Shuning uchun bu uglevodorodlar moylash materiallariga kam qushiladi.
Tuyinmagan uglevodorodlar, kimyoviy formulasi: CnH2n, CnH2n-2
Neftni qayta ishlash jarayonida ko’pgina to’yinmagan uglevodorodlar hosil bo’ladi.
Tuyinmagan uglevodorodlar juda bush bo’ladi, ular uchun qushbog’li bog’lanish, uzulgan joyda biriktirib olish reaktsiyasi xosdir. Ular osongina oskidlanib smolalar, organik kislotalar va boshqa birikmalar hosil qiladi. To’yinmagan uglevodorodlar har qanday neft maxsulotlarining xossalarini yomonlashtiradi, shuning uchun ularning yonilg’ida ham moyda ham bo’lishi maqsadga muvofiq èmas. To’yinmagan uglevodorolar tarkibidagi qo’shbog’ soniga qarab ho’yidagicha bo’ladi:
bitta qo’shbog’li-olefinlar: CnH2n
ikkita qo’shbog’li-diolefinlar: CnH2n-2
Masalan: C4H18 buten
Н Н Н Н
Н С С С С Н
Н Н
C4H16 butadien
Н Н Н Н
Н С С С С Н
Bundan tashkari, neft maxsulotlari tarkibida:
-oltingugurtli birikmalar;
-kislorodli birikmalar;
-azotli birikmalar bo’ladi.
Bu birikmalar avtomobil yonilg’ilari va moylari sifatini yomonlashtiradi.
Oltingugurtli birikmalar - detallarni korroziyalanishini oshiradi, ularning miqdori:
benzinda - 0.15 ¸ 0.2%;
dizel yonilg’isida - 0.2 ¸ 0.4% bo’ladi.
Dvigatel detallarining eyilish tezligi yonilg’idagi oltingugurt mikdoriga bog’liq. Yonilg’i tarkibidagi oltingugurt miqdori 0.2 dan 0.5 gacha ko’payganda eyilish Neft maxsulotlarining tarkibida kislorodli va azotli birikmalar ham bo’ladi.
Kislorodli birikmalar - neft maxsulotlarining yuqori fraktsiyalarida(kerosindan boshlab) bo’ladi. Ularning miqdori 10% dan oshmaydi(0.1-0.3). Bu birikmalar asosan xar xil kislotalar ko’rinishida bo’lib, ular detallarning korroziyalanishini oshiradi va neftda smolali-asfalt moddalarning hosil bo’lishiga olib keladi.
Azotli birikmalar - neft maxsulotlari tarkibida deyarli juda kam miqdorda bo’lib issiq detallarda qurum va lak paydo bo’lishini ko’paytiradi
|