• Empirik metod
  • Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o’rni.
  • Asqarov anvarjonning




    Download 69,22 Kb.
    bet4/23
    Sana20.12.2023
    Hajmi69,22 Kb.
    #124497
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
    Bog'liq
    2 kurs magistranti asqarov anvarjonning psixologiya tarmoqlari-fayllar.org
    Sam MOHM iyun 4-hafta telefon (2), RAINBOW manual v03 Eng
    Shakllantiruvchi tajriba - psixologiya metodi, bu metod orqali shaxsda zaruriy psixik jarayon yoki sifatlar rejali ravishda shakllantiriladi.
    Egizaklar metodi - bir xil irsiyat, egizak bolalarni qiyoslab tadqiq qilish. Bu metodni F.Galton taklif qilgan.
    Eksperiment - tajriba (lot. experimentum - namuna, tajriba)- psixologiyaning asosiy metodlaridan, o’zgaruvchan mustaqil psixik holatlarning boshqa nomustaqil holatlariga ta'sir etishdagi aniq ma'lumotlarga tayanadi.
    Empirik metod (yunon.- empeiria - tajriba, methodos tadqiqot) - tekshiriluvchi haqidagi ma'lumotlarni tajribaga asoslanib, amaliy tajribalar bilan aniqlash usuli.
    Harbiy psixologiya - psixologiya sohasi. harbiylar shaxsini, turli harbiy faoliyatning psixologik xususiyatlarini harbiy jamoalarning jangovar tayyorgarlik metodlarini o’rganadi.




    1. Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o’rni.

    Psixologiya ko’plab fanlar bilan uzviy bog’liq holda rivojlanib bormoqda. Fanlar orasidagi bog’liqliklar psixologiyaning fanlar tizimidagi o’rnini belgilab beradi. Bizga ma'lumki, mavjud fanlar gumanitar, tabiiy va falsafiy turlarga bo’linadi. Bir qator bir-biri bilan yondosh bo’lgan fanlar mazkur tasniflashga kiritiladi, lekin psixologiya mustaqil fan sifatida namoyon bo’ladi. U inson ruhiy faoliyatining tabiiy, tarixiy va ijtimoiy tomonini o’rganadi. Psixologiya barcha turdagi fanlar orasida muhim o’rinni egallaydi. Psixologiya falsafa, tarix, san'atshunoslik, texnika, pedagogika fanlari bilan uzviy bog’liq. Shunga muvofiq psixologiyani fanlar orasidagi bog’liqligini tahlil qilsak. Ayniqsa psixologiya fanining fanlar tizimida tutgan o’rni xususida quyidagi jadvalda ma'lumotlar keltiriladi:

    Psixologiya falsafa fani bilan chambarchas bog’langan. Bu bog’liqlik ikkala fanning inson va uning hayoti mohiyatini to’la anglash va rivojlantirish an'analarini belgilashdagi o’rni va ahamiyatidan kelib chiqadi.


    Tabiat, jamiyat va inson tafakkurini rivojlanishiga oid bo’lgan umumiy qonuniyatlar va tamoyillarni psixologiya falsafaning bazasidan oladi va shu bilan birga o’zi ham inson ongi va tafakkuri qonuniyatlari sohasidagi yutuqlar bilan falsafani boy ma'lumotlarga ega bo’lishiga yordam beradi. Shuni alohida ta'kidlash joizki, mustaqillik mafkurasi va milliy ongni shakllanishiga taalluqli, umumiy, ilmiy qonuniyatlarni tizimlashda bu ikkala fan - falsafa va psixologiyaning hamkorligi bevosita sezilmoqda. Bu bog’liqlik avvalo yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantirish muammosi ko’ndalang turgan tarixiy davrda milliy istiqlol qoyalarini yurtdoshlarimiz ongi va tafakkurida shakllantirish kabi dolzarb vazifalarni bajarishga xizmat qilmoqda.

    Download 69,22 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




    Download 69,22 Kb.