• Аннотация
  • Annotation
  • Annotatsiya: Maqolada kimyo darslarida innovatsion ta’lim texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari va ularning afzallik tomonlari to‘g‘risida ma’lumot berilgan. Kalit so‘zlar




    Download 57.5 Kb.
    bet1/4
    Sana15.11.2023
    Hajmi57.5 Kb.
    #98906
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Maqola 1
    Dasturlash, quvvat-koeffisiyentini-oshirib-elektr-energiya-tejamkorligiga-erishish, Practice and assessment of teaching vocabulary to young learners, 5 2 мавзу YURTIMIZ ME’MORCHILIGI TARIXI XONADON INTERERI HAMDA JIHOZLANISH, LOYXALASH MUSTAQIL ISH NARGIZ, Lokal tarmoqlar haqida ma`lumot , Қуйма 10-маъруза, 8- Маъруза, Maktabgacha ta’limni tashkil etish va rahbarning tashkilotchilik, ����⨥ 29.2, Oʻroqaliyev Oybek, жахон 2, 2-Mavzu JIXIM, Kun tartibi.

    INNOVATSION TA’LIM MUHITIDA 9-SINFDA METALLAR MAVZUSINI O‘QITISH METODIKASI
    Xolboyev Mohira Faxriddin qizi
    Nizomiy nomidagi TDPU talaba


    Annotatsiya: Maqolada kimyo darslarida innovatsion ta’lim texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari va ularning afzallik tomonlari to‘g‘risida ma’lumot berilgan.
    Kalit so‘zlar: kimyo fani, innovatsion ta’lim texnologiyalari, muammoli ta’lim texnologiyasi, alyuminiy, aktiv metall.
    Аннотация: В статье представлена информация о возможностях использования инновационных образовательных технологий на уроках химии и их преимуществах.
    Ключевые слова: химия, инновационные образовательные технологии, проблемные образовательные технологии, алюминий, активный металл.
    Annotation: The article presents information about the possibilities of using innovative educational technologies in chemistry lessons and their advantages.
    Keywords: chemistry, innovative educational technologies, problematic educational technologies, aluminum, active metal.
    Hozirgi kunda xalq ta’limi tizimida o‘quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy uslublari sohasidagi so‘nggi yutuqlarni kimyo faniga tatbig‘ini chuqur o‘rganish va zamonaviy ta’lim texnologiyalarini dars jarayoniga keng joriy etish talab qilinadi. Bu esa kimyo fanidan, o‘quv rejalari, dasturlar va uslublarni tubdan yangilash lozimligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, kimyo fanini o‘qitishda zamonaviy ta’lim sharoitida o‘quvchilarning mustaqil ishlash faolligini oshirish, ularning ijodiy qobiliyatlarini yanada rivojlantirish uchun innovatsion ta’lim texnologiyalari hamda yangi avlod o‘quv adabiyotlaridan foydalanish, bilimlar uzatilishining yangi shakllari va vositalarini ishlab chiqishni ham taqozo etadi. O‘qituvchining innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida tayyorgarligini rivojlantirishda uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish, uning samaradorligini oshirishga qaratilgan kimyo fanidan o‘quv uslubiy qo‘llanmalarni yaratish asosida kimyo ta’limi samaradorligini oshirish tizimini yaratish taqozo qilinadi[1].
    Respublikamizda joriy etilgan uzluksiz ta’lim tizimining asosiy boʻgʻini, kadrlar tayyorlash sifati va samaradorligiga mas’ul boʻlgan oliy ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Shunga ko‘ra kimyo fanini o‘qitishda ko‘p yillik ish tajribamizga tayangan holda ushbu mavzuni yoritmoqchimiz va bu orqali umumiy o‘rta ta’lim maktablarida innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda dars samaradorligini oshirish tizimini yaratish, shu asosda o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va tavsiyalar ishlab chiqish niyatidamiz.
    Hayotni havosiz tasavvur qilib bo‘lmaganidek, jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida kundalik turmushimizni ham metallarsiz tasavvur qila olmaymiz. Metallarning aksariyati tabiatda birikmalar holida uchraydi. Lekin kundalik turmushimizda kerak bo‘ladigan metall buyumlarni bu birikmalardan yasab bo‘lmaydi, buning uchun ulardan sof metallni ajratib olish zarur. XX asr boshlariga kelib, oldinlari qo‘llanilmagan kimyoviy elementlarning sanoat miqyosida ishlatilishi katta ahamiyat kasb eta boshlaydi. D.I.Mendeleev tomonidan tuzilgan davriy sistemaning barcha guruhida metallar joylashganini ko‘rish mumkin. Ular o‘zining fizik-kimyoviy xossalari bilan boshqa elementlar, yaʼni metallmaslardan katta farq qiladi. Jumladan alyuminiy va uning xossalari bilan tanishib chiqamiz.

    Download 57.5 Kb.
      1   2   3   4




    Download 57.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Annotatsiya: Maqolada kimyo darslarida innovatsion ta’lim texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari va ularning afzallik tomonlari to‘g‘risida ma’lumot berilgan. Kalit so‘zlar

    Download 57.5 Kb.