Kurs ishining dolzarbligi: C# tilida dasturlash malakasini oshirish, zamonaviy dasturlash sohasida talab yuqori bo'lgan ko'nikmalarni shakllantirish, shuningdek, ma'lumotlar strukturalari va algoritmlar asosini mukammal tushunishni ta'minlash talabalar uchun zarurdir.
Kurs ishining maqsadi: C# tilida Konstruktorlar va destruktorlar mavzusini o'rganish orqali dasturchilar uchun obyektga yo'naltirish, dastur tuzilishida obyektlar yaratish va xotiradagi resurslarni bo'shatish jarayonlarini boshqarishga dair bilim va ko'nikmalarini o'rgatish.
Kurs ishining obyekti:Online do’kon
Kurs ishining predmeti: C# dasturlash tilida Konstruktorlar va destruktorlar mavzusini o'rganish.
Kurs ishining vazifalari: Konstruktorlar va destruktorlar mavzusini o'rganish orqali obyektoriyentatsiyaga oid asosiy tushunchalarni o'rgatish.
Konstruktorlarning turlari va ulardan foydalanish prinsiplarini tushunish va nazariy bilimni amaliyotda qo'llash.
Obyekt yaratish, unga qiymatlar o'rnatingan konstruktorlar ishlatish va destruktorlarni to'g'ri qo'llashni o'rganish.
Obyektlar orasidagi munosabatlar va yonalmalar mavzusini o'rganish va ma'lumotlarni to'plab turish.
Dasturning samarali ishlashi uchun obyektlar yaratishda konstruktorlardan foydalanishning afzalliklarini tushunish.
I-BOB. Controller 1.1-§. Controller haqida umumiy ma’lumot Controller - Asp.Net Coredagi Microsoft.AspNetCore.Mvc.Controller sinfdan voris olgan yangi sinf hisoblanadi. Shuningdek foydalanuvchidan kelgan request (so'rov) ni qayta ishlaydi. Kerak bo'lsa model ni shaklantiradi va view (ko'rinish) ni chaqiradi.
Controller lar Controllers papkasida joylashadi.Agar siz yangi controller qo'shmoqchi bo'lsangi aynan shu papkaga qo'shishingiz kerak bo'ladi
Agar siz ushbu https://localhost:7070 urlga tashrif buyursangiz: Controllers papkasida joylashgan HomeController nomli sinfning Index metodi ishga tushadi va bu metod sizga ota sinfdan voris olgan View() methodi orqali view(ko'rinishni) qaytaradi.
1.2-§. View haqida umumiy ma’lumot
Ma’lumki, ASP.NET Core MVC strukturasida Viewlar «Views» papkasida saqlanadi va ushbu viewlarni brauzerda aks ettirish uchun Controllerda ularning nomiga mos metod aniqlab qo’yiladi. Masalan, Views → Home → Index.cshtml manzilida joylashgan ko’rinishni brauzerda ko’rsatish uchun HomeControllerda quyidagicha metodni yozamiz:
public IActionResult Index()
{
var categories = db.categories.ToList();
var subcategories = db.subcategories.ToList();
var products = db.products.ToList();
return View(new Tuple, List
, List>(categories, products, subcategories));
}
Dastur ishlash jarayonida yuqoridagi action metod Views → Home manzilidagi metod nomi bilan bir xil ko’rinishni ekranga chiqaradi.
Views Frontend dasturchilar tomonidan ishlab chiqiladigan veb sahifalar uchun foydalanuvchi interfeyslari, ya’ni ma`lumotlarni foydalanuvchilar uchun qulay dizayn asosida taqdim etadi. ASP.NET Core frameworkida ko’rinishlar asosan Razor sahifalar sifatida tasvirlanadi. Razor sahifalar - HTML sahifalarning C#, F# va VBA dasturlash tillariga mansub kodlar bilan integrallashgan shaklidir (.cshtml kengaytma ostida). Ushbu Razor sahifalarni HTML shabloniga ega dinamik veb sahifalar deb ham atash mumkin.
ASP.NET Core MVC asosida quriladigan loyihalarning veb sahifalari «Views» papkasida saqlanadi.
View kodiga namuna:
@model Tuple>