pin
bor. Siz
tashqi
pinlardan
birini
minus
qutbga,
ikkinchisini
5V
ga
ulaysiz. Potansiyometrlar simmetrikdir, shuning uchun 5V va minus qutbni qaysi tomonga
ulash muhim emas. Siz o'rta pinni Arduino -dagi 0 analogli kirishga ulaysiz. Quyidagi
rasmda potentsiometrni Arduinoga qanday to'g'ri ulash kerakligi ko'rsatilgan.
Potentsiometrni aylantirganda, 0V va 5V oralig'ida kuchlanishi turli xil qiymatdagi
signalni analog 0 pinga berasiz.
Potensiometrdan chiqayotgan kuchlanishni analog 0 pini orqali o’qib olish uchun
Arduinoda analogRead() funksiyasidan foydalanamiz. analogRead() funksiyasidagi
qavslar ichiga qaysi pindan analog signal o’qilishi lozim bo’lsa, shu pinning raqami
kiritiladi va funksiyaning o’zi biror o’zgaruvchiga saqlanadi. Masalan, bizning xozirgi
misolimizda quyidagicha yozilishi mumkin:
int analog_qiymat = analogRead(0);
Bu buyruq kiruvchi analog signalning qiymatini integer (butun son) turidagi
analog_qiymat o’zgaruvchisiga saqlab qo’yadi.