• Kesishuvchi tekshiruv
  • Longityud so‘rov
  • I.BOB SOTSIAL SO'ROV VARAQASI (ANKETA) SO'ROVINING ASOSIY INSTRUMENTI SIFATIDA




    Download 137,5 Kb.
    bet2/10
    Sana05.12.2023
    Hajmi137,5 Kb.
    #111264
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    ANKETALI SO\'ROVINI MUVAFFAQIYATLI O’TKAZISH UCHUN ZARUR SHART SHAROITLAR

    I.BOB SOTSIAL SO'ROV VARAQASI (ANKETA) SO'ROVINING ASOSIY INSTRUMENTI SIFATIDA.
    1.1Anketali so'rovining turli ko'rinishlari.
    Anketali so’rov bosqichlari va proseduralari. Ijtimoiy ishdaso’rov varaqasi (anketa) so’rovning asosiy instrumenti sifatida. So’rov varaqasining mantiqiy va tashkiliy tuzilishi, uni loyihalashtirishning asosiy tamoyillari va qoidalari. Kirish qismining o’rni va ahamiyati: tadqiqot maqsadlarini tushuntirish, javob berish qoidasini bayon etish, anonim xarakterda ekanligini kafolatlash. So’rov varaqsining asosiy qismi: dasturli savollarni tadqiqot savollariga o’tkazish; mazmun bloklarini loyihalash; so’rov varaqasining mantiqiy chizmasini tuzish. So’rov varaqsining yakuniy qismi: “pasport savollar” qo’yiladigan talablar. So’rov varaqasi kompozisiyasi va uni rasmiylashtirish. Anketali so’rovni muvaffaqiyatli o’tkazish uchun zarur shart-sharoitlar. Pilotaj tadqiqot tushunchasi. So’rov varaqasini tarqatish va yig’ib olish texnikasi.
    Siyosiy jarayon va vaziyatlarni o‘rganishda ba’zan biz fuqarolar, manfaatdor shaxslar, ishtirokchilardan bevosita olingan axborotlarni to‘plash zaruriyatiga to‘qnash kelamiz. Ko‘pincha insonlarning nima haqida o‘ylashi, qanday harakat qilishi to‘g‘risida ma’lumot olishning eng yaxshi (ba’zan yagona) usuli oddiygina qilib ulardan bu haqda so‘rashdan iborat. Ushbu faktni tan olish natijasida ijtimoiy fanlarda so‘rov metodi keng tarqaldi.
    So‘rov tadqiqotchiga besh tipdagi ma’lumotni yetkazib beradi: faktlar, bilim, fikr, munosabat va respondentlarning xulqi hisoboti. So‘rovda tushunchalar operatsionalizatsiyasi vositasi sifatida savollar xizmat qiladi, kuzatuv esa respondentning bu savollarga javobini qayd etishdan iborat. Shuning uchun bu metod unda tahlil birliklari individ bo‘lgan va asosiy tushunchalari individ bilan bog‘liq bo‘lgan tadqiqotlarga to‘g‘ri keladi. So‘rov tadqiqoti 14 asosiy jarayonlardan iborat. Amaliyotda bir qator jarayonlar bir vaqtninig o‘zida birdan o‘tkazilishi mumkin va tadqiqotchi so‘rov chog‘ida zaruriyatga qarab u yoki bu jarayonga qaytishga yoki aksincha, oldingi bosqichga sakrab o‘tishga haqqi bor. So‘rov bosqichlari quyidagicha tavsiflanishi mumkin:
    1. Konseptualizatsiya- tadqiqot maqsadini aniqlash, farazni ilgari surish, tushunchani aniqlash, ushbu so‘rovda (operatsionalizatsiya) ularning operatsional muvofiqligini topish.
    2. Sxematizatsiya-so‘rov chog‘ida qo‘llanishi shart bo‘lgan jarayonlarni o‘rnatish, talab qilingan tanlov xarakteri haqida qaror qabul qilish.
    3. Instrumentariyani tayyorlash-anketa yoki intervyu blankalarini tuzish, savollar tartibi va sonini aniqlash zarur, ko‘rsatmali qurollar va boshqa yordamchi vositalarni tayyorlash.
    4. Rejalashtirish-so‘rov o‘tkazish bilan bog‘liq moliyaviy, ma’muriy, moddiy-texnik va kadr muammolarini ko‘rib chiqish.
    5. Tanlovni tuzish-ushbu tadqiqot maqsadi va vositalari uchun to‘g‘ri keluvchi metodlarga muvofiq mo’ljallangan respondentlarni saralab olish.
    6. Instruktar-respondent bilan ishlash va ma’limotlarni qayta ishlash uchun shaxs so‘roviga xizmat qiluvchi intervyu oluvchilar, kodirovkalovchilar va boshqa xizmatchilarni tayyorlash, personalni zarur moddiy vositalar bilan ta’minlash.
    7. Dastlabki testni o‘tkazish-respondentlarni instruksiya va savolni to‘g‘ri anglaganini hamda ular javoblarini kutilayotgan javoblar tiplariga mosligini tekshirish maqsadida kichik o‘lchovli tanlovlarda saralangan instrumentariyani sinash.
    8. So‘rov-tajribaga oid instrumentariyalarni qo‘llash bilan tanlov ishtirokchilari bilan pochtali, telefonli va yuzma-yuz so‘rov o‘tkazish.
    9. So‘rovni kuzatish (monitoring) - so‘rayotganlarda metodi­kani tog‘ri qo‘llanishini tekshirish, shuningdek faqat tanlov ishtirok­chilarida so‘rov o‘tkazishni nazorat qilish (respondent so‘rovni rad qilgan taqdirda intervyu qaydlarini tekshirish, telefon intervyularini eshitish).
    10. Nazorat tekshiruvi (respondent bilan qo‘shimcha aloqa orqali) tanlov a’zolari haqiqatda so‘rovga qatnashganini va ularning barchasi anketani qaytib berganini tekshirish.
    11. Kodlashtirish-to‘plangan ma’lumotlarni raqamli shaklga aylantirish.
    12. Qayta ishlash-ma’lumotlarni tahlil uchun tayyorlash.
    13. Tahlil-mazmunli xulosalarni qo‘lga kiritish maqsadida statistik va boshqa vositalar yordamida ma’lumotlarni qayta ishlash.
    14. Hisobotni tuzish-tadqiqot hisoboti shaklida tahlil natijalarini bayon qilish.
    Bu bosqichda empirik o‘rganish uchun oson erishish imkoniyati bo‘lgan umumiy tadqiqot masalasidan aniq masala to‘plamiga o‘tish jarayoni yuz beradi. Bunda muhokama qilingan jarayonlardan konseptualizatsiya jarayoni shu bilan farqlanadiki, so‘rov holatida tushuncha operatsionalizatsiyasi ma’limotlar to‘plashning aniq meto­dikasi bilan bog‘liq bo‘lishi kerak. Konseptualizatsiya bosqichida qabul qilingan qarorlar keyingi bosqichlar: so‘rov sxematizatsiyasi va tanlovni yaratish uchun ham g‘oyatda ahamiyatlidir. Masalan, aholining qaysi guruhiga mos kelishi haqida qaror qabul qilar ekanmiz, bu yo‘l bilan biz bo‘lajak tanlovimizning taxminiy chegaralarini belgilaymiz. Maqsad­lariga ko‘ra, so‘rov qidiruv, tavsiflovchi, izohlovchi turlarga bo‘linadi. Bu turlardagi ma’lumotlar yuzma-yuz intervyu, pochta va ommaviy anketa yordamida qo‘lga kiritiladi. So‘rovni tayyorlashdagi ilk qadamlar so‘rov maqsadi to‘g‘risida qaror qabul qilish va bu maqsad uchun to‘g‘ri keluvchi ma’lumotlarni tanlashdan iborat.
    Navbatdagi qadam sifatida so‘rovni uyushtirish usulini tanlab olishdir. Bunda oldimizda turgan asosiy dilemma-tekshiruvning kesishuvchi yoki uzunlik sxemalaridan afzalini tanlshdan iborat. Kesishuvchi tekshiruv turli voqealarning bir vaqtda olingan ma’lumotlarni taqqoslashga asoslangan tekshiruv. Unda ma’lumotlar to‘plami faqat bir marta o‘tkaziladi. Reprezentativ saralash sharoitida u aholi guruhi va bu guruhlardagi o‘zgaruvchanlar o‘rtasidagi munosabatlarni qat’iy belgilangan vaqt momentida tavsiflashga imkon beradi, ammo bizni bu guruhlar rivojini vaqt mobaynida ko‘rish imkoniyatidan mahrum qiladi. Kesishuvchi so‘rov bizga go‘yoki harakatlanuvchi obyektning lahzalik rasmini beradi.
    Uzunlik longityud so‘rovida ma’limotlarni to‘plash bir martadan ko‘p o‘tkaziladi. Longityud so‘rov - turli vaqt lahzalarida olingan bir harakatning elementlari yoki berilgan ko’plik voqealarning belgilarini qiyoslashga imkon beradigan so‘rov. Uzunlik so‘rovining asosiy ko‘rinishlari - trend, kogort va panel tekshirish.

    Download 137,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 137,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I.BOB SOTSIAL SO'ROV VARAQASI (ANKETA) SO'ROVINING ASOSIY INSTRUMENTI SIFATIDA

    Download 137,5 Kb.