|
II. zina: Internet maktublariga javob
|
bet | 4/7 | Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 0,89 Mb. | | #159467 |
Bog'liq 43 79 ochiqII. zina: Internet maktublariga javob.
O’qituvchi: O’quvchilar, o’tgan darsda qaysi mavzu bilan tanishganmiz? Uyga vazifa nima edi ?
O’quvchi: Biz o’tgan algebra darsimizda: Algebraik kasrlarni qo’shish va ayirish mavzusiga doir misollar yechgan edik. Uyga vazifa: Misollar yechib kelish. №500 -501-503.
O’qituvchi: Uy vazifasini nazorat qilib chiqadi. Aylanma daftarlar almashtirilganga qadar o’qituvchi tomonidan uy vazafasi to’g’risida hajviy she’r aytiladi. O’quvchilarni kayfiyatini ko’tarish maqsadida.
O’qituvchi: Yildan yilga axborot kammunikatsion texnalogiyalardan foydalanishni takomillashtirishga katta e’tibor berilayapti. Qani ko’raylik - chi, maktab Internet saytimizda qanday xabarlar bor? Mana, Amerikalik tengdoshingiz Diana sizlarga maktub yo’llabdi. Salom, mening aziz O’zbekistonlik do’stlarim. O’zbekiston haqida juda ko’p eshitganman, O’zbekistondagi yoshlar juda aqlli va dono deb eshitganman, sizlarni sinash uchun 7-sinf algebra kursida o’tilgan mavzular yuzasidan quyidagi savollarni yubormoqdaman.
1. Natural ko’rsatkichli darajaning xossalarini ayting va formulasini yozing.
2. Yig’indining kvadrati, Qisqa ko’paytirish formulalarini yozing.
3. Birhad deb nimaga aytiladi? Misol keltiring.
4. Ko’phadlar deb nimaga aytiladi? Misol keltiring.
5. Ko’phadlarni qo’shish va ayirish deb nimaga aytiladi? Misol keltiring.
6. Ko’phadni birhadga ko’paytirish deb nimaga aytiladi? Misol keltiring.
7. Ko’phadni ko’phadga bo’lish, ko’paytirish. Misol keltiring.
8. Ko’phadni birhadga bo’lish. Misol keltiring.
9. O’xshash hadlarini ixchamlash. Misol keltiring.
10. Kvadratlar ayirmasi formulasini ayting.
11. Algebraik kasrlarni qo’shish va ayirish deb nimaga aytiladi? Misol keltiring.
12. Kasrlarni umumiy maxrajga keltirish deb nimaga aytiladi? Misol keltiring.
Darsimizning II- zinasi yakunlandi. Marhamat III – zinaga.
|
| |