Annotatsiya: Maqolada kimyo darslarida innovatsion ta’lim texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari va ularning afzallik tomonlari to‘g‘risida ma’lumot berilgan. Kalit so‘zlar




Download 57.5 Kb.
bet2/4
Sana15.11.2023
Hajmi57.5 Kb.
#98906
1   2   3   4
Bog'liq
Maqola 1
Dasturlash, quvvat-koeffisiyentini-oshirib-elektr-energiya-tejamkorligiga-erishish, Practice and assessment of teaching vocabulary to young learners, 5 2 мавзу YURTIMIZ ME’MORCHILIGI TARIXI XONADON INTERERI HAMDA JIHOZLANISH, LOYXALASH MUSTAQIL ISH NARGIZ, Lokal tarmoqlar haqida ma`lumot , Қуйма 10-маъруза, 8- Маъруза, Maktabgacha ta’limni tashkil etish va rahbarning tashkilotchilik, ����⨥ 29.2, Oʻroqaliyev Oybek, жахон 2, 2-Mavzu JIXIM, Kun tartibi.
Alyuminiy (Aluminium), A1 -Mendeleyev davriy sistemasining III guruhiga mansub kimyoviy element. Aluminiy lot. alumen (achchiqtosh) soʻzidan kelib chiqqan. Aluminiy yer poʻstining ogʻirlik jihatdan 8,8%ini tashkil etadi, yaʼni u kislorod va kremniydan keyin uchinchi, metallar ichida esa birinchi oʻrinda turadi. Aluminiy tabiatda sof holda uchramaydi, uning eng koʻp uchraydigan birikmalari: alyumosilikatlar (mas, tuproqning asosiy qismi boʻlgan alyumosilikat, kaolin, andaluzit, alunit minerali), korund (alyuminiy oksid) va boksit. Oʻzbekistonda shulardan kaolin (Toshkent viloyati) va boksit (Navoiy va Fargʻona viloyatlari) topilgan. Aluminiy giltuproq (A12O3)ni kriolit (Na3AlF6) bilan suyuqlantirib, elektroliz qilish yoʻli bilan olinadi. Giltuproq esa asosan boksitdan olinadi.
Alyuminiy va uning birikmalarining kimyoviy xossalari.
Alyuminiy metallmaslar bilan birikadi. Alyuminiy vodorod bilan birikib oddiy va kompleks gidridlar hosil qiladi. Alyuminiy amfoter xossaga ega shuning uchun ham kislotalar, ham asoslar bilan reaksiyaga kirishadi.
2Al +6HCl =2AlCl3 +3H­2
2Al +2NaOH +2H2O = 2NaAlO3 +3H2
Alyuminiy kislorod bilan tez birikadi, shu sababli uning usti hamisha oksid parda bilan qoplangan bo’ladi. Oksid pardasi qalin bo’lgani uchun uni zanglashdan va turli moddalar ta’siridan saqlaydi. Alyuminiy yuqori tempraturada galogenlar bilan birikib AlF3, AlCl3, AlJ3, AlAt3 oltingugurt bilan Al2S3 azot bilan AlN3 uglerod bilan Al4C3 hasil qiladi.
Al(NO3)3 kristallgidratlar holidagina ya’ni Al(NO3)3 *H2O, Al(NO3)3*6H2O , Al(NO3)3 *9H2O barqaror bo’ladi. U qizdirilganda azot oksidlari va alyuminiy oksidga ajraladi. Suvda va spirtda eriydi.
Al2(SO4)3 kristallgidratlar qizdirilganda asta-sekin suvini yo‘qotadi, yuqori tempraturada alyuminiy oksidi va oltingugurt gaziga ajraladi. Spirtda erimaydi. Ishqoriy metallarning sulfatlari bilan birikib, qo‘sh tuzlar — achchiqtoshlar hosil qiladi[2]. Alyuminiy mavzusini muammoli o‘qitish metodidan foydalanib, ko‘rib chiqamiz.
Muammoli o‘qitish jarayonida o‘quvchining erkin va mustaqil bo‘lish boshqaruvi reproduktiv o‘quv metodlariga solishtirib qaraganda ancha samarali bo‘ladi. Muammoli o‘qitishning maqsadi o‘quvchilar bilan ishlash jarayonida taʼlim-tarbiya masalalari, muammo va savollariga javob qidirish, ularni hal etish yo‘llari bilan birga yangi kimyoga oid bilimlarni o‘zlashtirishni, o‘quvchilar o‘quv faoliyatida muammoli dars jarayoniga oid vaziyatlar vujudga kelganda hal etish bo‘yicha o‘qituvchilar o‘z fikrlarini berib ularda qiziqish uyg‘ota olishidan iborat.
Kimyoga oid tajribani ko‘rsatish jarayonida shakllanadigan muammoli savollar o‘quvchilarni:
- gipotezalarni shakllantirishga;
- nazariy masalalarni hal qilishga;
- to‘g‘ri xulosalar chiqarishga undaydi.

Download 57.5 Kb.
1   2   3   4




Download 57.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Annotatsiya: Maqolada kimyo darslarida innovatsion ta’lim texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari va ularning afzallik tomonlari to‘g‘risida ma’lumot berilgan. Kalit so‘zlar

Download 57.5 Kb.