Annotatsiya. Kalit so’zlar




Download 80 Kb.
bet1/3
Sana23.03.2024
Hajmi80 Kb.
#175468
  1   2   3
Bog'liq
MATN NAZARIYASIGA PRAGMATIK YONDASHUV
Потенциометрические датчики, ochi dars mustaqil ish mavzulari, Ganiyev T

MATN NAZARIYASIGA PRAGMATIK YONDASHUV


Annotatsiya.
Kalit so’zlar. Pragmatika, deyksis, diskurs, nutq, fikr, pragmasemantika, pragmastilistika, leksema, affiks, grammema, presuppozitsiya.
Lisoniy olam tarraqqiyotida bugungi kunga kelib kishilarning o’zaro kommunikativ munosabatlari antroposentrik nazariya asosida tatbiq qilinib, til hodisalari va ularning ifodaviy imkoniyatlari keng o’rganilmoqda. Lingvistikaning boshqa fanlar blan aloqasi sifatida etnolingvistika, psixolingvistika, lingvokulturologiya, sotsiolingvistika, pragmalingvistika, reklama tilshunosligi, kompyuter lingvstikasi va boshqa shu kabi yo’nalishlarida inson omili o’rganish obyektiga aylanib bormoqda.
“Albatta, faqatgina insonga xos hodisa tilning tabiatini, uning inson hayotidagi mohiyatini chuqurroq va yanada ko‘proq bila boshlaganimiz sari yangi savollar tugiladi va oldingi savollar hamda ularga berilgan javoblarni qayta «taftish qilish» (lozim bo‘lganda, ayrimlarini inkor etish) ehtiyoji o‘sib boradi. Tilshunoslik - empirik fan, undagi nazariy goyalar doimo to‘plangan dalillar tahlili asosida shakllanadi (hatto ilmiy farazlar ham doimiy isbotni talab qiladi).”1 Bilamizki, matn va undagi inson omilini chuqurroq o’rganishga alohida e’tibor qaratish alohida yo’nalish sifatida ko’riladi. So’ngi yillarda “pragmatika” atamasini qo‘llamaydigan tilshunos olimlari , deyarli, qolmadi, desak adashmaymiz. Insonning nutqiy faoliyati bilan bog’liq ushbu atama o’ziga xos tadqiqotlarni talab qildi. Ushbu sohada G’arb olimlari ilgarilab ketdi.
“Pragmatika atamasining fanga kirib kelishi G’arb tilshunoslari Ch. Pirs, U. Djems, D. Dyun kabi taniqli olimlar nomi bilan bog‘liqdir. Chunki ularning ishlarida (XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida) belgilar sistemasi va lingvistik belgi funksionalligi xususidagi g‘oyalar o‘rtaga tashlanib, semiotika haqidagi asosiy tushunchalar aniqlanadi, sintaktika, semantika va pragmatika o‘rtasidagi o‘zaro farqlar ko‘rsatiladi”2.
O’zbek tilshunoslik olimlari orasida Farg’ona davlat universiteti professori M.Xakimovning mustaqilligimizning ilk yillarida ximoya qilgan nomzodlik va doktorlik dissertatsiyasi, keyingi yillardagi shu sohaga oid kitob, qo’llanma va bir qancha ilmiy manbaalari yosh tilshunoslar uchun usbu sohani rivojlantirishga asos bo’lmoqda.
Pragmalingvistikaga oid bir qancha izlanishlar olib borgan professor Shaxriyor Safarov lingvistik pragmatikaning nutq subyekti, nutq obekti, nutq vaziyati bilan bog‘liq xususiy masalalarini belgilab beradi va 2008 yilda chop etilgan “Pragmalingvistika” nomli monografiyasida “pragmatika tilshunoslikning alohida sohasi bo‘lib, unda muloqot jarayonida lisoniy birliklarni tanlab olish, ularni qo‘llash hamda ushbu qo‘llanishdagi birliklarning muloqot ishtirokchilariga ta’siri masalalari o‘rganiladi.... Pragmalingvistika, hech qanday gumonsiz «tetapoya» davridan o‘tdi, ushbu soha o‘z tadqiq ob’ektini (nutqiy muloqot tizimi) va tahlil metodlarini asosan aniqlab oldi. Pragmatik tahlil tamoyillarini belgilovchi asosiy metodologik goya ham aniq: bu - faoliyat nazariyasidir.”13 deb izohlab,.

Shunday qilib, pragmatik tilshunoslik nazariyasi predmeti nutqiy kommunikativ akt, diskurs nazariyasi, pragmasemantik nazariya, pragmastilistik nazariya, deyksis nazariyasi kabi tilshunoslik sohalarining shakllanishiga asos bo’ldi.


Aslida, deyksis atamasi (grekcha “deixis”4 – ishora, ko’rsatish, so’zlayotgan shaxsga yoki nutq vaqtiga u yoki bu munosabatda bo’lgan voqea-hodisani, predmetni, shaxslarni ko’rsatish funksiyasi) XX asrning o’rtalaridan boshlab lingvistikada tilning, deyarli, barcha sathlari doirasida amal qiluvchi universal kategoriya sifatida o’rganila boshlandi. Deyksisning uchta an'anaviy turi mavjud: Shaxsiy deyxis so'zlovchiga yoki aytilgan shaxsga tegishli: "kim?". Vaqtinchalik deyxis vaqt bilan bog'liq: "qachon?". Fazoviy deyxis joy bilan bog'liq: "qaerda?".
Kushbakovaning ushbu misolini tahlil qilsak, Masalan, O'zbekistonda o‘z milliy valvutamiz muamolaga kiritilishi munosabati bilan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda sifat jihatidan yangi bosqich boshlandi. Bugun shuni ishonch bilan aytish mumkinki, biz eng qiyin boshlang'ich bosqichni o‘tib bo‘ldik. Bu bosqich iqtisodiy isloh qilishning butun jarayoniga asos soldi. Ushbu misolda keltirilgan eng qiyin boshlang'ich bosqich jumlasiga ishora tarzida ko’rsatish olmoshi bilan keyingi gapda ishora beriladi Bu bosqich iqtisodiy isloh qilishning butun jarayoniga asos soldi. Birgina bu olmoshining o’zi butun bir jumlani ifodalashda xizmat qilmoqda. Biznes matnlarda qisqalikka e’tibor beriladi, bu hech kimga sir emas. Shuning uchun ham olmoshlardan unumli foydalaniladi. Fond Forum tomonidan keyingi yillarda amalga oshirilayotgan loyihalar nafaqat mamlakatimiz, balki xorijiy davlatlarda ham ko'pchilikning e’tiborini qozonib ulgurdi. Bu esa o'zbek madaniyati va san’atini jahonga keng targ‘ib etishga imkon beradi. Bu gapda ham bu olmoshining o’zi butun gapni ko’rsatish vazifasini bajarmoqda.5
Bir qarashda, bugungi kungacha ham deyksis hodisasi alohida e’tibor bilan o’rganilmagan. “Deyksis” atamasi eng qadim davrlardan beri ma’lum, lekin uni o’rganish hech qachon grammatika doirasidan chetga chiqmagan edi. Keyinchalik XX asr o’rtalaridan deyksis atamasi tilshunoslikning barcha sohalarida ishtirok etishi mumkinligi isbotlangandan so’ng muhim ahamiyatga ega ekanligi ma’lum bo’ladi.
Zamonaviy tilshunoslikda deyksisni lisoniy (tilshunoslik) tushuncha ekanligi masalalari bo’yicha turli fikrlar aytilmoqda. Olmon tilshunosi K. Brugmann deyksis til birliklarining kontekst, nutq vaziyati bilan bog’liq pragmatik jihatini o’rganishga e’tibor kuchaygach, deyksis muammosi pragmalingvistikaning asosiy o’rganish obyekti sifatida e’tibor berdi.6 Uning davomchisi sifatida keyinchalik nemis olimi Karl Byuller((1879-1922)) tomonidan rivojlantirildi. K. Byuller o’zining “
Download 80 Kb.
  1   2   3




Download 80 Kb.