ARXITEKTURA, MUHANDISLIK VA ZAMONAVIY
TEXNOLOGIYALAR JURNALI
ISSN: 2181-3469 Jild:02 Nashr:10 2023yil
9
ZAMONAVIY TRANSPORT VOSITALARNING EKOLOGIYAGA TASIRI
(Avtomobil transporti)
Utkirov Shokirxuja Shavkat oʻgʻli
Toshkent Davlat Transport Universiteti,
shokirxuja8687@gmail.com
Suyarov Nurali Jovli o‘g‘li
Toshkent Davlat Transport Universiteti
Alimov Ilyosjon Orif o‘g‘li
Toshkent Davlat Transport Universiteti
Annotatsiya:
Maqolada avtomobil transportida yuzaga kelgan muamolarning ekologiyaga tasiri
hamda yo'l-transport tizimining samaradorligi va xavfsizligini hisobga olgan holda atrof muhitga salbiy
ta'sirini kamaytirish masalasi ko'rib chiqildi. Yo'l-transport tizimlarini tashkil etishda va transport
harakati xavfsizligini ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda atrof-muhitga salbiy
ta'sirni kamaytirishning mavjud muammolari va usullari tahlil qilindi.
Kalit so'zlar:
Avtomobil yo'llari, zararli moddalar, toksinlar, transport oqimlari, transport
infratuzilmasi, avtomobil yo'llarini rekonstruksiya qilish, davlat yo'l siyosati, yo'l-transport kompleksi,
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish.
Kirish.
Har yili shaharlardagi millionlab odamlar transport vositalaridan chiqadigan havo ifloslanishi
bilan bog'liq kasalliklardan, shuningdek, avtomobil yo'llaridan chiqadigan shovqinlardan aziyat
chekmoqda.
Normativ hujjatlarda transport-yo'l kompleksining atrof-muhitga salbiy ta'sirini kamaytirish uchun bir
qator tadbirlar belgilangan bo'lib, ularning amalga oshirilishi avtomobil yo'llarini loyihalashtirish,
qurish, ta'mirlash va saqlashga bo'lgan ekologik talablarning ortishi bilan birga bo'lishi kerak.[10]
Avtotransport kompleksini ekologizatsiyalashning mazkur yo'nalishlarini amalga oshirish ekologiya va
atrof-muhitni muhofaza qilish, bo'lajak muhandislarning ekologik savodxonligini oshirish borasida
muayyan bilim va ko'nikmalarni talab etadi.
|