• Utilitlar (utilities)
  • Translyatorlar (Translators)
  • Translyator-assemblerlar
  • Tizimli dasturlar(system programs)




    Download 453,41 Kb.
    bet2/3
    Sana19.02.2024
    Hajmi453,41 Kb.
    #158605
    1   2   3
    Bog'liq
    APPARAT

    Tizimli dasturlar(system programs) – foydalanuvchi bilan komp’yuter o‘rtasidagi muloqotni o‘rnatishga, komp’yuterning samarali ishlashini ta’min­lashga, komp’yuterning asosiy va qo‘shimcha qurilmalari faoliyatini nazorat qilish hamda boshqarishga xizmat qiluvchi dasturlardir.

    Utilitlar (utilities) – tizim dasturlar safiga kiruvchi dasturiy vositalarlar bo‘lib, kompyuterning hamda uning qurilmalarining samarali ishlashini ta’minlashga xizmat qiladi. Vazifalariga ko‘ra utilitlar ham o‘z navbatida bir nechta guruhlarga bo‘linadi.
    Amaliy dasturlar (application programs) – foydalanuvchilarga kompyuterda ma’lum amallarni bajarishga imkon beruvchi dasturiy vositalardir. Hozirgi paytda yuz mingdan ortiq bunday vositalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularni vazifalariga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
    - Kompyuterda matnli ma’lumotlarni tayyorlashga imkon beruvchi matn muharrirlari;
    - Grafik muharrirlar;
    - Elektron jadvallar bilan ishlashga xizmat qiluvchi jadval protsessorlari;
    - Ma’lumotlar bazasi bilan ishlovchi vositalar;
    - Ilmiy va ish grafikasi vositalari;
    - Avtomatlashtirilgan loyihalash vositalari
    Translyatorlar (Translators) – yuqori tartibdagi dasturlash tillari yordamida foydalanuvchi tomonidan tuzilgan amaliy dasturlarni kompyuter tushina oladigan quyi tartibdagi mashina kodlariga tarjima qilib, ularni ishchi dasturlarga aylantiruvchi dasturiy vositalardir.
    Vazifalariga ko‘ra translyator-assemblerlar, translyator- interpretatorlar va  translyator-kompilyatorlarga bo‘linadi.
    Translyator-assemblerlar (translatop-assemblers) – tuzilgan dasturlarni mashina kodlariga aylantirish qulay bo‘lishi uchun, dastlab ularni mashina kodiga yaqin bo‘lgan tilga, ya’ni assembler tiliga tarjima qiladi
    Translyator-interpretatorlar (translator-interpreters) – assembler tiliga aylantirilgan dastur matnini qadamma-qadam, ya’ni satrma-satr mashina kodiga tarjima qila boshlaydi. Tarjima qilish jarayonida matndagi orfografik va mantiqiy xatolarni ham nazorat qilib boradi. Agar shunday xatolar uchrasa shu zahotiyoq foydalanuvchiga xabar beradi va shu xatolarni tuzatishni so‘raydi;

    Download 453,41 Kb.
    1   2   3




    Download 453,41 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tizimli dasturlar(system programs)

    Download 453,41 Kb.