|
Apparat, tizimli dasturiy ta'minot va ularda ishlaydigan dasturlar reja
|
bet | 1/3 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 453,41 Kb. | | #158605 |
Bog'liq APPARAT
APPARAT, TIZIMLI DASTURIY TA'MINOT VA ULARDA ISHLAYDIGAN DASTURLAR
Reja:
1. Apparat dasturiy ta’minoti.
2. Kompyuter dasturlari.
1. Apparat dasturiy ta’minoti
Texnik vositalar– kompyuterning qurilmalaridir. Ingliz tilida bu qism Hardware debataladi va "qattiq mahsulotlar" deb tarjima qilinadi.
Bu qismga, masalan, protsessor, vinchester,monitor, klaviatura diskyurituvchi, printerlarni misol qilish mumkin.
Dasturiy vositalar– kompyuter tomonidan ishlatiladigan barcha dasturlar to‘plamidir. Ingliz tilida bu qism Software deb ataladi va "yumshoq mahsulotlar" deb tarjima qilinadi.
Bu so‘z dasturiy ta’minot bilan kompyuterlarning mutanosibligini, dasturlarning takomillashishi, rivojlanishi va moslashuvchanligini ifodalaydi. Bundan tashqari informatikada yana bir yo‘nalish Brainware (brain inlizchadan tarjimasi– intellekt, ong) – algoritmik yo‘nalish ajratiladi.
Bu yo‘nalish algoritmlarni ishlab chiqish, ularni tuzish usul va uslublarini o'rganish bilan bog‘liqdir. Kompyuterlarda ishlatilayotgan dasturlarni shartli ravishda quyidagi uch turga ajratishmumkin:
Bu ajratishning shartli ravishda deyilishiga sabab shuki, dasturiy ta’minotning keskinrivojlanishi va kompyuterlarni qo‘llanish sohasining kengayib borishi ba’zi dasturlarning birturdan boshqa turga o'tib qolishiga sabab bo‘lmoqda.
Masalan, ba’zi amaliy dasturlarningqo'llanish sohasi chuqurlashib borganligidan va alohida zaruriyatga egaligidan uskunaviydasturga aylanib bormoqda. Ikkinchi tomondan, foydalanuvchiga e’tiboriga shunday dasturlartavsiya etilmoqdaki (masalan, "elektron suhbatdosh"), ularni yuqoridagi hususiyatlar bo‘yichaajratish mushkul.
Zamonaviy komp’yuter texnologiyalarining dasturiy ta’minoti, asosan tizimli dasturlardan, utilitlardan yoki boshqacha qilib aytganda servis dasturlardan,amaliy dasturlardan hamda translyatorlardan tashkil topadi.
2. Kompyuter dasturlari.
|
| |