Dizel yonig’ilarining past haroratdagi xossalari.
Yilning sovuq vaqtida dvigatellarini ishlatishda yonilg’ining qovushqoqligidan tashqari, uning past haroratdagi xossalari ham katta rol o’ynaydi. Bu xossalari xiralashish va qotish hroratlari bilan baholanadi. Xiralanish harorati deb, yonilg’ining faza bo’yicha bir jinsliligi yo’qoladigan haroratga aytiladi.
Masalan, dizel yonilg’isi rangsiz shishadan tayyorlangan probirkaga solinib, sovitilsa, muayyan haroratda u xiralasha boshlaydi, bunda parfin uglevodorodlar ajralib chiqishi natijasida yonilg’ining tashqi ko’rinishi o’zgaradi. Yonilg’i asta-sekin sovitilsa parfin kristallari kattalashadi va yonilg’i harakatlanish qobiliyatini yo’kotadi. Yonilg’ining harakatlanuvchanligi yo’qoladigan harorat qotish harorati deyiladi. Yonilg’ining harorati shu darajaga etganda yonilg’i oquvchanligini yo’qotadi, yonilg’ini dvigatel ŝilindrlariga uzatishning iloji bo’lmay qoladi. Yozgi yonilg’ining qotish temperaturasi minus 10 0S dan, qishniki mo’tadil iqlimli zonalar uchun minus 350S dan, sovuq zonalar uchun minus 45 0S dan, shimoliy yonilg’ilar uchun minus 55 0S dan yuqori èmas.
Mexanik aralashmalar va suv. Yonilg’i apparati detallarini va dvigatelning o’zini eyilishiga sabab bo’lgani, shuningdek yonilg’ining uzluksiz uzatilib turilishiga zararli ta’sir ko’rsatgani uchun dizel yonilg’isi tarkibida mexanik aralashmalar va suv bo’lmasligi kerak.
Yonilg’ining rusmlari.
Avtomobillar uchun uch rusmdagi:
L (yozgi)
Z (qishki)
A (arktik) dizel yonilg’ilari ishlab chiqariladi.
Dizel yonilg’isining turlari.
Tarkibida oltingugurtning miqdoriga ko’ra ikki xil:
1-massasi bo’yicha oltingugurt miqdori 0,2% gacha
2-massasi bo’yicha oltingugurt miqdori 0,5% gacha (arktik moylar uchun 0,4%) bo’lgan dizel yonilg’ilari bo’ladi.
Dizel yonilg’isining shartli ifodasi.
Barcha markadagi dizel yonilg’isining shartli ifodasi undagi massasi bo’yicha oltingugurt miqdori va yozgi yonilg’i uchun qo’shimcha ravishda o’t olish harorati, qishki yonilg’ilar uchun qotish harorati ham yoziladi. Masalan, L-0,2-40 massasi bo’yicha oltingugurt miqdori 0,2% gacha va o’t olish harorati 400S bo’lgan, 3-0,2-35 oltingugurt miqdori 0,2 % gacha qotish harorati minus 350S bo’lgan qishki dizel yonilg’isi A-0,4 massasi bo’yicha oltingugurt miqdori 0,4% bo’lgan arktik dizel yonilg’isidir.
Ishlatilishi.
L markali dizel yonilg’isi atrof havo harorati 00S dan yuqori, Z markali dizel yonilg’isi havo harorati minus 200S gacha, A markali dizel yonilg’isi havo harorati minus 500S gacha bo’lganda ishlatiladi.
4-MAVZU: GAZLI YONILG`ILAR
O’quv rejasi:
1. Gazlarning avtomobilsozlikda tutgan o`rni
2. Suyultirilgan gazlar
3. Siqilgan gazlar
Mamlakatimiz yonilg’i bazasida gazsimon yonilg’i kattagina o’rin ègallaydi. Undan foydalanish sanoatdagina èmas, balki avtomobil tranportida ham yildan-yilga ortib bormoqda. Gazsimon yonilg’i boshqa yonilg’i turlariga nisbatan qator afzalliklarga èga: keng tarqalgan, arzon, uning katta zaxiralari mavjud, u havo bilan osongina aralashadi (taqsimlanadi) va rostlanadi. Gaz yonilg’ilarni issiqlik berishi yuqori. Ular yonganida yuqori harorat hosil qiladi, tarkibida korroziyalovchi agressiv moddalar yo’q. Gazsimon yonilg’idan foydalanish juda qulay: xonalar ifloslanmaydi, chunki u yonganda qorakuya va smolalar ajralib chiqmaydi, kul hosil bo’lmaydi, yonish maxsullari tarkibida tirik tabiat uchun zaxarli moddalar yo’q.
Gazsimon yonilg’i markazlashtirilgan usulda saqlanadi , bu èsa foydalanish uchun qulay, individual omborxona, maxsus omborlar talab ètilmaydi. Gaz magistrallaridan foydalanish, ayniksa, qattiq va suyuq yonilg’i zaxiralari bo’lmagan xududlar uchun juda muxim.
Gazsimon yonilg’ilarning asosiy kamchiliklari, ularning portlovchanligidadir. Agar xavfsizlik texnikasi hamda yong’inga qarshi xavfsizlik qoidalariga rioya qilinsa, shuningdek tavsiya qilingan tadbirlar bajarilsa, gaz ustanovkalaridan ishonchli va xavfsiz foydalanish mumkin.
Eng yuqori kaloriyali gazlar(yonganida 20000 kJ/m3 yoki 5000 kkal/m3 issiqlik chiqaradigan)ga tabiiy gazlar, neft gazlari, yo’ldosh gazlar, shuningdek neftni qayta ishlashda olinadigan turli kreking gazlari va boshqa gazlar kiradi. Tabiiy gazlar - turli holatlarda uchraydigan gaz komponentlari majmui. T.g . tabiatda uchraydigan holatiga qarab quyidagicha tasniflanadi: atmosfera gazlari (kimyoviy, biokimyoviy, radiogen yoʻl bilan hosil boʻlgan gazlar aralashmasi); yer poʻsti gazlari (tuproqdagi, tuproq ostidagi, balchiqdagi va biogen yoʻl bilan hosil boʻlgan torf gazlari SO2, N2, O2 SN4 ni SO, NH3, H2 va boshqa bilan aralashmasi); choʻkindi jinslar gazlari (neft va toshkoʻmirdagi gazlar, kimyoviy yoʻl bilan hosil boʻlgan aralash gazlar: SN4, N2, SO2 SN4 ni N2 va boshqa gazlar bilan aralashmasi); dengiz va okean gazlari (biokimyoviy, kimyoviy va radiogen yoʻl bilan hosil boʻlgan gazlar: SO2, N2 ni N2 O2, NH3 va boshqa bilan aralashmasi); metamorfik jinslar gazlari (kimyoviy yoʻl bilan hosil boʻlgan gazlar: SO2, N2 ni N2, H2S, SO2 va boshqa bilan aralashmasi); vulqon gazlari (kimyoviy yoʻl bilan hosil boʻlgan gazlar: SO2, N2, SiO2, HCL, HF ni N2, CO, NH3 va boshqa bilan aralashmasi); koinot gazlari (relikt gazlar, yulduzlarning tashqi qatlamlari atmosferasidan ajralgan gazlar yoki yangi va juda yangi portlashda ajratilgan gazlar: N2, Ne, ionlashgan vodorod, SO aralashmalari, SN, ON radikallari bilan); (yana q. Yonuvchi tabiiy gazlar).
Suyultirilgan uglevodorod gazi
Atmosfera bosimi va harorat noldan yuqori bo’lganda suyultirilgan uglevodorod gazi gaz holatida bo’ladi. Bosim bir oz oshganda(1,6MPa dan ko’p èmas) u bug’lanadigan suyuqlikka aylanadi. Suyultirilgan gaz asosan propan(80% atrofida) va butan(20%) gazlari aralashamasidan iborat bo’ladi. Bundan tashqari, unda oz miqdorda bo’lsa ham ètan, pentan, propilen, butilen va ètilen gazlari bo’ladi. Bir birlik suyultirilgan gaz yonganda ajralib chiqadigan issiqlik katta - 46 mJ/kg ga teng. Zichligi taxminan 0,524g/sm3 (200S atrofida) bo’lgan suyultirilgan gaz yonganda chiqadigan hajmiy issiqlik 2400 mJ/m3 dan ham ortib ketadi. Bu ko’rsatkichni benzinga solishtirib ko’rib, shuni aytish mumkinki, suyultirilgan gaz yonilg’i sifatida benzinning urinini to’liq bosa oladi. 1,6 MPa ish bosimiga mo’ljallangan nisbatan yupqa devorli po’lat ballonlarda avtomobilning foydali nagruzkasini kamaytirmasdan etarli miqdorda gaz saqlash mumkin. Shuning uchun suyultirilgan gazda ishlaydigan avtomobillar benzinda ishlaydigan avtomobillar kabi yurish yo’liga èga. Gazsimon yonilg’i havo bilan yaxshi aralashadi va shuning uchun ŝilindrlarda to’laroq yonadi. Shu sababli gazsimon yonilg’ilarda ishlaydigan avtomobillardan chiqadigan gazlar benzinda ishlaydigan avtomobillarnikiga qaraganda zaxarsizroqdir. Suyultirilgan gazlarning detonatsiyaga bardoshligi yuqori bo’lganligi uchun benzinda ishlaydigan dvigatellarni suyultirilgan gazda ishlashga qayta jixozlanganda, ularning siqilish darajasini oshirishga imkon beradi. Chunonchi, siqish darajasi ZiL-130 avtomobilining benzin bilan ishlovchi dvigatelida siqilish darajasi 6,5 bo’lsa, ZiL-138 avtomobilining gaz bilan ishlovchi dvigatelida 8; benzin bilan ishlaydigan ZMZ-53 dvigatelida 6,7 bo’lsa, gaz bilan ishlaydigan ZMZ-53-07 dvigatelida 8,5ga ko’tarilgan. Belgilangan darajada siqilish darajasining ortishi gaz bilan ishlovchi dvigatellar quvvatining benzin bilan ishlovchi dvigatellarga nisbatan bir oz(5-7%) kamayishini to’la kompensatsiya qilish imkonini beradi.
Normalanadigan sifat ko’rsatkichlari. Avtomobillarda yonilg’isi sifatida suyultirilgan gazning sifatini xarakterlovchi asosiy ko’rsatkichlarga komponent tarkibi, to’yingan bug’ bosimi, suyuq bug’lanmaydigan qoldiqning bo’lmasligi, zararli aralashmalar miqdori kiradi.
Gazning komponent tarkibi. Gaz ballonlari bilan ishlaydigan avtomobillar uchun to’ldirish stantsiyalarida barcha mavsumlarda tarqatiladigan suyultirilgan gazning bu ko’rsatkichi belgilangan chegarada o’zgarishi lozim. Suyultirilgan gaz tarkibida kamida 805% propan, ko’pi bilan 205% butan va ko’pi bilan 6% boshqa gazlar bo’ladi. Propan bilan butanning nisbati o’zgarsa, yonuvchi aralashmaning tarkibi va gaz yonganda chiqadigan issiqlik miqdori o’zgaradi. Oqibatda dvigatelning ŝilindrlarda yonish jarayoni yomonlashadi va ishlatilgan gazning zaxarlilik darajasi ortadi.
To’yingan bug’ bosimi. Bu ko’rsatkichlar yilning sovuq kunlarida dvigatelning ŝilindrlariga gazning ishonchi uzatilishiga ta’sir qiladi. Minus 300S haroratda bu bosim 0,07MPa dan past bo’lmasligi lozim. Bosim bundan pasayib ketsa, gazning ballondan uzluksiz uzatilib turilishi buziladi. 450S da bug’ bosimi 1,6MPa dan oshib xam ketmasligi kerak, chunki avtomobillarda ishlatiladigan gaz ballonlari ko’pi bilan shunday bosimga muljallanib hisoblanadi.
Gazda oltingugurt miqdori ortib ketsa, yonilg’i apparatiga o’tirib, u naychalarning kesimini toraytiradi va rezina-texnika detallarini emiradi. Oltingugurt dvigatelning ŝilindrlarida yonib, ishlatilgan gazlarning zaxarlilik darajasini oshiradi. Uning massasi bo’yicha miqdori 0,015% dan oshmasligi lozim. Ishqorlar va èrkin suv umuman bo’lmasligi kerak.
|