13
XIV-XVI asrlar adabiyoti. davr madaniy hayotiga sharh. Turkistonda
tasavvufning vujudga kelishi va tarqalishi. Tasavvuf tarixida irfon bosqichi. Ibrohim
Adham, Shaqiq Balxiy va Imom G‘azzoliy asarlari. Ilk turk mutasavviflari ijodi.
Yassaviylik tariqati va uning adabiy manbalari. Kubroviyya tariqati va bu tariqatning
badiiy ijodda aks etishi. Adabiy janrlar va ularning taraqqiyoti.
Nosiriddin Rabg‘uziy hayoti va ijodining manbalari. Adib ijodining o‘rganilish
tarixidan. Payg‘ambarlar tarixi asosida yaratilgan asarlar. “Qisasi Rabg‘uziy”
(“Qisasu-l-anbiyo”) asarining tarkibi. Asar tarkibidagi hikoya va mumtoz she’riy
janrlar.
Sayfi Saroyi ijodi. Shoir lirikasining mundarijasi va badiiy xususiyatlari.
“Suhayl va Guldursun” dostoni. “Gulistoni bi-t-turkiy” asari. Ma’rifiy-ta’limiy
adabiyot.
Haydar Xorazmiy ijodi. Shoir hayoti va ijodining manbalari. “Maxzanu-l-
asror” dostoni va Nizomiy ijodiga munosabat. Dostonning kompozitsion qurilishi va
syujeti.
Xorazmiy va uning “Muhabbatnoma”si. Asar tarkibi va janr xususiyatlari.