|
Asinxron motorni ta’mirdan keyingi kuzatiladigan asosiy nuqsonlar
|
bet | 3/5 | Sana | 23.12.2023 | Hajmi | 20,89 Kb. | | #127537 |
Bog'liq 1umumsanoatAsinxron motorni ta’mirdan keyingi kuzatiladigan asosiy nuqsonlar.
Asinxron motor cho’lg‘ami ta’mirdan so‘ng cho’lg‘amlarni to‘g‘ri o‘ralganligini tasdiqlovchi sinovlar o‘tkaziladi. Motor shovqin chiqarsa yoki umuman ishga tushmasa, odatda bitta faza uzilgan yoki 2 ta faza uzilgan paytda kuzatiladi. Fazadagi uzilishlarni quyidagi sxemalar bilan aniqlash mumkin: Motor yomon aylansa yoki shovqin chiqarsa, odatda bitta faza cho’lg‘ami boshi oxiri almashgan bo‘ladi. Bunda toklar salt ishlashda ham nominal qiymatdan katta bo‘ladi. Cho’lg‘amlarni boshi va oxiri quyidagi sxemadan to‘g‘ri aniqlanadi. Bu ko‘pincha chiqishlari 6 ta bo‘lgan motorlarda kuzatiladi. Bunda induktiv usulda aniqlanadi, ya’ni cho’lg‘am o‘zgarmas tok manbaiga ulanganda 2-cho’lg‘am EYUK teskari tomoni o‘zgarishi kerak. Motor ta’mirdan keyin katta tok hosil bo‘lishi rotorni statorga tegishidan ham hosil bo‘lishi mumkin. Motor quyidagi hollarda qiziydi, kuchlanish nominaldan katta yoki kichik bo‘lganda, o‘ta yuklanishda, ventilyasiya buzilganda, “yulduz” o‘rniga “uchburchak” ulanganda, korpusga tutashganda yoki fazalararo tutashuv bo‘lganda. 31 Qisqa tutashgan zanjir uzilganda motor qiziydi, shovqin chiqaradi, titraydi, yomon ishga tushadi, nominal tezlikka chiqa olmaydi. Motor quyidagi hollarda titraydi: o‘qlar to‘g‘ri bo‘lmaganda, rotor muvozanatlanmagan, sterjenlar uzilganda, halqalar uzilganda, qisqa tutashuv bo‘lganda, fundamenti qattiq bo‘lganda. Motor tarmoqdan uzilganda titrash yo‘qolsa, bir tomoni magnit tortilish borligini ko‘rsatadi.
Asinxron motorlarni qayta cho’lg‘amlashda bajariladigan hisoblashlar.
Asinxron motor stator cho’lg‘ami faza cho’lg‘amlaridan, faza cho’lg‘amlari qutb cho’lg‘amlaridan, qutb cho’lg‘amlari esa g‘altaklar guruhidan iborat bo‘ladi. G‘altaklar o‘ramlardan, uramlar esa parallel simlardan iborat bo‘ladi. Stator cho’lg‘amini tavsiflovchi asosiy kattaliklardan biri qutb cho’lg‘amida ketma-ket joylashtiriladigan g‘altaklar soni – q hisoblanadi. Hisoblashlar bo‘yicha bu 6 ga teng. Qutb cho’lg‘amining xar bir fazasiga 6 tadan g‘altak joylashtiramiz. 3 ta fazada 6 ta kiruvchi g‘altak bo‘lib qutb cho’lg‘ami 18 ta pazni egallaydi. Har bir fazada 2 ta qutb cho’lg‘ami borligini hisobga olib stator cho’lg‘ami 36 ta pazni egallaydi.
|
| |