Aniq va tabiiy fanlar




Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/20
Sana07.02.2024
Hajmi1,9 Mb.
#152551
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Biologik ketma –ketliklarni ma’lumot bazalari bo’yicha ko’plik

XULOSA 
 
1.Ma’lumotlar bazasining yaratilishi va ularning intensiv ravishda to‘ldirilishi 
XX asrning 80-yillaridan boshlangan va juda tez sur'atlarda o‘smoqda. Ma’lumotlar 
bazasining hajmi uch-yilda mobaynida ikki marotaba ortadi. Birgina ma’lumotlar 
bazasini yaratuvchilar tomonidan kiritilayotgan axborotlarning tuzilmasiga va 
sifatiga yetarli darajada e’tibor qaratishmayapti.
2.Genetik matnlar ma’lumotlar bazasining tuzilish prinsiplari turli bahslarga 
olib kelmoqda. DNK ning birlamchi strukturasi va aminokislotalarning ketma – 
ketligi haqidagi axborotlarni saqlovchi EMBL, GenBank, DDBJ, SWISS-PROT 
singari yirik ma’lumotlar bazalari yangi olingan axborotlarni internet tizimida 
avtomatlashtirilgan to‘ldiruvchi sistemalar yordamida doimo to‘ldirib boriladi. Bir 
turdagi axborotlarni to‘plovchi ko‘plab ma’lumotlar bazalari xalqaro mehnat 
taqsimoti tizimida ishlashadi. Masalan, nukleotid ketma- ketliklari bo‘yicha 
axborotlarni to‘plovchi EMBL (Evropa), GenBank (AQSh), DDBJ (Yaponiya) kabi 
ma’lumotlar bazalarining faoliyatini shunga misol qilib keltirish mumkin.
3.Biologik ma’lumotlar bazalari –ilmiy tajribalar, nashr etilgan adabiyotlar, 
tadqiqot texnologiyasi va hisoblash ishlari natijasida to‘plangan bilimlardan 
saralangan hayot haqidagi fanga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar kutubxonasidir. Bu 
yerda genomika, proteomika, metabolomika, genlar ekspresiyasi va filogenetika 
kabi tadqiqot yo‘nalishlariga tegishli bo‘lgan axborotlar saqlanadi. Ushbu axborotlar 
genlarning vazifasi, strukturasi, joylashishi (hujayra va xromasoma darajalarida), 
biologik ketma–ketlik va strukturalarning umumiy hususiyatlari bilan bir qatorda 
mutasiyalarning ham klinik effektlarini o‘z ichiga oladi.
4.Biologik ma’lumotlar bazasini tushunishda informatikaning relyasion 
(qo‘shnilar xaqida ma’lumot beruvchi) ma’lumot bazalari va raqamli kutubxonar 
qidiruviga doir axborot tushunchalari muxim sanaladi. Ma’lumotlar bazasining 
biologik loyixalashtirilishi, rivojlanishi va uzoq muddatli boshqaruvi bioinformatika 
fani soxasining asosiy y'nalishlaridan biri sanaladi.


36 
5.Ma’lumotlar bazasining tarkibiga genlar ketma–ketligi, matnli tavsiflar, 
ontologiyalarning belgilari va klassifikasiyasi, sitatalar va jadvalli ma’lumotlar 
kiradi. Biologik ma’lumotlar bazasi olimlarga biomolekulalarning strukturasi va 
o‘zoro ta’siri, butun organizm darajasida ro‘y beruvchi metabolizmlar, turlarning 
rivojlanishini anglashga ko‘maklashuvchi vosita bo‘lib hisoblanadi. Bunday 
ma’lumotlarga ega bo‘lish kasalliklarga qarshi kurashishni osonlashtiradi, effektiv 
dori vositalarini ishlab chiqishga ko‘maklashadi hamda hayotning tarixiy 
taraqqiyotida organizmlar o‘rtasidagi o‘zoro munosabatlarni aniqlashga yordam 
beradi.
6.Biologik bilimlar turli–tuman, ixtisoslashgan ma’lumotlar bazalari orasida 
taqsimlangan bo‘ladi. Bu ba’zan ketma–ketlik to‘g‘risidagi axborotning 
ishonchliligiga xalaqit beradi.
7.Aminokislota va nukleotid ketma-ketligini solishtirish xozirgi kun 
molekulyar biologiyasining muxim soxalaridan biri hisoblanib, ular yordamida 
genlar oilasini aniqlash, ularga sekvenirlangan ketma-ketliklarni keltirish va 
strukturaviy xamda funksional munosabatlarini o‘rnatish mumkin. Ko‘plab 
organizmlar genomlarini sekvenirlanganligini inobatga oladigan bo‘lsak, bu kabi 
tadqiqotlarga talab kundan kunga ortib bormoqda.
8.Hozirgi kunda bioinformatika fani tomonidan biomolekulalarning ketma-
ketliklarini aniqlash bo‘yicha ko‘plab eksperimental usullar ishlab chiqilgan. 
Biomolekulalar ya’ni oqsillar, nuklein kislotalarning ketma-ketliklarini analiz qilish 
ularning tabiati haqidagi tasavvurlarning kengayishiga, ularning funksiyasini 
to‘laqonli ravishda tushunishga, ularning fazoviy modellarni yaratishga zamin 
yaratadi.
9.Turli organizmlarga xos bo‘lgan genomlarning aniqlanishi, ularning 
vazifalarining o‘rganilishi esa bu organizmlarning evolutsion kelib chiqishi haqidagi 
ma’lumotlarning yanada boyishiga olib keladi.

Download 1,9 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish