|
Anon eCommerce Website
|
bet | 1/5 | Sana | 26.01.2024 | Hajmi | 0,58 Mb. | | #146369 |
Bog'liq Kurs ishi (0)
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
AMALIY MATEMATIKA VA INTELLEKTUAL TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI
AXBOROT TIZIMLARI VA TEXNOLOGIYALARI YO‘NALISHI
ATT-2002K guruh talabasi
Rasulov Murodjon
«Dasturiy injiniring» fanidan
“Online do’kon” mavzusida tayyorlagan
KURS ISHI
Qabul qildi: Qahhorov Abdusalim
Topshirdi: Muysinov Quvonchbek
Reja:
Kirish:
I-BOB. Controller va View
1.1-§. Controller
1.2-§. View
II-BOB. Online do’kon
2.1-§. Home page qismi
2.2-§. Search qismi
2.3-§. Dashboard qismi
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
ILOVA
KIRISH
“Barqaror rivojlanishga erishish uchun biz raqamli bilimlarni va
axborot texnologiyalarini chuqur o‘zlashtirishimiz kerak, bu esa
bizga har tomonlama rivojlanishga erishish uchun eng qisqa
yo’ldan borishimizga imkon beradi. Bugungi dunyoda raqamli
texnologiyalar barcha sohalarda hal qiluvchi rol o’ynamoqda.”
Sh.Mirziyoyev
Dasturlash tillari asosan maxsus so'z va gaplarning mantiqiy konstruktsiyasidan foydalanib dasturlar yaratish imkoniyatini beradi. Ob'ektga yo'naltirilgan yondashuvlar bir kunda o'ylab topilgan emas. Uning paydo bo'lishi dasturiy ta'minotning tabiiy rivojidagi navbatdagi pog’ona, xolos. Vaqt o'tishi bilan qanday uslublar ishlash uchun qulay, qaysinisi noqulay ekanini aniqlash oson bo'lib bordi. Dastlab dasturlash anchayin boshqotirma ixtiro bo'lib, u dasturchilarga dasturlarni kommutatsiya bloki orqali kompyuterning asosiy xotirasiga to'g’ridan-to'g’ri kiritish imkonini berdi. Dasturlar mashina tillarida ikkilik tasavvurda yozilar edi. Dasturlarni mashina tilida yozishda tez-tez xatolarga yo'l qo'yilar, kodni kuzatib borish amalda deyarli mumkin emas edi. Bundan tashqari, mashina kodlaridagi dastur tushunish uchun g’oyat murakkab edi. Vaqt o'tishi bilan kompyuterlar tobora kengroq qo'llana boshlandi hamda yuqoriroq darajadagi protsedura tillari paydo bo'ldi. Bularning dastlabkisi FORTRAN tili edi. Biroq ob'ektga mo'ljallangan yondashuv rivojiga asosiy ta'sir keyinroq paydo bo'lgan. Protsedura tillari dasturchiga axborotga ishlov berish dasturini pastroq darajadagi bir nechta protseduraga bo'lib tashlash imkonini beradi. Keyinchalik ob'ektga yo'naltirilgan dasturlash yo'nalishiga asos solindi.
|
| |