• REFERENCESA
  • “ANIQ VA TABIIY FANLARNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”




    Download 192,07 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/2
    Sana28.05.2024
    Hajmi192,07 Kb.
    #255977
    1   2
    Bog'liq
    optik-pirometrlar-yordamida-yulduzlarning-spektrni-organish (1)

    “ANIQ VA TABIIY FANLARNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
    RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 
    2024-YIL 7-MAY 
     
    174
    Ma’lumki, yulduzlarning spektri, asosan yutilish spektri bo‘lib, faqat ayrimlarining 
    spektridagina nurlanish (emission) chiziqlar kuzataladi. Yulduzlarning spektrini solishtirish
    ularning spektrlari bo‘yicha sinflarga bo‘lishga asos beradi. Yulduzlarning spektridagi asosiy 
    farq, asosan spektral chiziqlarning qanday elementlarga tegishliligi, ularning soni va intensivligi 
    hamda mazkur spektrda energiyaning taqsimlanishi bilan belgilanadi.
    G sinf. Rangi sariq, temperaturasi 6000oK. Vodorodning chiziqlari xiralashgan. Metal 
    chiziqlari yaqqol ko‘rinadi. Ionlashgan kalsiyning N va K chiziqlari intensivligi maksimumga 
    erishadi. Quyosh shu sinfga kiradi.
    K sinf. Rangi qizg‘ish (oranjeviy), temperaturasi 5000o atrofida. Bu sinfga kiruvchi 
    yulduzlarning spektrida metal chiziqlarining intensivligi maksimumga erishadi. Spektrning 
    ultrabinafsha qismiga tegishli nurlanishning intensivligi sezilarli kamayadi. Bu sinfga kiruvchi 
    tipik yulduzlarga Arktur (Ho‘kizboqarning alfasi) va Aldebaran (Sarvning alfasi) lar kiradi.
    Yuqorida keltirilgan yulduz sinflari asosiy sinflar hisoblanib, bulardan tashqari G va K 
    sinflardan tarmoklanuvchi qo‘shimcha sinflar ham mavjud. Bulardan birinchisi G sinfdan 
    tarmoqlanib, uglerodli yulduzlar deyiladi va sinfi S bilan belgilanadi. Bu sinfga kiruvchi 
    yulduzlarning spektri K va M sinfga kiruvchi yulduzlarning spektridan atomlarga tegishli yutilish 
    chiziqlari va uglerod molekulalarining yutilish polosalarining borligi bilan farqlanadi. Ikkinchisi 
    esa, K sinfdan tarmoqlanib, sinfi S bilan belgilanadi. Bu sinfga kiruvchi yulduzlar M sinfdan titan 
    oksidi (TiO) polosalari o‘rnida sirkoniy oksidi (ZrO) polosalarining borligi bilan farqlanadi.
    Agar ma’lum spektral sinfga kiruvchi yulduz qo‘shimcha ba’zi xossalarga ega bo‘lsa, u 
    holda uning bu xossasi biror harfiy ifoda bilan belgilanadi. Xususan, agar yulduz spektrida 
    emission chiziqlar kuzatilsa, uning sinfini ifodalovchi harf yoniga e harfi quyidagicha qo‘shib 
    qo‘yiladi: 06e. Bu spekrida emission chiziqlar bo‘lgan 06 sinfga kiruvchi yulduzni ifodalaydi. 
    O‘tagigant yulduzlar spektrida uchraydigan ingichka timqora chiziqlarda esa spektral sinfi oldiga 
    s harfi qo‘shib qo‘yiladi: sF0. Ma’lum spektral sinf uchun tiniq harakatda bo‘lmagan yulduzning 
    boshqa xossalari r harfi belgilanadi va u, odatda, yulduzning spektral sinfidan keyin, masalan A3r 
    va hokazo. 
    REFERENCESA 
    1.
    Kosimov. A. S "Atom fizikasi" Termiz 2022y 
    2.
    A.A Xolmo'minov, "Polimerlar fizikasi" Toshkent 2015 y. 

    Download 192,07 Kb.
    1   2




    Download 192,07 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “ANIQ VA TABIIY FANLARNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

    Download 192,07 Kb.
    Pdf ko'rish