• Multimedia kommunikatsiyasi
  • Muloqotning kommunikativ jihati
  • Andijon viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga




    Download 92,74 Kb.
    bet4/10
    Sana06.02.2024
    Hajmi92,74 Kb.
    #152178
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Rahmatillo Latibjonov maqola

    Og‘zaki kommunikatsiya (bu davrda jamoa doirasida kommunikativ muhit kommunikantlarni bevosita har tomonlama qamrab olgan);
    Yozma kommunikatsiya (yozilgan xabarlar vaqt va makon tosiqlarini kesib otgan);
    Nashr-kommunikatsiya (kommunikantlarni yalpi qamrab olishning oshishi, «Gettenberg galaktikasi»ning yaratilishi, ya’ni bosma kitoblar chop etish texnologiyasining ixtiro qilinishi);
    Multimedia kommunikatsiyasi (bevosita muloqotga global miqyosda kirishish).


    ADABIYOTLAR TAHLILI. Ilmiy manbalar va ko‘plab olib borilgan tadqiqotlar tahlili shuni koʻrsatadiki, pedagogika va psixologiya sohalarida ushbu muammoni nazariy tushunishga imkon beradigan bir qancha asos-dalillar mavjud. Kommunikatsiya muammolarini gumanitar, tabiiy va texnik fanlar vakillari tadqiq qilishadi. Faqat insonlararo emas, balki hayvonlararo, kompyuterlararo, «inson-mashina» va aloqa tizimlarida axborot almashinuvini o‘rganuvchi fanlarning vakillari –kibernetiklar, biologlar, etologlar, semiotiklar axborot almashinuvini kommunikatsiya deb ataydilar. Shuningdek, XX asrning 60-yillarida amerikalik sotsiloglar (Lazarsfeld, Lippman, Lassuell, Merton, Maklyuen va boshqalar) o‘z tadqiqotlarida «ommaviy kommunikatsiya» atamasini ham qo‘llay boshladilar. Shu tariqa, kommunikatsiya nazariyasi mustaqil fan sifatida shakllanib borib, ozining predmeti, kategoriyalar apparati, oz qonuni va tarixiga ega boldi. Kommunikatsiya nazariyasi axborot almashinuvining universal mexanizmlari va qonuniyatlarini organadi. Shuningdek, uning ommaviy kommunikatsiya nazariyasi, shaxslararo kommunikatsiya nazariyasi kabi tarmoqlari ham mavjud. Inson muloqot jarayonining mohiyati quyidagilardan iborat: L.A.Karpenko muloqotning quyidagi vazifalari ajratib ko‘rsatiladi. Aloqa o‘rnatish vazifasi Informatsion vazifa suhbatdoshni aloqaga kirishish uchun tayyorlash suhbatdosh bilan muayyan ma’lumotlar, fikrlar va rejalarni almashish. Faoliyatga undash suhbatdoshni biror harakatni bajarishga stimullashtirish. Koordinatsion vazifa suhbatdosh bilan hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etish va uni amalga oshirishda harakatlarni muvofiqlashtirish. Kommunikatsiyani amalga oshirish imkoniyati muayyan shartlar bajarilgandagina paydo boladi. Ular quyidagilar: kommunikativ jarayon uchun kamida ikki tomonning ishtiroki zarur; kommunikatsiya doimo teskari aloqa tamoyiliga tayanadi; kommunikatsiya ma’lum belgilar tizimisiz amalga oshirilmaydi. Hаr qanday nazariyada bo‘lganidek, kommunikatsiya nazariyasi ham «axborot», «kommunikatsiya», «axborot almashinuvi», «kommunikativ makon» kabi o‘ziga xos tushunchalari (kategoriyalari)ga ega. M.Veber, G.Gadamer, G.Shpetler ilgari surgan kommunikatsiya modelida kommunikatsiyaning asosiy natijasi bu insonning boshqa inson tomonidan tushunilishi, o‘zaro tushunish deb ataladi.
    B.F.Lomov va L.A.Karpenkoning fikricha, muloqotning 3 xil vazifasi mavjud:
    1. Kommunikativ (axborot uzatish) vazifa. Muloqotning kommunikativ jihati – muloqotda hamkorlikdagi faoliyat ko‘rsatuvchilar o‘rtasida axborot ayirboshlashni o‘z ichiga olib, ma’lumot almashinuv sifatida ta’riflanadi.
    2. Interaktiv (hamkorlikda harakat qilish) vazifa. Muloqotning interaktiv jihatida individlar nafaqat bilim va g‘oyalar, balki harakatlar bilan ham o‘zaro ta’sirni amalga oshiradilar.
    3. Perseptiv (o‘zaro birgalikda idrok etish) vazifa. Muloqotning perseptiv jihati muloqot jarayonida o‘zaro bir-birini idrok qilish orqali tushunishdir, ya’ni muloqotning ushbu jihatida bir kishining ikkinchi kishi tomonidan idrok qilinishi, tushunilishi, baholanishi kuzatiladi. Muloqotga bo‘lgan ehtiyojimiz qondirilmasa, ongimiz ham rivojlanmaydi. Shuning uchun biz doimo muloqotga bo‘lgan ehtiyojlarimizni qondirishimiz lozim. Kimlar bilandir bo‘lgan muloqotdan qoniqish hosil qilamiz, lekin ayrim hollarda esa biz qoniqmaslikni his qilamiz.
    Muloqot jarayonida 3 xil bosqich mavjud.
    1. Odamning o‘z-o‘zi bilan muloqot;
    T.Shibutani «Agar odam ozgina bo‘lsa ham o‘zini anglasa, demak, u o‘z-o‘ziga ko‘rsatmalar bera oladi».
    2. Boshqalar bilan muloqoti;
    3. Avlodlar o‘rtasidagi muloqot



    Download 92,74 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 92,74 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Andijon viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga

    Download 92,74 Kb.