• 1. Nimaga o‘rgatish
  • 2. Kimni o‘rgatish
  • Andijon viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga




    Download 92,74 Kb.
    bet7/10
    Sana06.02.2024
    Hajmi92,74 Kb.
    #152178
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Rahmatillo Latibjonov maqola

    Tadqiqot natijalari. Muomala shaxslararo munosabatlarning shunday ko‘rinishidirki, uning yordamida odamlar o‘zaro psixik jihatdan aloqaga kirishadilar, o‘zaro axborot almashinadilar, ta’sir o‘tkazadilar, ta’sirlanadilar, idrok etadilar, tushunish va baholash jarayonlarini kechiradilar.
    Jumladan, rus pedagogi V.A.Kan-Kalikning fikricha, o‘qi­tuv­chining pedagogik muloqoti tuzilishi quyidagi yunalishlarda amalga oshiriladi:
    1. Prognostik bosqich (modellashtirish): O‘qituvchi tomonidan sinf jamoasi bilan bo‘lajak muloqotni modellashtirish.
    2. Kommunikativ aloqa: O‘quvchi bilan dastlabki o‘zaro tanishuv jarayonida bevosita muloqotni tashkil etishga erishish.
    3. Pedagogik jarayon: O‘qituvchining xatti-harakati, pedagogik mahorati bevosita muloqotni boshqarishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
    4. Natijalar tahlili: Amalga oshirilgan muloqotni tahlil etish, yutuq va kamchiliklarni xolisona baholab kelgusi faoliyat uchun model­lashtirish.
    O‘qituvchi kasbiy faoliyatidagi jonli muloqot qobiliyatini takomillashtirish uchun o‘z oldiga doimo quyidagi savollarni qo‘yib, unga mustaqil fikr-mulo­hazasi asosida javob bera olishi kerak:
    1. Nimaga o‘rgatish:
    a) o‘quvchilarni o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha ilmiy yangi­lik­lar­dan xabardor etish, fan terminlarini tushuntirish, o‘quv predmetini to‘liq o‘zlashtirish;
    b) o‘quvchilarda shaxs erkinligini, mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish;
    v) o‘quvchilarning o‘rganilayotgan fan bo‘yicha qobiliyatlarini, ko‘­nik­ma va malakalarini shakllantirish;
    g) yangi mavzuni fanlararo aloqadorlik asosida tushuntirish;
    d) dars jarayonini pedagogik va axborot texnologiyalarining qizi­qarli metodlari asosida tashkil etish.
    2. Kimni o‘rgatish:
    a) kelajakda mamlakat taraqqiyoti uchun mas’ul, davlat siyosatining ustuvor sohasi bo‘lmish barkamol insonga ta’lim-tarbiya berish;
    b) o‘quvchilarni bilim olish va tarbiyalanishi jarayonida duch kela­digan muammolar va qiyinchiliklarni mustaqil bartaraf etishga o‘rgatish;
    v) o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini hosil qilish;
    g) dars va darsdan tashqari ta’lim-tarbiya jarayonini o‘quvchilar fikr­larini inobatga olgan holda tashkil etish;
    d) yosh va murg‘ak qalb egasi bo‘lmish o‘quvchilarning psixologik o‘zgarishlari va rivojlanishlarini inobatga olish;
    ye) iqtidorli o‘quvchilar bilan yakka holda pedagogik faoliyat olib borish.

    Download 92,74 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 92,74 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Andijon viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga

    Download 92,74 Kb.