|
Apparat, tizimli dasturiy ta'minot va ularda ishlaydigan dasturlar reja
|
bet | 3/3 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 453,41 Kb. | | #158605 |
Bog'liq APPARATTranslyator-kompilyatorlar (translator-compilers) – mashina kodidagi dasturni dastlab ob’ektli modullar ko‘rinishiga aylantiradi, so‘ngra esa har bir modul bajarayotgan amallar o‘rtasidagi va modullar orasidagi mantiqiy bog‘lanishlarni tekshirib chiqadi. Agar biror joyda shunday bog‘lanish buzilgan bo‘lsa bu haqda foydalanuvchiga xabar beradi va nuqsonlarni tuzatishni so‘raydi. Oxirida esa, modullarning barchasini birlashtirib yagona ishchi dastur ko‘rinishiga keltiradi. Bu translyatorlarning ishlash usullarining noqulayligidir. Lekin bu kamchilik maxsus ishlab chiqilgan fayl-menedjerlar (“qobiq”ularga mavjud bo‘lgan komp’yuter viruslarining 90 foizidan ko‘prog‘i ta’sir qila olmaydi;
Zamonaviy arxivlash vositalariga PKZIP, ARJ, PAK, PKPAK, PKArc, Lha, Ice, RAR, WinRAR, WinZip, Microsoft Backup kabi dasturiy vositalar misol bo‘la oladi.
Formatlash vositalari. Ma’lumki, ma’lumot yozilishidan oldin magnit disklarning (qattiq yoki yumshoq disklarning) sathlari sektorlarga, sektorlar esa o‘z navbatida klasterlarga, klasterlar esa ma’lumot yoziluvchi yo‘laklarga bo‘linadi. Shundan keyingina disklar ishchi holatiga keladi va har bir ma’lumot (fayl) shu diskning ma’lum sektorining ma’lum klasteriga qarashli ma’lum yo‘laklarga yoziladi. Ma’lumotlarni disklarga shunday usullar bilan yozish, ularning diskda optimal joylashtirilishiga hamda zarur paytda kerakli ma’lumotlarni tez izlab topib berilishiga imkon beradi. Disklarning sathini shunday sektorlarga va klasterlarga bo‘lishga – disklarni formatlash deyiladi va bu formatlash maxsus formatlash vositalari tomonidan amalga oshiriladi.
Masalan formatlangan 3,5 dyumlik disketada 18 ta sektor va 80 ta yo‘lak bo‘ladi. O‘z navbatida har bir sektordagi yo‘laklar sig‘imi 512 bayt bo‘lgan qismlarga (klasterlarga) ajratiladi.
Hozirgi paytda disketalarni formatlash uchun Fformat (Floppy format) va SF (Safe format) dasturiy vositalari ishlatiladi.
|
| |