Ta’limda smart texnologiyalarni qo’llash




Download 63.15 Kb.
bet3/3
Sana09.11.2023
Hajmi63.15 Kb.
#96541
1   2   3
Bog'liq
Smart texnalogiya haqida tushuncha
Maktabgacha yoshdagi bolalarda sog, EJ1182651, Макола, Нарбаев Шерзод Абдуманап угли, Monologik matnda mazmun izchilligi va ohang, 103-02494 (1), xotira va uning turlari, CТ. АБЛЫК 2018-06-06 КС-Model (2), Олимжанов.Б, Документ0, Документ3
Ta’limda smart texnologiyalarni qo’llash
Hozirgi talabalar ta’limning an’anaviy modelini yaxshi qabul qilmaydilar. Shu munosabat bilan mobillikka, amaliyotga yo‘naltirilganlikka, kontentning o‘zini to‘ldiruvchanligiga, kontentni taqrizlashga ega bo‘lgan ta’lim modelini ishlab chiqish zarur. Bunday masalani SMART-ta’lim konsepsiyasi hal qilishga qodir. Ta’lim sohasi mutaxassislari hozirgi talaba oldingi avlodlar talabalaridan jiddiy farq qiladi, degan fikrga qo‘shiladilar. Hozirgi talabalarni “Z” avlodi deb nomlanadigan guruhga mansub qiladi, uning asosiy xususiyatlari faol mobillik, ijtimoiy media tarmoqlarda albatta ishtirok etish va doim internetga muhtojlik hisoblanadi. “Z” avlodi ta’lim jarayoniga boshqacha talablar qo‘yadi, chunki bu avlod uchun “tarmoqdan” bilim olish ko‘nikilgan va tushunarlidir. “Z” avlodi vakillarini an’anaviy ta’lim modeliga muvofiq o‘qitish ta’lim maqsadlarini samarali amalga oshirish imkonini bermaydi, bunda ko‘pincha quyidagi ikki holatdan biri kelib chiqishi kuzatiladi, jumladan: eng yaxshi holatda - tinglovchilar tomonidan fanga qiziqishning tez so‘nishi, eng yomon holatda esa — o‘qituvchini to‘liq; tan olmaslik ro‘y beradi. Bu muammoni elektron ta’limning yangilangan modeli yordamida hal etish mumkin bo‘lib, uning xususiyatlaridan biri “Z” avlodi ko‘nikib qolgan tarmoqlardan olinadigan ta’lim jarayonining jiddiy tarkibiy qismi sifatida foydalanish bo‘lishi lozim.
Ta’lim jarayoni axborot, elektron texnologiyalarni qo‘llab amalga oshiriladigan hozirgi elektron ta’lim tizimi quyidagi asosiy tamoyillarga ega bo‘lishi kerak:
-ta’limning ochiqligini va moslashuvchanligini ta’minlash tamoyili iste’molchilarga qulay bo‘lgan istalgan joyda foydalanuvchilarning hamma toifalari uchun ta’lim olish imkoniyatini yaratishni ko‘zda tutadi;
-individuallashtirish tamoyili kirish va joriy nazorat hamda har bir tinglovchi bilimlarining individual darajasiga muvofiq materiallarni taqdim qilish orqali amalga oshiriladi;
-interfaollik tamoyili NIT vositalarini qo‘llagan holda “talabalar – o‘qituvchi” va “talaba - talaba” muloqotlari qonuniyatlarida aks etadi.
Zamonaviy elektron ta’lim asoslanadigan SCORM standartlarini hozirgi talabalar ehtiyojlariga javob bermaydigan, eskirgan deb hisoblash mumkin. Masalan, shu standartga muvofik ta’lim berishda internetdan foydalaniladi, lekin talabani statsionar kompyuterga bog‘lab qo‘yiladi, bu esa, mobil va dinamik hayot talablariga javob bermaydi. Talabalarning ko‘pida o‘qish uchun yaratilgan mobil qurilmalar: smartfonlar, planshetli kompyuter va noutbuklar bor, ammo masofaviy ta’lim tizimlari (MTT)ning hammasi ham bunday platformalarni keragicha qo‘llab-quvvatlay olmaydi. “Z” avlodi uchun bugungi bilimlar manbai faqat darsliklar va o‘quv auditoriyalarida yoki elektron muhitda ishlayotgan o‘qituvchilar emas, balki internet-saytlarning cheksiz imkoniyatlari bilan birga “Vikipediya”, ijtimoiy tarmoqlar va mikrobloglardan iborat. Zamonaviy ta’lim standartlari talabalarning ta’lim muhitidan tashqaridagi faolliklarini hisobga olish imkonini bermaydi, bu esa, o‘qituvchi (tyutor)ni zarur axborot va topshiriqlarni MTTga jismonan ko‘chirish bo‘yicha ishni bajarishga majbur qiladi, bu ko‘pincha mualliflik huquqlarini buzishi mumkin, boshqa tomondan esa, bu keraksiz va eskirgan amaliyot bo‘ladi. Mavjud qog‘ozdagi va elektron darsliklar hozirgi talabalar ehtiyojlariga to‘liq javob bermaydi, buning sababi ularning faqat mobilligi va individualligi yo‘qligida emas, kontent (mazmuni)ning e’lon qilish vaqtidayoq eskirganidan iborat. Fizika, matematika kabi fundamental fanlar doirasida nazariya juz’iy o‘zgaradi, ammo amaliy fanlar uchun o‘quv materialida aks ettirilgan mazmunning o‘zgarish tezligi ba’zan haftalar va kunlarga teng bo‘ladi.
Yuqorida keltirilgan muammolarning yechimi MESI tomonidan taklif qilingan, hozirgi talabalar ehtiyojlariga mos bo‘lgan, yangi ta’lim konsepsiyasi - SMART-ta’lim konsepsiyasi bo‘lishi mumkin. Zamonaviy SMART-jamiyat va uning “umr bo‘yi ta’lim olish” yondashuvi “tinglovchiga qulay joyda ta’lim” tamoyili bo‘yicha hamma joyda o‘qitish zarurligini, ya’ni yangi konsepsiyaning muhim tamoyili kontent iste’molining mobilligi bo‘lishi lozimligini ko‘rsatadi. Mavjud darsliklar bu vazifani bajara olmaydi, chunki ularni sotib olish vaqtidayoq eskirib bo‘lgan kontentni taqdim qiladi. SCORM standarti bo‘yicha tayyorlangan elektron kurslarni ham eskirgan deb hisoblash mumkin, chunki ular tinglovchini internetga doimiy ulangan statsionar kompyuterga bog‘lab qo‘yadi, bu esa, hozirgi xayotning jadal sur’atlari yuqori mobilligida juda noqulay. Shu munosabat bilan o‘quv kontentini tarqatishda ijtimoiy tarmoqlar alohida o‘ringa ega bo‘lib, bu esa, SMART-darslik bilan ijtimoiy medianing integratsiyalashuvini ta’minlash zaruriyatini keltirib chiqaradi. SMART-darslik konsentratsiyasini ta’lim muhitidan tashqarida amalga oshirish imkoni yo‘q. SMART-darslik SMART-o‘quv jarayoni uchun asos bo‘lishi, qog‘oz darslikning afzalliklarini, elektron kurslarning (birinchi galda SCORM ning) texnik imkoniyatlarini o‘ziga qamrab olishi hamda shu yuqorida aytilganlarga nisbatan bir qator afzalliklarga ega bo‘lishi lozim. Tinglovchilarga taklif etilayotgan ta’lim kontentining dolzarbligini, uning sohaning real muammolariga mosligini faqat o‘qituvchining kuchi bilan ta’minlab bo‘lmaydi. Shu sababli dolzarblikning yuqori darajasini doim saqlab turish uchun sohaning ekspertlari jamoasi vakillarini jalb qilish zarur. Kursni tinglagan va professional sohada faol ishlayotgan talabalar vaqt o‘tishi bilan ekspert bo‘la boradilar, bu esa, SMART-ta’lim kontsepsiyasini amalga oshirish doirasida tinglovchilar bilan (shu jumladan, ilgari bitirgan tinglovchilar bilan ham) va ekspertlar jamoasi bilan doimiy muloqot kanalini yaratish zaruratini keltirib chiqaradi.
Hozirgi ta’lim o‘quv materialini berishga amaliyotga yo‘naltirilgan yondashuvni talab qiladi. O‘quv-metodik ta’minotning uni amalda qo‘llash imkoniyati bilan bog‘liqligi yo‘qligi uning tinglovchilar uchun ahamiyatini jiddiy pasaytiradi va oxirida oliy o‘quv yurtining nufuzini pasaytiradi. Materialni berishning mumkin bo‘lgan shakllari o‘quv materialiga “amaliyotni” kiritish uchun o‘quv jarayonida eskirgan keyslardan foydalanishdan, to tinglovchilarni real kompaniyalarga stajyorlar sifatida kiritishgacha qamrab oladi. Ammo aytib o‘tilgan yondashuvlar ishlaydigan tinglovchilarga hamda quyi kurslar talabalariga hamma vaqt ham mos kelavermaydi. SMART-ta’lim konsepsiyasi doirasida dastlab amaliy masalani qo‘yish (hal etish uchun real keysni taqdim qilish), keyin o‘rganish qo‘yilgan biznes-rejani hal etish imkonini beradigan dolzarb nazariy materialni taqdim qilish g‘oyasi taklif qilingan edi. Shunday qilib, tinglovchilarni nazariy materialni o‘rganish jarayoniga jalb qilish eng yuqori darajada bo‘ldi, chunki uni o‘rganish muayyan real amaliy masalani hal qilish maqsadiga yo‘naltirilgan edi.
Ta’limga SMART-yondoshuvning asosi nazariy materialni real biznes-masalani hal qilishga bog‘lab berish hisoblanadi. Bu konsepsiyani amalga oshirish uchun har bir fan sohasi doirasida real kompaniyalardan biznes-keyslar kutubxonasini yaratish zarur. Bayon qilingan muammolar va ularni hal qilishning mumkin bo‘lgan yo‘nalishlari SMART-ta’limning asosiy tamoyillarini shakllantirish imkonini beradi. Bunday yondashuv SMART-ta’lim jarayoni asosida yotadi va quyidagi qator bosqichlarni amalga oshirishni talab etadi.
Kursga shu kursning maqsadlari va vazifalarining qo‘yilishini kiritish, foydalaniladigan ta’lim texnologiyalarini bayon qilish, olinadigan kompetensiyalarni xarakterlab berish.
Tinglovchining kirish kompetensiyalarini baholash. Buni o‘tkazishning mumkin bo‘lgan shakllari: beshta asosiy savollardan iborat kirish testi va tinglovchi haqida ma’lumotlar. Tinglovchilarning darajasi uchga: boshlang‘ich, tayanch va yuqoriga ajratiladi.

Tinglovchiga uning aniqlangan darajasiga bog‘lik ravishda ta’lim olish davrining hammasi uchun masalani boshidan oxirigacha hal etish bo‘yicha keys variantini taqdim qilish.


Tinglovchiga SMART-kompetensiyasiga muvofiq ta’lim olish uchun materiallarni taqdim etish. Tinglovchining reytingini aniqlash uchun oraliq nazoratni tashkil qilish. Oraliq nazoratning taxminiy variantlari: nazariy materialni bilishining test sinovi; guruhli bahs-munozaralar, shu jumladan, keys topshirig‘ining bajarilishi to‘g‘riligini baholash maqsadida ekspertlar ishtirokida amalga oshiriladi. Keysni hal qilishning yakuniy himoyasini ekspertlar jamoasi va tadbirkorlar vakillari (keysning mualliflari) oldida tashkil qilish. Keysni hal qilish kurs bo‘yicha kompetensiyalar darajasi yetarliligini haqiqiy tan olish hisoblanadi. O‘quv materialini berishni “nazariya + amaliy misollar” kontseptsiyasidan “amaliy biznes-to‘shirik + uni yechish uchun zarur nazariya” kompetensiyasiga o‘zgartirish jiddiy, lekin yagona bo‘lmagan vazifa hisoblanadi, uni hal etish elektron kursni SMART-o‘quv jarayoni deb nomlash imkonini beradi. AKTni o‘qitish tizimida har yili eng yangi innovatsion texnologiyalarni qo‘llagan holda masofaviy ta’limning borgan sari ko‘p turli shakl va usullari paydo bo‘lmoqda. Ular ta’lim jarayonini amalga oshirishning faqat alohida texnik vositalari yoki axborot uzatish va almashish tizimlari emas, balki o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyalarini, nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan o‘qitish metodlarining yaxlit tizimini ham o‘z ichiga oladi.
SMART-texnologiyalar bilan ishlashda o‘qituvchi (tyutor)ning ta’lim jarayonining tashkilotchisi va koordinatori sifatidagi roli ayniqsa ortadi, u o‘quv jarayonini har bir talabaning individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda ko‘proq moslashuvchan yo‘naltirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ma’lumki, kommunikativ metod ta’lim jarayonini muloqot jarayonining modeli sifatida tashkil qilishni nazarda tutadi. O‘qituvchi bilan talabalarning birgalikdagi faoliyatining muvaffaqiyati ko‘p jihatdan bu faoliyatning qanday darajada tashkil qilinishi bilan bog‘lik. Bunda, bizningcha, mustaqil ish birinchi o‘rinda turadi. O‘qituvchilar oldida talabada ta’lim olishga eng katta motivatsiyani ta’minlaydigan o‘quv faoliyatini tashkil qilish muammosi turadi. Guruhli yoki jamoaviy topshiriqlarni bajarishda talabalar diqqatlarini fikr-mulohazaning shakliga emas, mazmuniga qaratadilar. Bunda birgalikdagi faoliyatning yangi axborotni bilish va mustahkamlash, uni baholash, muammoli topshiriqlarni birgalikda muhokama qilish, turli nuqtai nazarlarni qiyoslash, bahs-munozarada ishtirok etishdan iborat maqsadi ahamiyatga ega bo‘ladi. Interfaol topshiriqlarni bajarishda talabalar nutqiy harakatlarning massiv ijrochisi bo‘lmasdan, ijodiy yondoshish va mustaqillikni namoyon qiladilar. Ta’limning interfaol shakllari aynan shunday vaziyatlarni modellashtirish imkonini beradi. Bu masofadan muloqotni real jonli muloqotga eng ko‘p yaqinlashtirgan holda bir-birini ko‘rish va eshitish, ma’lumotlarni almashish va ularga interfaol rejimda birgalikda ishlov berish imkonini beruvchi texnologiyadir.
Shunday qilib, hozirning o‘zida eng yangi innovatsion texnologiyalarni qo‘llagan holda talabalarni bahs-munozaralar olib borishga o‘rgatish ularning bilish faolligini rivojlantirishga yordam beradi, o‘qishga qiziqishlarini jiddiy oshiradi va yaxshi natijalar beradi.
Download 63.15 Kb.
1   2   3




Download 63.15 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ta’limda smart texnologiyalarni qo’llash

Download 63.15 Kb.