Tezlashgan amortizatsiya ajratmasining fond qaytimiga ta`sirining tahlili




Download 345,04 Kb.
bet4/7
Sana14.12.2023
Hajmi345,04 Kb.
#118463
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Djurayeva Madina guruh SBXA 85 ASOSIY VOSITALAR AMORTIZATSIYASI (ESKIRISHI) HISOBI

Tezlashgan amortizatsiya ajratmasining fond qaytimiga ta`sirining tahlili.
Ishlab chiqarishda qatnashayotgan asosiy vositalar qiymati bir necha yillar mobaynida yaratilgan mahsulot qiymatiga qismlarga bo’lingan holda o’tib boradi. Mana shu qism amaliyotda amortizatsiya ajratmasi deb ataladi. Ushbu ajratma asosiy vositalarning eskirish qiymatini ifodalaydi. Amortizatsiya ajratmasi asosiy vositalar safini to’ldirish va yangilash uchun moliyaviy manba bo’lib hisoblanadi. Hozirgi davrda mamlakatimiz milliy hisoblari tizimida amortizatsiya ajratmasi ikki usul orqali hisoblanib kelinmoqda. Bular quyidagilardir:
1) asosiy vositalarning boshlanғich qiymatiga nisbatan teng ulushlarda hisoblash,
2) belgilangan amortizatsiya me`yori darajasini ikki karra oshirgan holda hisoblash.
Ikkinchi usul tezlashgan amortizatsiya ajratmasini hisoblash usulidir.
Tezlashgan amortizatsiya ajratmasi birinchidan, asosiy vositalar aktiv qismi salmoғining oshishiga, ikkinchidan, ishlab chiqarish hajmining o’sishiga olib keladi. Bular esa o’z navbatida asosiy vositalardan foydalanish darajasining oshishiga sababchi bo’ladi.
Demak, tezlashgan amortizatsiya ajratmasi asosiy vositalar qaytimining oshishiga bevosita ta`sir qiladi. Ushbu omilning ta`sirini asosiy vositalar aktiv qismi salmoғi bilan aktiv qismi qaytimi darajasi o’zgarishlari ta`sirining yiғindisi tariqasida hisoblash mumkin.
Asosiy vositalar aktiv qismi salmoғi o’zgarishining ta`sirini aniqlash uchun hisobot yilidagi aktiv qismi salmoғi (AS1) bilan bazis yildagi aktiv qismi salmoғi (ASo) orasidagi farqni bazis yilidagi aktiv qismi qaytimi darajasiga (AK 1) ko’paytirish kerak:
(AS1 – ASo ) · AK1q ± ∆ AS
Fond qaytimining o’zgarishiga aktiv qismi qaytimi o’zgarishining ta`sirini aniqlash uchun hisobot va bazis yillaridagi qaytimi ko’rsatkichlari orasidagi farqni hisobot yilidagi aktiv qismi salmoғiga (AS1) ko’paytirish kerak:
(AK1 - AKo) · AS1q ± ∆ AK
Ushbu omillarning ta`sirlari orqali tezlashgan amortizatsiya ajratmasining ta`siriga baho beriladi va xulosa chiqariladi.

Download 345,04 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 345,04 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tezlashgan amortizatsiya ajratmasining fond qaytimiga ta`sirining tahlili

Download 345,04 Kb.