|
Asosiy qism: Bank
|
bet | 4/13 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 2,92 Mb. | | #116341 |
Bog'liq Iqtisodiyot (1)Agrobank haqida ma’lumot, uning bosh boshqarmasi va faoliyati.
Agrobank — 1988-yilda tashkil etilgan davlat aksiyadorlik tijorat banki.
Bankning asosiy eʼtibori iqtisodiyotning agrar sektoriga qaratilgan.
Agrobank mamlakatimizning barcha hududlarida oʻzining muassasalariga ega boʻlib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va 12 ta vilojat boshqarmasi, 170 ta tuman (shahar) filiali, 145 ta bank xizmatlari markazi, 371 ta bank kassalari , 289 ta xalqaro pul oʻtkazmalari shoxobchalari, 215 ta valyuta ayiraboshlash shaxobchalari orqali 258 mingdan ortiq yuridik shaxslarga hamda 2,4 milliondan ortiq jismoniy shaxslarga sifatli zamonaviy bank xizmatlarini koʻrsatib kelmoqda.
Agrobank oʻz faoliyati davomida asosiy urgʻuni iqtisodiyotning agrar sektorini moliyalashtirish, aholining boʻsh pul mablagʻlarini bank pul aylanmasiga jalb qilish, filiallar tarmogʻi, xizmat turlari hamda mijozlari sonini koʻpaytirish, bankning belgilangan beznes-rejasi va byudjetining asosiy parametrlarini bajarishga qaratgan.
Kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash uchun Islom xususiy sektorni rivojlantirish Assotsiatsiyasining 5 mln. AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi boʻyicha loyihalarni moliyalashtirish amalga oshirildi.
Agrobank va Osiyo Taraqqiyot Banki oʻrtasida 20,0 mln. AQSh dollari miqdoridan iborat boʻlgan „Kichik va mikromoliyalashni rivojlantirish. II bosqich“ loyihasi boʻyicha kredit shartnomasi imzolangan. Ushbu loyihaning maqsadi respublikada mikromoliyalashtirishni yanada rivojlantirish hisoblanadi. Shuningdek, Agrobank Osiyo Taraqqiyot Bankining savdoni moliyalashni qoʻllab- quvvatlash dasturiga kiritilgan va revol’ver kredit toʻgʻrisida kelishuv imzolangan.
„VISA International“ xalqaro toʻlov tizimiga prinsipal aʼzolikka oʻtish boʻyicha qator ishlar amalga oshirildi. Protsesning markazini tashkil etish bilan bir qatorda chipli plastik kartalarni emissiya qilish yoʻlga qoʻyildi.
|
| |