Dt Dastgoh (yangi) 1.000.000
Dt Jamlangan amortizatsiya. 350.000
Kt Dastgoh (eski) 550.000
Kt Pul mablag’lari 700.000
Kt Dastgohni ayirboshlashidan foyda 100.000
Тo’rtinchi holat - ayirboshlashdan olingan foydani tan olmaslik. Ma’lumki, agar bir turdagi (toifadagi) asosiy vositalarni ayirboshlansa, u holda ayirboshlash natijasida olingan foyda hisobda aks ettirilmaydi. Bunday hollarda ob’ektining boshlang’ich qiymati vujudga keladigan foyda summasiga kamaytiriladi. Yuqorida keltirilgan misol ma’lumotlaridan foydalanamiz, so’m hisobida:
Eski dastgohning balans qiymati 200.000
Тo’langan pul mablag’lari 700.000
Yangi dastgohning boshlang’ich qiymati 900.000
Demak, asosiy vositaning boshlang’ich qiymati, eski dastgohning balans qiymatiga to’langan pul mablag’lariso’mmasini qo’shish yo’li orqali hisoblanadi. Ayriboshlash bilan bog’liq bu holatni aks ettiruvchi buxgalteriya o’tkazmasi quyidagi ko’rinishda bo’ladi:
D-t Dastgoh (yangi) 900.000
D-t Jamgarilgan amortizatsiya 350.000
K-t Dastgoh (eski) 550.000
K-t Pul mablag’lari 700.000
Garchand ushbu holatda asosiy vositalarni ayriboshlashdan olingan foyda ko’rsatilmagan bo’lsada, haqiqatda bu uning muddatini o’zaytirilishini anglatadi. Chunki, yuqorida keltirilgan holda, ma’lum sharoitlarda yangi dastgohni hisobdan chiqarilishida (eskirish hisoblashda), uning balans qiymati 1.000.000 so’m emas, balki 900.000 so’m bo’ladi. Demak, eskirish 900.000 so’mdan hisoblangani uchun ko’rsatilmagan foyda har yili qamroq hisoblanayotgan eskirish summalari orqali o’z ifodasini topadi.
4. Asosiy vositalarni qaytarib olmaslik sharti bilan berish yo’li orqali chiqib ketishi. Korxonalar ba’zan o’zlarining asosiy vositalarini boshqa tashki-lotlarga hadya qiladilar. Asosiy vositalarni bunday hadya qilish keyingi yillarda tez-tez uchrab turibdi. Jumladan, yirik, iqtisodiy jihatdan baquvvat korxonalar institut va universitetlarning o’quv xonalari va laboratoriyalarini jihozlash uchun berayotgan uskunalari, shifoxonalar, maktablar va qariyalar uyiga hadya sifatida berilayotgan jihozlarni misol keltirish mumkin. Bulardan tashqari bir korxona ikkinchi korxonaga ana shunday qaytib olmaslik sharti bilan berilayotgan asosiy vositalarni iqtisodiy ko’mak sifatida ham hadya qilmoqda.
Aktivlarni bergan korxona bu holda berilgan aktivlarning bozor qiy-matiga teng bo’lgan xarajatlarni hisoblaydilar. Bozor qiymati berib yuborilgan aktivlarning balans qiymatiga emas, balki to’g’rirog’i, donorning olinmagan iqtisodiy samaradan yo’qotishlariga tengdir.
Balans va bozor qiymatining ayirmasiga teng bo’lgan foyda yoki zarar qaytarmaslik sharti bilan (tekinga) berib yuborilgan sifatida hisobga olinadi. Fakatgina qaytarmaslik sharti bilan berilishi bo’yicha so’zsiz majburiyat bo’lgandagina xarajatlar moddasi bo’yicha hisoblash amalga oshiriladi.
|