Haroratni sezish uchun analog sensorlar bilan ishlash
Bu oddiy misolda oldingi bo'limda aytib o'tilgan TMP36 harorat sensori ishlatiladi. Biroq,
har qanday analog sensorni ishlatishingiz mumkin. Loyihani boshlash uchun, RGB LEDni
sim bilan quyidagi rasmda keltirlgan sxemadagidek ulang. TMP36 sensorining analogli
signal chiqish pini Arduinoning A0 piniga ulangan.
Ushbu sxemadan foydalanib, siz oddiy haroratni ogohlantirish tizimini yaratasiz. Harorat
qabul qilinadigan diapazonda bo'lganda yashil rangda yonadi,
juda qizib ketganda qizilga,
sovuqda esa ko'k rangga aylanadi.
Birinchidan, siz har bir diapozon uchun chegaraviy qiymatlarni aniqlashingiz
kerak. Normal xona taxminan 20 ºC
ni tashkil qiladi, bu taxminan 143 analog sigal
qiymatiga to'g'ri keladi. Ushbu holatda, 143/1023 qiymati taxminan 700mV kuchlanishli
kirishga to'g'ri keladi. TMP36 sensorining ma'lumotlar jadvalidan kelib chiqib, harorat (ºC)
va kuchlanish (mV) o'rtasida aylantirish uchun quyidagi
tenglamadan foydalanish
mumkin:
Harorat (ºC) x 10 = kuchlanish (mV) - 500
Biz yuqori va pastgi chegaralarni 22 ºC va 18 ºC deb belgilaymiz. Yuqoridagi grafikka
ko’ra ushbu temperaturalar 147 va 139 analog qiymatlarga teng bo’ladi.
Shularning
barchasini inobatga olib, quyidagicha dastur yozamiz.
//Harorat ogohlantirishi tizimi!
}
}
Bu dastur hech qanday yangi tushunchalarni ishlatmaydimaydi; aksincha, u atrof
-muhit
bilan o'zaro aloqada kirish va chiqishlardan foydalanadigan tizim yaratish uchun shu
paytgacha o'rganganlaringizni birlashtiradi. Buni sinab ko'rish
uchun harorat sensorini
qo'lingizda siqib qo'ying yoki qizdirish uchun nafas chiqaring. Sovutish uchun ustiga
puflang.