II-BOB. Online Do’kon loyihasi 2.1-§. Home page qismi
Bu loyihada mahsulotlar haqida ma’lumot olish mumkin. Admin tomonidan qo’shilgan mahsulotlar user qismi ya’ni home pageda ko’rinib turadi. Mahsulotning rasmi, narxi, chegirmadagi narxi, omborda nechta mavjudligi haqida ma’lumotlar home page qismida berilgan. Quyida home page qismi ko’rinishi namunalari ko’rsatilgan.
1.1-rasm. Home page qismi intro qismi
Mahsulotlar qismi:
1.2-rasm. Home page mahsulotlar qismi
2.1-§. Search qismi Search qismi. Ushbu qismda mahsulotlarni tavsifi, kategoriya va nomi orqali qidirish mumkin.
1.3-rasm. Search qismi
2.3-§. Dashboard qismi Dashboard qismiga faqat admin login va parol orqali kirishi mumkin. Bu qismda sitemizni dinamik tarzda o’zgartirishi mumkin. Ya’ni bu yerdan kategoriyalar, subkategoriyalar, mahsulotlarni crud qilish mumkin. Shuningdek user tomonidan buyurtma berilgan buyurtmalarni ham ko’rishi mumkin. Foydalanuvchilar haqida ham ma’lumotlar qismi berilgan.
Xulosa Men bu kurs ishimni bajarish davomida kompyuter texnikasi naqadar insoniyatga foydali ekanini va ajoyib funksiyaga ega ekanligini bilib oldim. C# dasturlash tili esa ommabop , hamma uchun eng tushunarli til ekan. C# dasturlash tili dastur tuzish uchun qulay vosita bo`lib, kompyuterda dastur yaratish ishlarini avtomatlashtiradi, xatoliklarni kamaytiradi va dastur tuzuvchi mehnatini yengillashtiradi. C# dasturi zamonaviy visual loyihalash texnologiyasi asosida ob`yektga yo`naltirilgan dasturlash tili hisoblanadi. Hozirgi kunda C# dasturlash tili yuqori bosqichli dasturlash tillari ichida eng samaralisi hisoblanadi. Bu til C va C++ dasturlash tillarining mantiqiy davomi bo’lib, Java dasturlash tilining ham bir qancha imkoniyatlarini o’zida mujassamlashtiradi. Bugunga kelib, juda ko’p rivojlangan davlatlarda ishlab chiqarilayotgan dasturlar asosini C# dasturlash tili tashkil qiladi. Tez sur’atlarda rivojlanib borayotgan hozirgi davrni zamonaviy texnologiyalar va kompyuter qurilmalarisiz tasavvur qilish qiyin. Kompyuter asosini esa albatta dasturlar tashkil etadi, jamiyat ahlining deyarli barcha qatlami axborot kommunikatsion texnologiyalaridan keng foydalanmoqda. Shunday yo’nalishlar qatoriga muhandislik, iqtisodiyot, statistika kabi yo’nalishlarni kiritish mumkin. Mazkur kurs ishida berilgan nazariy va amaliy topshiriqlar bilan ishlash natijasida mazkur dasturni yaratishda mantiqiy amallar va dasturlash texnologiyasi bo’yicha bilimlarim yanada rivojlandi. Ushbu kurs ishini bajarish mobaynida dasturlash fanidan olgan bilimlarimni yanada mustahkamlab bordim va yana yangi qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’ldim. Amaliyotda qo’llab dasturimning natijalarini oldim. MVC.Net Core ni Visual Studioga o’rnatib,Frontend va backendagi bilimlarimni mustahkamladim va C# da sayt qilishni o’rgandim.