|
Asqarov anvarjonning
|
bet | 1/23 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 69,22 Kb. | | #124497 |
Bog'liq 2 kurs magistranti asqarov anvarjonning psixologiya tarmoqlari-fayllar.org
2 kurs magistranti asqarov anvarjonning psixologiya tarmoqlari
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA-PSIXOLOGIYA FAKUL’TETI
PSIXOLOGIYA YO‘NALISHI
2 kurs magistranti
ASQAROV ANVARJONNING
Psixologiya tarmoqlari
DARS ISHLANMASI
Farg‘ona 2021
PSIXOLOGIYA TARMOQLARI
Darsning maqsadi:
- Talabalarga psixologiya tarmoqlari haqida ma’lumot berish va ularda mavzu haqida tasavvurni shakllantirish;
- Psixologiya tarmoqlari mavzusida qo‘llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalarni darsda qo‘llash.
Dars materiallari va jihozlari:
Vidiopraektor, kompyuter, doska, bo‘r, qog‘oz, markerlar va mavzuga doir rasmlar, elektron slaydlar.
Tarqatma material: - ilgari o‘rganilgan va darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar.
DARSNING BLOK-CXEMASI
№
|
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
1.
|
Tashkiliy qism
|
5 minut
|
2.
|
O‘rganilgan materialni takrorlash
|
10 minut
|
3.
|
Psixologiya tarmoqlari mavzusini yoritib berish
|
40 minut
|
4.
|
Mavzuga oid yangi pedagogik texnologiyalarni talabalarga tushuntirib berish
|
25 minut
|
DARSNING BORISHI:
TASHKILIY ISHLAR.
Talabalar bilan salomlashish
Davomat olish
DARS REJASI.
1.Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o‘rni .
2.Psixolgiya sohalari.
3. Psixolgiya tarmoqlarining tadqiqot metodlari
Mavzu yuzasidan tayanch tushunchalar:
Aviasiya psixologiyasi (lot. Avis - qush - yunon, psyche - pyx logos - tushuncha, ta'limot) - psixologiya tarmoqi bo’lib, uchuvchilar shaxsi va turli uchish faoliyatining psixik xususiyatlarini o’rganadi.
Akmeologiya (yunon. Akme yuksak pog’ona, ziyraklik, yuqori, logos - tushuncha ta'limot) - tibbiyot, ijtimoiy va tabiiy fanlarning tutashuvida maydonga kelib, fenomenologiyani, inson taraqqiyotining qonuniyat va mexanizmlarini, insonning kamolotga erishish pog’onasida uning bu taraqqiyoti ancha yuqori darajaga erishuvini o’rganadigan fan.
Biografik metod (yunon. bios - hayot, grapho - yozaman, ko’rsataman) - odamni uning tarjimai holi bilan bog’liq bo’lgan hujjatlar orqali o’rganish usuli.
Boshqarish psixologiyasi - psixologiya fanining boshqarish faoliyatining psixologik qonuniyatlarini o’rganuvchi sohasi.
Genetik metod (genetikos - kelib chiqishga oid, methodos - tekshirish, tadqiqot) - psixik holatlarning paydo bo’lishi va ularning quyidan yuqoriga qarab rivojlanishi jarayonini o’rganish usullari.
|
| |