Aqliy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar bilan ishlash




Download 15,08 Kb.
Sana08.12.2023
Hajmi15,08 Kb.
#113864
Bog'liq
5). Pedagogika


Aqliy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar bilan ishlash.
Imkoniyati cheklangan shaxslar bo’lgan o’quvchilarni chuqurlashtirilgan ixtisosli, tabaqalashtirilgan o’qitish, intellectual rivojlantirishni ta’minlash va ularning jismoniy kamol topishi xususiyatlariga muvofiq tanlangan kasblar bo’yicha mutaxassislikni egallash soha mutaxassislarining maqsadi hisoblanadi. Imkoniyatlari cheklangan shaxslar mutaxassislik bo’yicha bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishi, ularning kasbiy-ta’lim xizmatlariga bo’lgan ehtiyojlarini qondiridh uchun shart –sharoitlar yaratish pedagog xodimlarning asosiy vazifasi. Shunday ekan davlat ta’lim standartlari doirasida umumta’lim va kasb-hunat dasturlarini amalgam oshirishda o’quvchilarning tanlangan kasbga muvofiq o’qishni ta’limning navbatdagi bosqichlarida davom ettirish va mehnat faoliyati bilan shug’ullanish uchun zarur va yetarlicha bo’lgan bilimlari va kasb tayyorgarligi darajasini chuqurlahtirish talab etiladi. Ta’limning mazmuni, ta’lim jarayonini tashkil etish (o’qish muddati, o’quv jarayoni jadval) Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishilgan holda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining O’rta maxsus , kasbhunar ta’limi markazi tomonidan tasdiqlangan davlat ta’lim standartlari asosida ishlab chiqiladigan maxsus o’quv rejalari va dasturlari bilan belgilanadi. Ta’lim jarayoni kasbiy va amaliy ko’nikmalar bilan birga o’quvchilar shaxsning shakllanishiga, ularning ijtimoiy moslashuviga va jamiyatga uyg’unlashuvuga ko’maklashadi. Imkoniyati cheklangan o’quvchilarni tanlagan kasblari bo’yicha o’qish muddati o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limningining tegishli mutaxassisliklari va kasblari bo’yicha imkoniyatlari cheklangan shaxslar o’qishi uchun zarur va yetarli o’quv yuklamasining umumiy hajmi hisobga olingan holda belgilanadi. Bunda tanlangan kasblarning soni va murakkabligi e’tiborga olinadi.8 O’quvchilarni kollejga qabul qilish ularning o’qish yo’nalishlarini ixtiyoriy tanlashi hisobga olingan holda umumiy o’rta ta’lim negizida amalgam oshiriladi. O’qishga qabul qilishda imkoniyati cheklangan shaxslar uchun mutaxassisliklari va kasblar ro’yxatiga muvofiq tibbiy tavsiyalar hisobga olinadi. Turli darajadagi aqli zaif shaxslar uchun tavsiya etiladigan kasblar. Kasallik turi bo’yicha nogironlik: Oligofreniya. Oligofreniya tashxisi qo’yilgan shaxslarga-yuqori harorat va balandlikdagi ishlar, har qanday xavf-xatar bilan bog’liq ishlarda ishlash tavsiya etilmaydi. Ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo’lgan bitiruvchilar uchun mutaxassislik kodi, mutaxassislik va kasblar turi. Mexanik yig’ish ishlari. Mexanik yig’ish ishlari mexanigi. Kesish asboblari charhlovchisi. Yog’ochga ishliv berish va mebel’ ishlab chiqarish. Yog’ochga ishlov berish va mebel’ ishlab chiqarish ustasi, mebellarni yig’uvchi, mebellarni qoplovchi-pardozlovchi. Matbaa ishlab chiqarish jihozlari va texnologiyasi. Fal’slash, qotirma, tikuv qo’shma va kesish agregatlari texnigi, broshyuralar-muqovalsh ishlab chiqarish operatori. Matbaa mashinalari va jihozlarini ishlatish. Matbaa mashinalari mexanigi, ta’mirlovchi –chilangar. Bosish jarayoni texnologiyasi. Ofset bosma bosuvchi, Yuqori bosma bosuvchi. Terish texnoligiyasi va matn qoliplarini tayyorlash. Bosma qoliplar tayyorlash texnologi, matbaada kom’yuterda terish operator-dizayneri. Tikuvchilik ishlab chiqarish. Keng turdagi kiyimlar tikuvchisi. Poyafzal va charm galantereya ishlab chiqarish. Poyafzal va charmgalantereya buyumlari tikuvchisi. Ortopedik oyoq-kiyimlarini tikish va ta’mirlash poyafzalchisi. Qurilish ishlari. Umum qurilish ishlari ustasi, Po’lat vat emir-beton konstruksiyalarini o’rtanish ustasi.9 Qurilish –pardozlash ishlari. Qurilish-pardozlash ishlari ustasi. Qoplash, koshinkorlik, mozaikalash va marmarlash ishlari ustasi. Duradgorlik va parket ishlari. Duradgorlik ishlari ustasi. Parket ishlari ustasi. Bog’-park qurilishi. Bog’-park qurilishini tashkil etuvchi. Ko’kalamzorlashtiruvchi. Gulchi, o’simliklarni himoya qilish laboranti. Suv ta’miloti va kanalizasiya tizimlarini montaj qilish va ta’mirlash. Suv ta’minoti va kanalizasiya tizimlarini montaj qilish va ta’mirlash texnigi. Umumiy ovqatlanishni tashkil etish. Umumiy ovqatlanish texnologi. Milliy taomlar oshpazi. Chet el taomlari oshpazi. Qandolatchi. Nonvoy. Fotografiya. Retushyor. Foto-labarant. Bu masalalarda mintaqa xususiyatlarini, milliy an’analarini va tarixiy tajribasini xisobga olish lozim bo’ladi. Shuningdek, fan –texnika taraqqiyotining xozirgi talablari asosida yoshlarga mehnat tarbiyasi berish va ularni turli kasblarni egallashga yo’naltirish shakl va metodlarni takomillashning yangi yo’llarini qidirish lozim. Sharq mutafakkirlari ta’limotida o’g’il va qizlarga ta’lim tarbiya berish, ularga kasb-hunar o’rgatish g’oyasi muhim o’rin egallaydi, buni biz o’zbek xalq maqollaridan bilib olishimiz mumkin. Maqollarda bilim va kasb korliklarning inson hayotidagi o’rniga yuksak baho berib, farzandlarining barkamol bo’lib o’lg’ayishini orzu qilganliklarini ko’rishimiz mumkin. O’quvchilarning kasb tanlashi o’qiga xos murakkab va qat’iy ketma ketlikda jarayon bo’lib bu, jarayonga jiddiy yondashilsa ko’proq anglashilmovchilikni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari kasb tanlashda barcha tanlovlardagi singari vaqt o’tib borishi bilan afzallikning o’zgarib borishi masalasi turadi. Ya’ni avval afzal deb topilgan tanlov vaqt o’tishi va ijtimoiy rivojlanishnatijasida o’zining qimmatini o’zgartirib boradi. Har bir insonning yoshi ulg’ayishi sari uning qiziqishlari o’zgarib boradi, natijada kasbga nisbatan tanlov ham vaqt o’tgan sari o’zgarishi mumkin. Xulosa qilib aytganda, ishlab chiqarish xalq xo’jaligining barcha sohalarida mamlakatimiz rivojlanishini ta’minlovchi yetuk kadrlarni tayyorlash har bir pedagogning oldida turgan dolzarb vazifadir.10 Yordamchi maktablardagi mehnat nuqsonli bolalarni kelajakda ijtimoiy moslashuvda mehnatning o’rni beqiyosdir. Maxsus maktablarda mehnat alohida tashkil etilishi lozim. Chunki mehnat faoliyatida nuqsonli bolalardagi psixofizik yetishm,ovchiliklar ko’proq tuzatiladi va bartaraf etiladi. Mehnat jarayonlari yordamchi maktab bolalarini atroflicha rivojlantirish va hayotga, mehnatga tayyorlashning asosidir. Bu maktablardagi mehnat tarbiyasining vazifalari o’quvchilarni mehnat malakasi va ko’nikmalari bilan qurollantirish ijtimoiy hayotda o`z o’rnini topishiga yordam beruvchi omil hisoblanadi nuqsonli bolalarni tarbiyalshda ijtimoiy mehnat, mehnat darsini ahamiyati beqiyosdir. Ijtimoiy foydali mehnatga o’z-o’ziga xizmat qilish, turli kechalarni tashkil etish va o’tkazish, ko’rgazmalar, tanlovlar, maktabni obodonlashtirish ishlari, hosilni yig’ishtirib olish, to’garak ishlari va boshqa qator mehnat turlari kiradi. Bu mehnat turlari mazmunining turli –tumanligi nuqsonli bolalarning keng hajmda bilim egallashlariga imkoniyat yaratadi. Maxsus maktablarda mehnat tarbiyasi ishlab chiqarish mehnatlarida samarali natija beradi. Mehnat orqali bolalar turli fanlarga nazariy bilimlar olish bilan birga, ularda shaxsiy sifatlar shakllanib borishi asosida mehnat davolash vazifalarini ham o’taydi. Barcha mehnat jarayonidagi hattiharakatlar oqibatida fiziologik jarayonlar yaxshilanib boradi, ruxiyatga ijobiy ta’sir etadi. Ularning ijobiy hislatlari shakllanadi. Ularda irodaviy sifatlar namoyon bo’la boshlaydi. Ular faoliyatiga tashkiliy ma’no beradi, asosiysi, mehnat tufayli aqli zaif bolalar o’z kasalliklari oid fikrlardan chalg’iydilar. Mehnat orqali bolalarni kelajakda jamiyat uchun xavfli inson bo’lib shakllanmasligi uchun immunitet shakllanadi. Bolalar kelajakda ijtimoiy hayotda o’z o’rnini topa olishi, o’z-o’zini boqa olishi, mehnat darslari, mehnat tarbiyasi orqali kasbga yo’naltirishda amalgam oshiriladi. Bu bir omil hisoblanadi. Yordamchi maktablarda o’quv qo’llanmalarini va maktab jihozlarini ta’mirlash, sinfda gul o’stirish, “jonli burchak”da jonivorlarni parvarish qilish, chiqindi qog’oz va metal to’plash, maktab yer maydonidagi ishlar, o’quvchilar va tarbiyalanuvchilar uchun mehnat va to’garaklarda o’yinchoqlar yasash, sinfda, maktabda, oshxonada navbatchilik qilish ishlari qilishi kiradi. 11 Ana shunday topshiriqlarni bajarish asosida o’quvchilarda axloqiy tushunchalar mustahkamlanadi, ular jamoatchilik faoliyatiga qiziqa boshlaydilar. Ular bunday mehnat natijasida odat, ihtiyoj shakllanadi, maqsad sari intilish rivojlanib boradi. Berilgan barcha topshiriqlar bolalarni xususiyatiga, nuqsoniga mos bo’lib ma’lum vaqt beriladi. Aqli zaif bolalarni amalda ishlatib tarbiyalash muhim pedagogic korreksion masala hisoblanadi. Bolalarni mehnatga tarbiyalash jarayonida: - bola mehnatga qanchalik jalb etilsa, uning mehnat tarbiyasi shunchalik muvaffaqiyatli o’tadi. - Bolalarni mehnati ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lishi kerak.
Download 15,08 Kb.




Download 15,08 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Aqliy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar bilan ishlash

Download 15,08 Kb.