• Kamayib boruvchi qiymatdan hisoblash usuli.
  • Bajarilgan ish hajmiga proporsional hisoblash usuli




    Download 345,04 Kb.
    bet3/7
    Sana14.12.2023
    Hajmi345,04 Kb.
    #118463
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Djurayeva Madina guruh SBXA 85 ASOSIY VOSITALAR AMORTIZATSIYASI (ESKIRISHI) HISOBI
    444, Bozor iqtisodiyoti sharoitida rejalashtirish va bashoratlash
    Bajarilgan ish hajmiga proporsional hisoblash usuli. Ushbu usulda, avvalom bor, bir yillik ish hajmiga to‘g‘ri keladigan amortizatsiya (eskirish) summasi topib olinadi. Bizning misolimizda u 90 so‘mga teng (900000 : 10000 q 90). Avtomobilning xizmat muddati yillarida haqiqatda bajargan ish hajmiga proporsionlal hisoblanadigan, jamlangan amortizatsiya (eskirish) summasi, shuningdek qoldiq qiymat qo‘yidagicha bo‘ladi:

    Ushbu usulda ko‘rinib turibdiki, yillik hisoblangan amortizatsiya (eskirish) summasi haqiqiy bajarilgan ish hajmiga qarab turlicha bo‘lgan. 1-yilda hisoblangan amortizatsiya (eskirish) summasi Soliq Kodeksida belgilangan me’yorga mos keladi va u soliq solish bazasiga qayta kirmaydi. 2-yilda me’yordagidan 90000 so‘m (270000-180000) ortiqcha amortizatsiya (eskirish) hisoblangan. Ushbu summa ikkinchi yil soliq hisob-kitoblarida foyda solig‘ini hisoblash bazasiga qayta qo‘shiladi. 3-yilda me’yordagidan 45000 so‘m (225000-180000) ortiqcha amortizatsiya (eskirish) hisoblangan. Ushbu summa 3-yil soliq hisob-kitoblarida foyda solig‘ini hisoblash bazasiga qayta qo‘shiladi. 4- va 5- yillardan me’yordan mos ravishda 45000 so‘m (135000-180000) va 90000 so‘m (90000-180000) amortizatsiya (eskirish) kam hisoblangan. Ushbu summalar mos ravishda 4- va 5- yillarda soliq solish bazasidan kamaytirilishi maqsadga muvofiq yoki kelgusi yillarda avtomobildan qo‘shimcha ishlatishda soliq solish bazasiga 2- va 3- yillarda qayta kiritilgan 135000 so‘m (90000Q45000) miqdorida amortizatsiya (eskirish) summasi soliqga tortilmasligi kerak. Yuqoridagi hol mavjud bo‘lganda soliqga tortilmaydigan amortizatsiya (eskirish) summasi miqdori asoslangan holda hisob siyosatida aks ettirilgan bo‘lishi kerak.


    Kamayib boruvchi qiymatdan hisoblash usuli. Ushbu usul ham tezlashtirilgan usul hisoblanadi. Uning mohiyati shundaki, birinchidan amortizatsiya (eskirish) belgilangan me’yordan ikki karra miqdorda hisoblanadi, ikkinchidan, amortizatsiya (eskirish) bazasi bo‘lib har yilda qoldiq qiymat hisoblanadi. Bizning misolimizda yillik amortizatsiya (eskirish) me’yori 20%, ishlatiladigan me’yor – 40% (20% x 2). Ushbu usulda hisoblangan va jamlangan amortizatsiya (eskirish), shuningdek qoldiq qiymat xizmat yillari bo‘yicha qo‘yidagicha bo‘ladi: Asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya (eskirish)ni hisoblashga doir operatsiyalar schetlar rejasida ko‘zda tutilgan kontraktiv bo‘lgan 02 «Asosiy vositalarning eskirishi hisobi schetlari»da aks ettiriladi. Ushbu schetning saldosi kredit tomonida bo‘lib, u jamlangan eskirish summasini ko‘rsatadi. Hisoblangan eskirish, ya’ni eskirish summasini ko‘payishi ushbu schetning kreditida va harajat schetlarining debetida (2010,2310,2510,3190, 9210,9410,9420,9430 va boshqalar), eskirish summasini kamayishi esa 02- schetning debetida va boshqa schetlarning kreditida (8510,0110-0190 va boshqalar) aks ettiriladi. Asosiy vositalar o’z qiymatlarining to’la tugatilishigacha haqiqiy xizmat qilish muddati davomida, jumladan, bo’sh turishi, ta’mirlashda bo’lishi vaqtida ham amortizatsiya ajratilib borilishini tekshiradi.
    1998 yil 1 yanvardan asosiy vositalarga belgilangan yillik eskirish me’yorlari besh guruhga ajratilib, ular 20, 15, 10, 8, 5% miqdorda joriy etilgan.
    Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash quyidagi tartibda bo’ladi:
    -Korxonaga kirim qilingan asosiy vositalarga eskirish hisoblash kirim qilingan sananing kelgusi birinchi sanasidan boshlab eskirish hisoblana boshlaydi.
    -Hisobdan chiqarilgan asosiy vositalarga ham eskirish kelgusi oyning birinchi sanasidan boshlab hisoblanmaydi.
    Kamayib borayotgan qoldiq usuli.
    Bu usulda har qanday ko’paytirilayotgan stavka qo’llaniladi, ko’pincha to’g’ri chiziqli usulda qo’llaniladigan ikki karrali stavka qo’llaniladi. Xizmat muddati 5 yil bo’lganda, amortizatsiya me’yori 20% (100%G`5 q20) ni tashkil qiladi. Kamayib borayotgan qoldiq usulida me’yor 20x2q40% bo’ladi. hisobga olingan bu stavka 40% har yil oxiridagi qoldiq qiymatga tengdir.
    Misol: Jamlangan eskirish
    1 yil oxiri 160 000 x 40 q 64 000 64 000
    2 yil oxiri 96 000 x 40 q 38 000 102 400
    3 yil oxiri 57 600 x 40 q 23 040 125 440
    4 yil oxiri 34 560 x 40 q 13824 139 264
    5 yil oxiri (qoldiq summasi) q 10 736 150 000
    Amortizatsiya hisoblashning eng ko’p qo’llaniladigan usuli to’g’ri chiziqli usuldir.

    Download 345,04 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 345,04 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bajarilgan ish hajmiga proporsional hisoblash usuli

    Download 345,04 Kb.