• FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………….………37
  • Mavzuning ahamiyati.
  • Mavzu bo‘yicha qisqacha adabiyotlar tahlili.
  • III BOB.  BIOLOGIK KETMA–KETLIKLARNI MA’LUMOT BAZALARI




    Download 1,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/20
    Sana07.02.2024
    Hajmi1,9 Mb.
    #152551
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
    Bog'liq
    Biologik ketma –ketliklarni ma’lumot bazalari bo’yicha ko’plik

    III BOB. 
    BIOLOGIK KETMA–KETLIKLARNI MA’LUMOT BAZALARI 
    BO‘YICHA KO‘PLIK TAQQOSLANISH UCHUN DASTURLAR………………...28 
    XULOSA………………………………………………………………………………...35 
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………….………37
     
     
     
     



    KIRISH 
     
    Mavzuning dolzarbligi. Ma’lumotlar bazasining yaratilishi va ularning
    intensiv ravishda to‘ldirilishi XX asrning 80-yillaridan boshlangan va juda tez
    sur'atlarda o‘smoqda. Ma’lumotlar bazasining hajmi uch-yilda mobaynida ikki
    marotaba ortadi. Birgina ma’lumotlar bazasini yaratuvchilar tomonidan
    kiritilayotgan axborotlarning tuzilmasiga va sifatiga yetarli darajada e’tibor
    qaratishmayapti. Genetik matnlar ma’lumotlar bazasining tuzilish prinsiplari turli
    bahslarga olib kelmoqda. DNK ning birlamchi strukturasi va aminokislotalarning
    ketma – ketligi haqidagi axborotlarni saqlovchi EMBL, GenBank, DDBJ, SWISS-
    PROT singari yirik ma’lumotlar bazalari yangi olingan axborotlarni internet tizimida
    avtomatlashtirilgan to‘ldiruvchi sistemalar yordamida doimo to‘ldirib boriladi. Bir
    turdagi axborotlarni to‘plovchi ko‘plab ma’lumotlar bazalari xalqaro mehnat
    taqsimoti tizimida ishlashadi [10].
    Mavzuning ahamiyati. Biologik ma’lumotlar bazalari –ilmiy tajribalar, nashr
    etilgan adabiyotlar, tadqiqot texnologiyasi va hisoblash ishlari natijasida to‘plangan
    bilimlardan saralangan hayot haqidagi fanga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar
    kutubxonasidir [5, 6].
    Mavzu bo‘yicha qisqacha adabiyotlar tahlili. Biologik ma’lumotlar bazasini
    tushunishda informatikaning relyasion (qo‘shnilar xaqida ma’lumot beruvchi)
    ma’lumot bazalari va raqamli kutubxonar qidiruviga doir axborot tushunchalari
    muxim sanaladi (Leinonen R, Sugawara H, Shumway M, 2011). Ma’lumotlar
    bazasining biologik loyixalashtirilishi, rivojlanishi va uzoq muddatli boshqaruvi
    bioinformatika fani soxasining asosiy yo‘nalishlaridan biri sanaladi (Kaminuma E,
    Mashima J, Kodama Y, Gojobori T, Ogasawara O, Okubo K, Takagi T, Nakamura
    Y., 2010) [4, 7-10].
    Ma’lumotlar bazasining tarkibiga genlar ketma–ketligi, matnli tavsiflar,
    ontologiyalarning belgilari va klassifikasiyasi, sitatalar va jadvalli ma’lumotlar
    kiradi. Biologik ma’lumotlar bazasi olimlarga biomolekulalarning strukturasi va
    o‘zoro ta’siri, butun organizm darajasida ro‘y beruvchi metabolizmlar, turlarning



    rivojlanishini anglashga ko‘maklashuvchi vosita bo‘lib hisoblanadi. Bunday
    ma’lumotlarga ega bo‘lish kasalliklarga qarshi kurashishni osonlashtiradi, effektiv
    dori vositalarini ishlab chiqishga ko‘maklashadi hamda hayotning tarixiy
    taraqqiyotida organizmlar o‘rtasidagi o‘zoro munosabatlarni aniqlashga yordam
    beradi (Leinonen R, Birney E, Bower L, Cerdeno-Tarraga A, Cheng Y, Cleland I,
    Faruque N, Goodgame N, Gibson R, Jang M, et al., 2011) [8, 9].
    Biologik bilimlar turli–tuman, ixtisoslashgan ma’lumotlar bazalari orasida
    taqsimlangan bo‘ladi. Bu ba’zan ketma–ketlik to‘g‘risidagi axborotning
    ishonchliligiga xalaqit beradi (Benson DA, Karsch-Mizrachi I, Lipman DJ, Ostell J,
    Sayers EW., 2010) [15].
    Aminokislota va nukleotid ketma-ketligini solishtirish xozirgi kun molekulyar
    biologiyasining muxim soxalaridan biri hisoblanib, ular yordamida genlar oilasini
    aniqlash, ularga sekvenirlangan ketma-ketliklarni keltirish va strukturaviy xamda
    funksional munosabatlarini o‘rnatish mumkin. Ko‘plab organizmlar genomlarini
    sekvenirlanganligini inobatga oladigan bo‘lsak, bu kabi tadqiqotlarga talab kundan
    kunga ortib bormoqda (Brunak S, Danchin A, Hattori M, Nakamura H, Shinozaki
    K, Matise T, Preuss D., 2002) [14, 16].
    Hozirgi kunda bioinformatika fani tomonidan biomolekulalarning ketma-
    ketliklarini aniqlash bo‘yicha ko‘plab eksperimental usullar ishlab chiqilgan.
    Biomolekulalar ya’ni oqsillar, nuklein kislotalarning ketma-ketliklarini analiz qilish
    ularning tabiati haqidagi tasavvurlarning kengayishiga, ularning funksiyasini
    to‘laqonli ravishda tushunishga, ularning fazoviy modellarni yaratishga zamin
    yaratadi. Turli organizmlarga xos bo‘lgan genomlarning aniqlanishi, ularning
    vazifalarining o‘rganilishi esa bu organizmlarning evolutsion kelib chiqishi haqidagi
    ma’lumotlarning yanada boyishiga olib keladi (Barrett T, Troup DB, Wilhite SE,
    Ledoux P, Rudnev D, Evangelista C, Kim IF, Soboleva A, Tomashevsky M,
    Marshall KA, et al., 2009) [2].
    Zamonaviy fan sifatida yaqin-yillarda paydo bo‘lgan genomikaning tez
    rivojlanishini birinchi tomondan DNK dagi nukleotidlar ketma-ketliklarining
    aniqlanishi ya’ni sekvinirlanish usullarining takomillashib borishi bilan bo‘lsa,



    ikkinchi tomondan biomolekulalar ketma – ketliklari haqidagi juda katta hajmdagi 
    axborotlarning paydo bo‘lishi natijasida ularni tahlil qilish uchun zarur bo‘lgan 
    zamonaviy kompyuter usullarining yaratilishi bilan tushuntirish mumkin (Parkinson 
    H, Kapushesky M, Kolesnikov N, Rustici G, Shojatalab M, Abeygunawardena N, 
    Berube H, Dylag M, Emam I, Farne A, et al., 2009). 

    Download 1,9 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




    Download 1,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    III BOB.  BIOLOGIK KETMA–KETLIKLARNI MA’LUMOT BAZALARI

    Download 1,9 Mb.
    Pdf ko'rish