• Psixologiya fani quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi: Fundamental psixologiya
  • Ruhiy faoliyatning kelib chiqishi
  • Obrazlarni qayta ishlash jarayoni va ushbu jarayonlarning natijalari
  • «Miya» axborot tizimi tomonidan axborotni qayta ishlash jarayonlari, insonning o’rganish qobiliyatlari
  • PSIXOLOGIYA USULLARI (METODLARI) Ma’lumot to’plash usullari
  • Psixologiya haqida tushuncha fanning predmeti, tarmoqlari, vazifalari




    Download 95.44 Kb.
    Sana29.03.2024
    Hajmi95.44 Kb.
    #181347
    Bog'liq
    2578 1 A723027D7FB80082AC9960FAC585BAD7803A5B1C
    YO\'PA0103, xokimyat test, MO\'M ishchi 2021 2-kurs sirtqi (2), Mamatova oliy matematika, Xosmas integrallar va ularning yaqinlashishi-fayllar.org, Voleybol diplomi (2), Malaka oshiishni asosiy adabiyotlari, 13-kettell intelekt, 3-sinfIqismOnatilivaoqishsavodxonligi Darslik, ERGASHEV.YOQUBJON (1), Tadbirning yalpi majlisida UNESCO bosh direktori Odri Azule tashkilot faoliyati haqida soʻz yuritar ekan, 8-ma’ruza ta’lim shakllari, metodlari va vositalari. (2 Soat) r-fayllar.org, ta-lim-sifat-samaradorligini-oshirishda-xalqaro-tajribalardan-foydalanish, Mavzu, 1 mavzu 2

    PSIXOLOGIYA HAQIDA TUSHUNCHA — FANNING PREDMETI, TARMOQLARI, VAZIFALARI
    Psixologiya (qad.yunon ψυχή — «ruh, qalb, ong, xarakter» va λόγος — «ta’limot») — odam va odamlardan iborat guruhlarning psixikasi va psixik faoliyatining funktsiyasi, rivojlanishi va yuzaga kelishi qonuniyatlarini o’rganadigan fan. Psixologiya tushunchasi murakkab bo’lib, u o’zida gumanitar va tabiiy fanlar yondashuvlarini birlashtiradi.

    Psixologiya fani quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi:

    • Fundamental psixologiya — ruhiy faoliyatning qonunlari, dalillar va mexanizmlarni aniqlaydi;

    • Amaliy psixologiya — fundamental psixologiya ma’lumotlariga tayanib o’rganadi;

    • Amaliyotli psixologiya — psixologik bilimlarni amaliyotda qo’llash bilan shug’ullanadi.

    Psixologiya tibbiyotning ruhiy buzilishlarni aniqlash va davolash bilan shug’ullanadigan psixiatriya va ruhiyat orqali organizmga terapevtik ta’sir o’tkazish yordamida kishilarni emotsional, shaxsiy va ijtimoiy tabiatli muammolardan xalos etish bilan shug’ullanadigan psixoterapiya bo’limi bilan chambarchas bog’langan.
    PSIXOLOGIYA PREDMETI
    Psixologiya fanining predmeti tarix davomida va turli xil psixologiya yo’nalishlari nuqtai nazaridan turlicha tushuniladi. Zamonaviy psixologiya uchun psixologiya predmetini izlash hali ham dolzarbligicha qolmoqda.

    • Ruh (XVIII asrning boshiga qadar barcha tadqiqotchilar);

    • Ong fenomeni (ingliz empirik assotsianists psixologiyasi — D. Xartli, Djon Styuart Mill, Aleksandr Ben, Gerbert Spencer);

    • Sub’yektning bevosita tajribasi (strukturizm — Wilgelm Wundt);

    • Moslashuvchanlik (funktsionalizm — Uilyam Jeyms);

    • Ruhiy faoliyatning kelib chiqishi (psixofiziologiya — Ivan Mixaylovich Sechhenov);

    • Xulq (bixeviorizm — Jon Uotson);

    • Ongsiz ravishda (chuqur psixologiya: psixoanaliz — Zigmund Freyd, individual psixologiya — Alfred Adler, analitik psixologiya — Karl Gustav Yung);

    • Obrazlarni qayta ishlash jarayoni va ushbu jarayonlarning natijalari (geshtalt-psixologiya — Maks Vertgeymer);

    • Inson mavjudligi muammolari (gumansitik, jumladan, ekzistentsial psixologiya — Abraxam Maslou, Karl Rodjers, Viktor Frankl, Rollo Mey, ontopsixologiya — Antonio Menegetti va pozitiv psixologiya — Martin Seligman);

    • «Miya» axborot tizimi tomonidan axborotni qayta ishlash jarayonlari, insonning o’rganish qobiliyatlari (kognitiv psixologiya — Jorj Miller, Gerbert Saymon, Allen Nyuell, Noam Xomski, Devid Grin, Jon Swits va boshqalar);

    • V. A. Mazilovning fikricha, insonning ichki dunyosini ilmiy psixologiya predmeti deb hisoblash maqsadga muvofiq.

    PSIXOLOGIYA OB’YEKTI
    Psixologiya fanining ob’yekti — turli ruhiy fenomen tashuvchilarning jamlanmasi bo’lib, ularning asosiylari xulq-atvor, faoliyat, katta va kichik ijtimoiy guruhlardagi odamlar o’rtasidagi munosabatlari hisoblanadi.
    PSIXOLOGIYA VAZIFALARI

    • Psixik hodisalarning mohiyatini tushunishni o’rganish;

    • Ularni boshqarishni o’rganish;

    • Olingan bilimlardan amaliyotning turli sohalari samaradorligini oshirish uchun foydalanish;

    • Psixologik xizmat amaliyotining nazariy asosi bo’lish.

    PSIXOLOGIYA USULLARI (METODLARI)

    • Ma’lumot to’plash usullari (o’z-o’zini kuzatish, kuzatish, faoliyat natijalarini o’rganish, hujjatlarni o’rganish, so’rovnomalar usuli, testlar usuli, tadqiqotlar, biografik usul);

    • Ma’lumotlarga ishlov berish usullari (statistik tahlil, boshqa matematik usullar);

    • Psixologik ta’sir ko’rsatish usullari (muhokamalar, treninglar, shakllantiruvchi tadqiqotlar, ishontirish, ongiga singdirish, relaksatsiya va boshqalar);

    • Elektronensefalografiya, tomografiya, magnitoensefalografiya va inson tanasidan o’ta oladigan 700-900 nanometr uzunlikdagi to’lqinli infraqizil spektroskopiya asosida miya va alohida neyronlar elektrofiziologiyasi.

    PSIXOLOGIYA TARMOQLARI
    Download 95.44 Kb.




    Download 95.44 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Psixologiya haqida tushuncha fanning predmeti, tarmoqlari, vazifalari

    Download 95.44 Kb.