• 2.2.Asosiy vositalarning chiqib ketishini h isobga olish
  • «Asosiy vosita-larni topshirish-qabul qilib olish dalolatnomasi»
  • Dt «Kompьyuter jihozlari va hisoblash texnikasi» - 300 ming so’m. Kt




    Download 217,5 Kb.
    bet19/26
    Sana13.06.2024
    Hajmi217,5 Kb.
    #263355
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26
    Bog'liq
    Soliyeva Malohat diplom ishi

    Dt «Kompьyuter jihozlari va hisoblash texnikasi» - 300 ming so’m.
    Kt «Mol-mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar» - 300 ming so’m.
    - eskirishning tuzatish kiritilgan summasiga :
    Dt «Mol-mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar» - 60 ming so’m.
    Kt «Kompьyuter jihozlari va hisoblash texnikasi» - 60 ming so’m.
    Arzonlashtirish holatida teskari o’tkazmalar beriladi.
    Shuni aytib o’tish joizki, 5-sonli BHMSning 53 moddasiga binoan asosy vositalar ob’ektlarining chiqib ketishidan ko’rilgan moliyaviy natijani (foyda yoki zararni) aniqlashda ilgari qayta baholangan asosiy vositalar ob’ektlarini qo’shimcha baholash summasi, mazkur asosiy vositalar ob’ektini ilgarigi qo’shimcha baholashlar summasining ilgarigi arzonlashtirishlar summasidan oshib ketishi «Mol-mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar» hisobvarag’i bo’yicha zahira sar-moyasini bir yo’la kamaytirish bilan asosiy vositalarning chiqib ketishidan olingan daromad tarkibiga kiritiladi.


    2.2.Asosiy vositalarning chiqib ketishini hisobga olish

    Asosiy vositalarni chiqib ketishi u yoki bu ob’ektni ishlashini to’xtati-lishi va uni harakatdagi asosiy vositalar tarkibidan chiqarib yuborilishini bil-diradi. Asosiy vositalarni chiqib ketishiga quyidagilar sabab bo’lishi mumkin:


    tugatish;
    sotish;
    almashtirish;
    qaytarib olmaslik sharti bilan berish;
    pay badali ko’rinishida berish.
    Bulardan tashqari asosiy vositalarni chiqib ketishiga tabiiy ofat nati-jasida yoki halokat natijasida nobud bo’lishi, moliyalashtiriladigan ijaraga be-rish natijasida yoki inventarizatsiya natijasida kamomad tariqasida aniqlanishi oqibatida chiqib ketishi ham mumkin.
    Asosiy vositalarni chiqib ketishini hujjatli rasmiylashtirish ularni chiqib ketish sabablariga bog’liq. Ularni sotish, qaytarib olmaslik sharti bilan (hadya sifatida) berish va moliyalashtiriladigan ijaraga berish «Asosiy vosita-larni topshirish-qabul qilib olish dalolatnomasi» orqali rasmiylashtiriladi. Asosiy vositalarni kamomadi esa inventarizatsiya (yuqlama) dalolatnomasida qayd qilinadi. Asosiy vositalarni eskirishi, halokat yoki tabiiy ofat natija-sida chikib ketishi «Asosiy vositalarni tugatilishi haqida dalolatnoma» orqali rasmiylashtiriladi.
    Asosiy vositalarni chiqib ketish jarayoni turlicha vaziyatlarda yuz berishi mumkin. Yuqorida aytib o’tilganidek, korxonaning asosiy vositalarini hisobdan chiqarilishi ularni ixtiyoriy (sotish, almashtirish) hisobdan chiqarish natijasi yoki majburiy (yong’in, zilzila, suv toshqini kabi tabiiy ofatlar oqibati) nati-jasidir. Asosiy vositalarning majburiy hisobdan chiqarilishi korxona nazora-tidan tashqarida bo’lib, u tabiiy ofatlar natijasida yuz beradi. Shuningdek, asosiy vositalarni majburiy chiqib ketishiga davlatning o’z mulkiy huquqidan foydalanish natijasida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar mulkini olish (ma’lum bir sharoitlarda - davlat ahamiyatidagi magistral yo’llar, kanallar, zavod yoki fabri-kalar qurilishi sababli ekspropriatsiya qilish) huquqini ham aytish mumkin.
    Asosiy vositalarni hisobdan chiqarilayotganda, uni hisobdan chiqariladigan sanagacha bo’lgan davrga eskirish hisoblanishi va uni boshlang’ich qiymatiga mos ravishda o’zgartirishlar kiritish zarur. Shuningdek, asosiy vositaga to’g’ri kela-digan soliqlar, sug’urta xarajatlari va shunga o’xshash xarajatlar, o’sib boruvchi yakun bilan chiqib ketish sanasiga hisoblanadi. Aktivning chiqib ketishi paytiga ob’ektning boshlang’ich qiymati va uning xizmat muddatida hisoblangan eskirish summasi taalluqli buxgalteriya hisobvaraqlaridan hisobdan chiqariladi.
    Asosiy vositaning balans qiymati va uning sotishdan tushgan tushumning farqi moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda foyda va zarar sifatida aks ettiriladi. Agar asosiy vositalarni hisobdan chiqarish haqidagi qaror hisobot yilining oxiriga yakinroq qabul qilingan bo’lsa, u holda hisobdan chiqarishidagi zararlar shu yilda hisobga olinadi. Kutilayotgan hisobdan chiqarish xarajatlari zararlarni oshiradi va taxmin qilinayotgan qarzlarni shu xarajatlarso’mmasida hisobga olish zaruratini tug’diradi.
    Endi asosiy vositalarning chikib ketishini qayd qilish tartibini, ya’ni buxgalteriya hisobida rasmiylashtirish tartibini har bir sabab bo’yicha alohida –alohida ko’rib chiqamiz.

    Download 217,5 Kb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26




    Download 217,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dt «Kompьyuter jihozlari va hisoblash texnikasi» - 300 ming so’m. Kt

    Download 217,5 Kb.