|
Asinxron motorlarni ta’mirlash texnologiyasi
|
bet | 2/5 | Sana | 23.12.2023 | Hajmi | 20,89 Kb. | | #127537 |
Bog'liq 1umumsanoatAsinxron motorlarni ta’mirlash texnologiyasi.
Mashinani ishlatish va saqlash vaqtida qizish, titrash paytidagi mexanik ta’siri, markazdan qochma va elektr dinamik kuchlar, namlik ta’siri va agressiv muhit natijasida o‘ramning izolyasiyasi bora – bora emiriladi. Izolyasiyaning strukturaviy va ximik tarkibining sezilmas o‘zgarishi eskirish deyiladi, eskirish paytida izolyasiya tarkibining yomonlashuvi jarayoni esa buzilish deyiladi. Asinxron motorlarda ko‘pincha stator ishdan chiqadi. Bu 85-95 % motor ishlamasligining sababi hisoblanadi. O‘ramning ishdan chiqishi sababi Cho’lg‘am qisqa tutashuvlari hisoblanadi. Titrash ta’sirida asta – sekin lakning emirilishi bashlanadi, o‘zaro yaqin joylashgan o‘tkazgichlar Cho’lg‘am izolyasiyalari emiriladi, bir – biriga tekkan Cho’lg‘amlar qisqa tutashuv konturini hosil qiladi. Qisqa tutashgan konturning qarshiligi katta emas, shuning uchun tok ma’lum bir qiymatga ko‘tariladi va Cho’lg‘amni qizdirib, izolyasiyaning qorayishini keltirib chiqaradi. Ko‘pincha o‘ramning chiqish nuqtalari ishdan chiqadi. Ularni odatda qattiq qilib qisishmaydi va shuning uchun vibratsiya ta’sirida tez – tez qiyshayadi va qimirlaydi. CHiqish nuqtalari izolyasiya kerakli darajada elastik bo‘lishi kerak. O‘ramning joriy ta’miri yo mashinaning ekspluatatsiya joyida yo ta’mirlash sexida bajariladi. Motorni ochishdan maqsad o‘ramni ko‘rib bilish. O‘ramni ko‘zdan kechiradilar, tozalaydilar va siqilgan havo bilan purkaydilar, kontakt boshlashmasi, o‘ramning chiqish nuqtalari, qisqich kolodkalari tekshiriladi.
Stator o‘ramining kapital ta’miri.
Ta’mirdan oldin o‘ramning nosozlik turi va umumiy holati belgilanib olinadi.Ko‘pincha quyidagi defektlar kuzatiladi:izolyasiyaning issiqlikdan eskirishi,cho’lg‘amlar orasidagi tutashuvlar, fazalararo va faza bilan kontur orasidagi izolyasiyaning emirilishi, o‘tkazgich va sifatsiz payvandning uzilishi. Ikki qavatli o‘ramdagi cho’lg‘amlarni almashtirish uchun o‘ram tomonlari orasidagi qisilgan cho’lg‘amning yuqori tomoni pazlardan ko‘tarilishi lozim. Muloyim munosabatni kompozitsiyalangan o‘ramlar talab qiladi. Sovuq holatda ularning izolyasiyasi mo‘rt bo‘ladi, shuning uchun o‘ramni ta’miri paytida tok yordamida 80-90o S gacha isitadi.tok qiymatini Shunday regulirovat qilish kerakki, cho’lg‘am 19-20 daqiqa ichida isisin. Izolyatsiyaning ichki qavatlarini tez isishida nazorat qilish qiyin va bu ularni keraksiz kuyishiga olib keladi.
|
| |