|
Arxitektura qurilish universtiteti Texnoloogiya fakulteti 41-22 guruhining talabasi Usmonov Javoxirning falsafa fanidan ‘O’zbekistonda tabiatni muhofaza qilish amaliyoti : yutuq va kamchiliklar” mavzusida tayorlagan taqdimoti
|
Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 2,71 Mb. | | #122770 |
Bog'liq falsafa (1)
Arxitektura qurilish universtiteti Texnoloogiya fakulteti 41-22 guruhining talabasi Usmonov Javoxirning FALSAFA fanidan ‘O’zbekistonda tabiatni muhofaza qilish amaliyoti : yutuq va kamchiliklar” mavzusida tayorlagan taqdimoti
- O‘zbekistonda Tabiatni Muhofaza Qilish Amaliyoti: Yutuq Va Kamchiliklar.
- Tabiatni Muhofaza Qilish Tabiat Va Uning Boyliklaridan Oqilona Foydalanish
- ekologiya va tabiatni muhafaza qilish
- Borliq Falsafasi (Ontologiya)
- Mamlakatimizdagi Ekologik Xavfsizlik Siyosati O‘zbckiston Respublikasi Konstitutsiyasi
Reja
O‘zbekistonda tabiatni muhofaza qilish amaliyoti: yutuq va kamchiliklar. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, dastlabki kunlardan boshlab, Tabiatni muhofaza
qilishga, respublika hududini ekologik tanazzuldan muhofaza qilishga kirishdi. Tabiatni va uning komponentlarini muhofaza qilish toʻgʻrisida bir qancha qonunlar qabul qilindi. Bular "Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida"
(1992 y. 9 dek.), "Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida" (1993 y. 6 may), "Yer osti boyliklari toʻgʻrisida" (1994 y. 23 sent.; 2002 y. 12 dek.da yangi tahrirdagi), "Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida" (1996 y. 27 dek.), "Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida" va "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida" (1997 y. 26 dek.), "Davlat kadastrlari toʻgʻrisida" (2000 y. 15 dek.), "Oʻrmon toʻgʻrisida" (1999 y. 15 aprel), "Chiqindilar toʻgʻrisida" (2000 y. 5 aprel)gi qonunlardir.
Tabiatni muhofaza qilish tabiat va uning boyliklaridan oqilona foydalanishga, tabiatni inson manfaatlarini koʻzlab ongli ravishda oʻzgartirishga, tabiat boyliklari va umuman tabiatni, uning goʻzalligi, musaffoligini saqlab qolishga va yanada boyitishga qaratilgan barcha tadbirlar majmuasi. Tabiatni muhofaza qilish tadbirlari majmuasiga davlatlar, xalqaro tashkilotlar, jamoat, ilmiy-texnik, ishlab chiqarish, iqtisodiy va maʼmuriy tashkilotlar, har bir odam tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar kiradi. Hozirgi vaqtda inson yashab, toʻxtovsiz munosabatda boʻlib kelayotgan tabiiy muhit uzoq geologik davrlar (4,5–4,7 milliard yil) mobaynida bir qancha omillarning birgalikda taʼsirida, yaʼni Quyosh nuri, Yerning gravitatsiya kuchi, koʻlami, aylanma harakatlari, tektonik harakatlar, havo va suv qobiqlarining vujudga kelishi va oʻzgarishi, ekzogen jarayonlar taʼsiri, organik dunyoning paydo boʻlishi va taraqqiyoti taʼsirida tarkib topgan. Tabiiy muhitning holati oʻzaro taʼsir etib turuvchi koʻp omillarning murakkab majmuida tarkib topgan tabiiy muvozanatga bogʻliq. Chunki bir joyning iqlimi Quyosh nurining tushish burchagiga, yaʼni geografik kenglik, yer yuzasining tuzilishi, shamollar, okeanlarning uzoq yoki yaqinligi, oqimlari va boshqalarga; oʻsimliklar qoplami esa iqlim, yer yuzidagi togʻ jinslari, relyef, tuproqlarga bogʻliq. Bu tabiiy omillarning birontasida oʻzgarish roʻy bersa, tabiiy muvozanat buziladi, bu esa tabiiy muhitda oʻzgarishlarga sabab boʻladi. Baʼzan, tabiatning biror komponentiga koʻrsatilgan arzimagan taʼsir hech kutilmagan katta oʻzgarishlarga, xususan, xavfli oʻzgarishlarga olib kelishi mumkin.
Har qanday tirik mavjudot oʻz atrofini oʻrab turgan tabiiy muhit bilan oʻzaro taʼsirda boʻladi, undan oʻziga kerakli narsalarni oladi, shu muhitda moslashadi, muhit tarkibiga, undagi modda va energiyaning aylanma harakatiga maʼlum darajada oʻzgarish kiritadi. Yerning havo qobigʻidagi hozirgi gazlar tarkibi, miqdori, ayrim foydali qazilmalari, masalan, ohaktosh, toshkoʻmir, qoʻngʻir koʻmirning hosil boʻlishi, tuproq qoplamining tarkib topishi, rivojlanishi organizmlarning hayot faoliyati natijasidir. Organik dunyoning tabiiy muhit bilan oʻzaro taʼsiri biologik evolyutsiya jarayonida yangi turlarning paydo boʻlishi, raqib turlar sonining koʻpayishi yoki kamayishi va atrof muhitning oʻzgarishi natijasida oʻzgaradi.
Yerda odamning paydo boʻlishi organik dunyo bilan tabiiy muhit oʻrtasidagi oʻzaro munosabatni tubdan oʻzgartirib yubordi. Inson tabiatga mehnat qurollari vositasida yaylovlardan notoʻgʻri foydalanish oqibatida taʼsir koʻrsatadi. U oʻzining tabiat bilan boʻlgan oʻzaro taʼsiri usullarini takomillashtirib boradi. Natijada inson yashay oladigan hudud kengayadi, foydalaniladigan tabiiy elementlar soni va hajmi ortadi, binobarin, insonning tabiatga tazyiqi sifat jiqatidan ham, koʻlam jihatidan ham koʻpayadi. Inson oʻzi yashashi va faoliyat koʻrsatishi uchun tabiiy muhitdan tashqari yana sunʼiy muhitni ham bunyod etadi. Masalan, shaharlar, turar joy binolari, bogʻlar, suv omborlari, yoʻllar va boshqa Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, fan va texnikaning taraqqiy etishi bilan, tabiiy boyliklarning ahamiyati, ulardan foydalaniladigan sohalar, ularni ishlatish shakllari ham oʻzgarib boradi. Qadimda bir necha xil kimyoviy elementlardan foydalanilgan boʻlsa, hozirgi vaqtda mavjud barcha elementlardan foydalaniladi. Shu bilan birga koʻpchilik foydali qazilmalar tobora koʻproq qazib chiqarilmoqda. Insonning tabiatga taʼsiri kuchayishidan, antropogen landshaftlar koʻpaymoqda. Hayvonot va oʻsimlik olamidan rejasiz foydalanish yoki inson faoliyati bilan bogʻliq boshqa sabablar tufayli 16-asrning oxirlaridan 20-asrning 70yillarigacha umurtqali hayvonlarning 250 turi va kichik turlari butkul yoʻqolib ketdi. 80-yillarlardan boshlab xar yili oʻrtacha 1 ta hayvon turi va 50 ga yaqin oʻsimlik turi yoʻqolib bormoqda. Qush va sut emizuvchilarning 1000 dan ortiq turi yoʻqolib ketish arafasida turibdi. Yil davomida 1 milliard tonna yoqilgʻi yoqiladi, atmosferaga yuzlab million tonna azot oksidi, oltingugurt, uglerod, qurum, chang va boshqalar chiqariladi. Tuproq va suvlar sanoat va maishiy chiqindilar (bir necha milliard tonna), neft mahsulotlari (bir necha million tonna), mineral oʻgʻitlar (yuz million tonnaga yaqin), ogʻir metallar, radiaktiv chiqindilar bilan ifloslanadi
Borliq falsafaning predmeti. Ontologiya tushunchasining tahlili. Falsafa tarixida borliq muammosi. Borliq masalasida falsafa va fan sintezi. Borliq va yo‘qlik dialektikasi. Borliq shakllarining tasnifi: Energiya borliq shakli. Okkultizm va spiritualizm borliq hodisasi. Ezoterik bilim tabiati. Olamning paydo bo‘lishi va evolyutsiyasi. Tirik tabiat yoki hayotning paydo bo‘lishi. Falsafa va fizikada substansiya, substrat va materiyaning o‘zaro aloqasi. Materiyaning substansional, substrat, genetik kontrast va atributiv konsepsiyalari. Dunyoning chekliligi va cheksizligi. Falsafa tarixida harakatning talqini. O‘zgarishlarning umumiy xususiyati. Harakat va harakatsizlikning o‘zaro nisbati. Harakat tiplari va shakllari. Makon va vaqt borliqning fundamental shakllari. Falsafa tarixida makon va vaqtga substansional va relyatsion yondashuvlar. Ijtimoiy makon. Ijtimoiy vaqt. Tarix vaqti. Davrning ruhi va ijtimoiy vaqtning uyg‘unligi. Tabiat tushunchasining keng, tor va maxsus ma’nolari. Falsafa tarixida tabiat va uni asrashga munosabat. Tabiat va jamiyatning o‘zaro aloqadorligi. XX asrda tabiat voqeligi: ekologik tanglik. Ekodinamikani global, mintaqaviy va mahalliy miqyoslarda rivojlantirishning ahamiyati. Hozirgi dunyoda ekologiya sohasidagi oqilona siyosat: xalqaro tashkilotlar hamkorligi. Ijtimoiy rivojlanish va geografik muhitning o‘zaro aloqadorligi. Geografik maktablar. O‘zbekistonda tabiatni muhofaza qilish amaliyoti: yutuq va kamchiliklar. Ijtimoiy ekologiya muammolari. Biosfera va noosfera uyg‘unligi. Yangi borliqning shakllanishi. Koevolyutsiya va invayronmentalizm nazariyasi
Insonning tabiat bilan oʻzaro taʼsiri jamiyat taraqqiyoti, ishlab chiqarish usullari mukammallasha borgan sari jadallashadi, tabiatdan, uning boyliklarini, qurilish va ishlab chiqarish teknikasi, aloqa vositalari yirik shaharlarni oʻzgartirib, yirik vohalar, madaniy landshaftlar yaratishga, hosildor ekin hamda mevalar, mahsuldor chorva mollari yetishtirishga imkon beradi. Lekin baʼzan chuqur oʻrganmasdan inson qudratiga ortiqcha baho berib, tabiatga taʼsir koʻrsatish tabiatni foydalanib boʻlmaydigan holatga, uning buzilishi va ifloslanishiga olib kelishi mumkin. Bunday manzara insoniyatning butun tarixi mobaynida kuzatiladi. Pekin 19-asrgacha insonning tabiatdan foydalanish koʻlami uncha katta boʻlmagani uchun inson faoliyatining tabiatga taʼsiri ham kamroq boʻlgan.
20-asrning 2-yarmida sanoat ishlab chiqarishning rivojlanishi, qishloq xoʻjaligida turli xil kimyoviy moddalarning koʻp qoʻllanilishi, katta maydonlarda muttasil bir xil ekinlarning yetishtirilishi, transport vositalarining ortiqcha koʻpayib ketishi, shaharlarning yiriklashib ketishi, tabiat muhofazasiga yetarlicha eʼtibor berilmaganligi tabiiy muhitning buzilishiga, ayrim joylarning ifloslanib ketishiga sabab boʻldi. Ayrim konchilik sanoati rayonlarida tabiiy muhit juda buzilib ketgan. Katta maydonlarni kon chiqindi jinslari egallagan, chuqur ochiq karyerlar yer osti suvi sathini pasaytirishi natijasida oʻsimlik qoplami qurib bormoqda. Rekultivatsiya ishlariga, xususan rivojlanayotgan mamlakatlarda yetarlicha eʼtibor berilmaydi.
Oʻzbekiston tabiatni muhofaza qilish sohasida bir qancha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi va dasturlarda, jumladan, BMTning atrofmuhit boʻyicha dasturi (YUNEP)da ishtirok etadi. YUNEP va ayrim rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlikda Biologik xilma-xillikni saqlashning milliy strategiyasi va 10 dan ortiq milliy ekologik qonunlar ishlab chiqildi. 1993-yil mart oyida Qozogʻistonning Qiziloʻrda shahrida Oʻrta Osiyodagi 5 davlatning Oliy darajadagi uchrashuvida Orol dengizi muammolari boʻyicha Davlatlararo kengash va uning ijroiya qoʻmitasi hamda Orolni qutqarish xalqaro fondi tashkil etildi. Uning vazifasi Orol dengizi, uning sogʻlom ekologik sharoitini tiklash, mazkur regionni toza ichimlik suvi bilan taʼminlash, hudud sanitariyagigiyena muxitini yaxshilashdir.
Oʻzbekistonda 10 dan ortiq oʻrmon xoʻjaligi, 9 ta qoʻriqxona, 2 milliy bogʻ, bir qancha buyurtma qoʻriqxona mavjud. Ularda tabiat yodgorliklari, kamayib ketgan oʻsimlik va hayvonlar qoʻriqlanadi, oʻrganiladi va koʻpaytiriladi. Oʻzbekistonda tabiatni muhofaza qilish respublika jamiyati, 12 ta viloyat va Qoraqalpogʻiston jamiyati, Oʻzbekiston geografiya jamiyati, EKOSAN, bir qancha ilmiyommabop va ilmiy jurnallar, radio va televideniye vaqtli matbuot Tabiatni muhofaza qilish haqidagi bilimlarni targʻib qilmoqda. Aholi oʻrtasida tabiat, undan oqilona foydalanish va muhofaza qilish haqidagi bilimlarni targʻib qilish, aholining geografik, ekologik madaniyatini koʻtarish Tabiatni muhofaza qilishda katta ahamiyatga ega. Tabiatni, uning boyliklarini muhofaza qilish, geografik ekologiya oʻquv kurslari oʻrta maxsus va oliy yurtlarining tabiatshunoslik mutaxassisliklari talabalariga maxsus kurslar sifatida oʻqitilmoqda.
xulosa
Adabiyotlar
- Karimov I.A., Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka taxdid, barkarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari, T., 1997;
- Akramov 3. M., Rafikov A.A., Proshloye, nastoyasheye i budusheye Aralskogo morya, T., 1990;
- Nigʻmatov A.N., Oʻzbekiston Respublikasining ekologik huquqi, T., 2004;
- Rafikov A.A., Geoekologik muammolar, T., 1997;
- Toʻxtayev L., Hamidov A., Ekologiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish, T., 1994;
- Gʻulomov P.N., Inson va tabiat, T., 1990.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Arxitektura qurilish universtiteti Texnoloogiya fakulteti 41-22 guruhining talabasi Usmonov Javoxirning falsafa fanidan ‘O’zbekistonda tabiatni muhofaza qilish amaliyoti : yutuq va kamchiliklar” mavzusida tayorlagan taqdimoti
|