|
Qayta baholash sanasida uskunaning eskirish darajasi
|
bet | 6/7 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 345,04 Kb. | | #118463 |
Bog'liq Djurayeva Madina guruh SBXA 85 ASOSIY VOSITALAR AMORTIZATSIYASI (ESKIRISHI) HISOBI1. Qayta baholash sanasida uskunaning eskirish darajasi foizlarda belgilanadi. U uskunaning to’liq amortizatsiyasigacha va undan keyin qayta baholash sanasiga qadar xizmat qilish muddatlarining yangidan belgilangan xizmat qilish muddatiga bo’lingan va 100%ga ko’paytirilgan summasiga teng.
MISOL. Amortizatsiyalangan uskunaning xizmat qilish muddati 20 yildan 35 yilga uzaytirildi. Uning to’liq amortizatsiyasi paytidan 2014 yil 1 yanvargacha 2,25 yil o’tgan. Uskunaning eskirish darajasi 1.01.2014 yilda:
(20 Q 2,25) G` 35 x 100% q 63,6%ga teng.
2. Uskunaning boshlanғich qiymati qayta baholash sanasida 100 va uskuna eskirish darajasi ayirmasining 100ga ko’paytmasiga bo’lingan baholash dalolatnomasi bo’yicha uning qoldiq qiymatiga teng.
Byudjet tashkilotlari foydalanuvidagi binolar, transportlarning necha yilda eskirishini belgilovchi nizom qabul qilindi
O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’ғrisida»gi Qonuniga muvofiq Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasining qo’shma qaroriga asosan tomonidan “Byudjet tashkilotlarining asosiy vositalarining eskirishini aniqlash va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi to’ғrisidagi nizom” qabul qilindi. Mazkur nizom 2013 yil 29 noyabrda qabul qilingan bo’lsa, 19 dekabr’ kuni Adliya vazirligi tomonidan tegishli tartibda ro’yxatdan o’tkazildi.
Mazkur Nizom byudjet tashkilotlarining asosiy vositalarining eskirishini aniqlash va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibini belgilab beradi. Unga ko’ra, Byudjet tashkilotlari asosiy vositalarining eskirishi yillik me`yorlari asosida aniqlanadi. eskirish me`yorlari mazkur asosiy vositalarning dastlabki (tiklanish) qiymatiga nisbatan foizlarda belgilanadi.
Nizomga muvofiq, mavsumiy tusga ega byudjet tashkilotlarida foydalanilayotgan asosiy vositalar bo’yicha oylik eskirish summasi umumiy tartibda, ya`ni mazkur asosiy vositaning yillik eskirish summasini 12 ga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi. SHuningdek, kapital qurilish ob`ektlarini qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtirilmagan tugallanmagan qurilish yoki uning qismlari bo’yicha eskirish aniqlanmasligi belgilandi.
Mazkur Nizomga byudjet tashkilotlari asosiy vositalarining yillik eskirish me`yorlari ilova qilingan bo’lib, unga ko’ra, qaysi asosiy vositalar necha yilda eskirishi maxsus jadval asosida belgilab qo’yilgan.
Mazkur ilovada asosiy vositalar yiliga necha foiz eskirishi qayd etilgan. Xususan,
Binolar, imoratlar va inshootlar – yiliga 5 foiz; Uzatish qurilmalari – yiliga 8 foiz; Kuch-quvvat beradigan mashinalar va uskunalar – yiliga 8 foiz; Faoliyat turlari bo’yicha ish mashinalari va uskunalar (harakatlanuvchi transportdan tashqari) – yiliga 15 foiz;
|
| |