II.BOB. SILLIQ YUZALARNING DOPUSK VA O'TQAZISHLARI SISTEMASI




Download 249.84 Kb.
bet5/7
Sana31.05.2023
Hajmi249.84 Kb.
#67691
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Niyozova Ma’rifat. DOPUSK VA O\'TKAZGICHLAR
maqola 02.06.2023, alimov mikro protsessor 2-mustaqil ish olimjonova, 5-sinf Sinf soati yillik ish reja 2023-2024, Obevtivka umumiy, Hujjatga Header va Footer maydonlarini qoʻshish-fayllar.org, OT\'IBDO\' yillik reja 2021 2022 yil 2 — копия (4), She\'riy san\'atlar, 12-mavzu - ma\'ruza - Bilvosita va ikki bosqichli eng kichik kvadratlar usuli, Tema 10-Pedagogikaliq psiхоlоgiyanin juzege keliw tariyxi, slayd 10 mavzu
II.BOB. SILLIQ YUZALARNING DOPUSK VA O'TQAZISHLARI SISTEMASI
2.1. Silliq yuzalarda dopusk
Detallavrning o'lchamlari va formasi mashinalarni konstruktivlashtirishda aniqlanadi. Konstruktor detallarning ishlash sharoitini bilgan holda,uning uchun material tanlanadi va eng ma'qul shaklini belgilab oladi. Hisoblab chiqilgan detal o'lchamlari ishchi yuklanish ostida detalning materiali, mustahkamlik zaxirasini saqlaydi.Hisoblarda hosil bo'lgan detal o'lchamlaring miqdori normal nomlangan miqdorgacha yaxlitlanadi va ko'p holatlarda butun rahamgacha keltirilib bu oxirgi o'lcham chizmalarga qo'yiladi. Detalni yasash uchun chizma asosiy ho'jjat hisoblanadi. Konstruktor tomonidan belgilangan chizmadagi har qanday o'lchamlar (uzunlik,eni,diametr va h.k.) nominal o'lcham hisoblanadi va teshik uchun Dн, val uchun dн рarflari bilan. Konstruktor tomonidan yuelgilangan bu o'lcham GOST-6636-69 yoki ST SEV 514-77ga asosan qabul qilingan nominal o'lchamlardan tanlanadi va o'ziga yaqin bo'lgan katta o'lchamga yaxlitlanadi. Masalan, hisoblash natijasida va diametrning o'lchami 48.6 mm hosil bo'lsa, GOST-6636-69da bo' o'lchamga yaqin va katta bo'lgan nominal diametr 50 mm qabul qilinadi.Detallarni tayyorlashda ularning o'lchamlari nominal o'lchamliga teng bo'lmaydi. Texnik chyaizmaga asoslanib detal tayyorlanadi va o'lchash asbobning yo'l qo'yilgan xatoligi bilan detalni bevosita o'lchash natijasida olingan o'lcham haqiqiy o'lcham deb ataladi va Dx , dx bilan belgilanadi. Haqiqiy o'lcham detalning nominal o'lchamidan hamma vaqt farq qiladi. Bunda dastgoh , asboblarnig eyilishi va noaniqligi , shuningdek, detalni ishlashda dastgoh,moslama, asbob va detalning deformatsiyalanishi va boshqa bir qancha faktorlar sabab bo'ladi. O'lcham bilan uning nominal qiymati orasidagi algebraik ayirma o'lchamning chetga chiqish (otklonenie)i deyiladi va teshik uchun ,val uchun harflari bilan belgilanadi.O'lcham o'zining nominal qiymatidan katta bo'lsa, chetga chiqishi masbat,agar kichik bo'lsa,u holda chetga chiqish manfiy bo'ladi. Haqiqiy o'lcham bilan nominal o'lcham orasidagi algebraik ayirma haqiqiy chetga chiqish (destvitelnoe otklonenie) deb aytiladi. Nominal o'lchamni ko'rsatish uchun nol chizig`i qo'llanadi. Bu chiziqning ustki qisimiga musbat ishorali chetlanishlar, pastki qismiga manfiy ishorali chetlanishlar qo'yiladi . Nol chizig`i odatda gorizontal chiziladi.
Har qanday mashina ayrim detal va uzel (qism)lardan yig`iladi. Biri ikkinchisiga kiradigan ikki detalning birikishiga qamrovchi va qamraluvchi sirtlar bir-biridan farq qiladi .Tsilindrli birikmalarda qamrovchi ichki sirt tеsilindrli birikmalariga qamrovchi sirt umumiy nom bilan teshik, kamraluvchi sirt esa val deyiladi. Shuningdek tsilindrik bo'lmagan boshqa qamrovchi va qamraluvchi sirtlarda va "teshik" va "val" nomlari shartli ravishda ishlatiladi. Teshik bilan valni biriktiruvchi o'lcham umumiy bo'lib , birikmani tashkil qiluvchi birikmani nominal o'lchami deb aytiladi. Birikmaning nominal o'lchamning chetga chiqishini hisoblash uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Detallar birikishiga qarab mahkam , xudi bir detaldek ishlashi yoki bir - biriga nisbatan sirpanishlari mumkin. Detallarning bir-biriga mahkam yoki erkin sirpanish darajasi ishlash sharoitiga qarab har-xil bo'ladi. Teshik bilan valikning o'lchamlari farqidagi hosil bo'lgan bir-biriga nisbatan erkin sirpanish yoki o'zaro siljishga qarshilik ko'rsatish darajasi bilan aniqlanadigan detalning birikish xarakteri o'tqazish (posadka) deyiladi. O'tqazishlarning turlari : zazor , taranglik va otadigan bo`ladi. Teshik va val o'lchamlari orasida musbat (D > d , teshikning o'lchami valning o'lchamidan katta) zazor deb aytiladi va S harfi bilan belgilanadi. O'tadigan o'tqazish. Bu o'tqazishlarda ham zazor ham taranglik bo'lishi mumkin bo'lib,zazor bilan o'tqazish va taranlik bilan o'tqazish o'rtasidagi holatni egallaydi. Bu o'tqazishlar eng katta zazor va eng katta tarangliklar bilan xarakterlanadi.Taranglik biriktirilgan detallarning bir-biriga nisbatan siljitishga йarshilik ko'rsatish darajasi bilan xarakterlanadi. Xamma utkazishlar uch guruxga bo`linadi. 1.Zazor bilan o'tqazish. Bu o'tkazishlarda detallarning ish davrida bir-biriga nisbatan erkin siljishi, birikmada zazor bo'lishi bilan ta'minlanadi.Bu o'tkazishlarda sirpanadigan o'tkazish, xarakterlanadigan o'tkazish, ko'zgaladigan utkazish , oson xarakatlanadigan , keng xarakatlanadigan utkazish va issik xarakatlanadiganlar kiradi. Teshikning pastki chekli chetka chiqish ulchami Bilan valning yukorigi chekli ulchami orasidagi algebraik ayirma eng kichik zazor: Ayrim hollarda eng kichik zazor (masalan , sirpanadigan o'tqazishlarda) nolga ham teng bo'lishi mumkin. Teshikning yuqorigi chekli chetka chiqish o'lchami bilan valning pastki chekli chetga chiqish o'lchami orasidagi algebraik ayirma eng katta zazor deb aytiladi : Zazor biriktirilgan detallarning bir-biriga nisbatan erkin sirpanish darajasini xarakterlaydi . Taranlik bilan o'tqazish. Val va teshik orasidagi yig`ilgan qadar bo'lgan o'lchamlari orasidagi musbat (valning o'lchami teshikning o'lchamidan katta (d > D) ayirma taranlik deyiladi va harfi bilan belgilanadi. Taranlik bilan o'tqazish - bu o'tqazishlarda ish davrida detallarning bir-biriga nisbatan qo'zqalmasligi biriktirilishi taranglik bo`lishi bilan taminlanadi. Bu o'tkazishlarga qizdirib o`tkazish, presslab o`tkazish va engil presslab lar kiradi. Valning yuqorigi chekli chetga chiqish ulchami bilan teshikning pastki chekli chetga chiqishi orasidagi algebraik ayirma eng katta taranglik (max) Valning pastki chekli chetga chiqish o`lchami bilan teshikning yuqorigi chekli chetga chiqishningorasidagi algebraik ayirma esa eng kichik taranlik (Nmin) deyiladi O'tadigan o't`azish.Bu o'tqazishlarda ham zazor ham taranglik bo'lishi mumkin bo'lib,zazor bilan o'tqazish va taranlik bilan o'tqazish o'rtasidagi holatni egallaydi. Bu o'tqazishlar eng katta zazor va eng katta tarangliklar bilan xarakterlanadi. O'tadigan o'tkazishlarda - valning yuqorigi chekli chetga chiqish o'lchami bilan teshikning pastki chiqish o'lchami orasidagi algebraik ayirma . Еng katta taranglik ( Nmax) , valning pastki chekli chetga chiqish ulchami bilan teshikning yukorigi chekli chiqish ulchami orasidagi algebraik ayirma eng katta zazor qiymatini beradi (Smax) O'tqazish dopuski. Zazorning joizligi(dopuski) quyidagicha aniqlanadi : Taranlik joizligi chekli tarangliklar farqi orqali hisoblanadi: O'tkazadigan o'tqazishlarda o'tqazish dopuski eng katta taranglik va eng katta zazor yig`indisi bilan aniqlanadi: Teshik va val sistyemalari. Standartda belgilangan barcha o'tkazish dopuslarda teshikning yuqorigi chekli chetga chiqish yoki valnining pastki chekli chetka chiqishi nolga teng bo'lishi kerak. Butun ittifok o'tqazish va dopusklar sistemasi ikkita mustaqil sistemaga - teshiklar sistemasi va vallar sistemasiga bo'linadi. Teshikning pastki chekli chetga chiqishini nolga teng bo'lib bajarilgan barcha o'tqazishlar teshik sistemasini tashkil etadi. Bunday teshik asosiy teshik deb ataladi.Asosiy teshik sistemasi shu bilan xarakterlanadiki, bunda bir xil bo'lgan barcha o'tqazishlar uchun teshikning chekli chetga chiqishi o'zgarmas qolib, xar bir o'tqazishi faqat valning chekli chetga chiqishi o'lchamlarini o'zgartirish hisobiga olinadi. Valning yuqorigi chekli chetga chiqishini nolga teng qilib bajarilgan barcha o'tqazishlar va val sistemasini tashkil etadi. Bunday val asosiy deb aytiladi. Val sistemasida aniqlik bulgan barcha o'tqazishlar uchun valning chekli chetga chiqish o'lchami o'zgarmas bo'lib qolib , xar - bir o'tqazish faqat teshikning chekli chetga chiqish o'lchamlarini hisobiga erishiladi. Teshik sistemasida birikmaning nominal o'lchami bo'lib, teshikning pastki chekli chetga chiqish o'lchami hisoblanadi. Xudi shuningdek, val sistemasidagi birikmaning nominal o'lchami bo'lib , valning yuqorigi chekli chetga chiqish o'lchami deb qisoblanadi. GOST da teshik sistemvsi katta H xarfi bilan, val sistemasi kichik h harfi bilan shartli belgilangan. Teshikni ishlab chiqarish uchun turli qimmatbaho asboblar bilan ishlov beriladi (zenker, parma, razvyortka, protyajka). Val bulsa bir turli asboblar bilan ishlab chikarilishi mumkin. Hozirgi zamon mashinasozligida ko`p miqdorda ishlab chiqariladigan bir xil funksiyani bajaruvchi detallarning istalgani biror uzel, mexanizm va mashinalarga o`rnatilganda, ular o`rnatiladigan o`ringa, qo`shimcha ishlov bermay va moslamay yig’iladi. Detallarning o`zaro almashuvchanligini ta`minlash uchun ularni chizmalarda ko`rsatilgan nominal o`lchamlariga muvofiq ishlab chiqarish zarur. Loyiha natijasida aniqlanib va GOST 6636-96 ga muvofiq o`ziga yaqin bo`lgan katta qiymatga yaxlitlanib olingan asosiy o`lcham nominal o`lcham deyiladi. Biroq ishlov berishda detalning birorta ham o`lchami nominal o`lchamga teng bo`lolmaydi. Bunga stanok, kesuvchi asbob va o`lchov asboblarining noaniqligi, keskich uchining eyilishi, keskich bilan detalning kesuvchi kuch ta`sirida deformatsiyalanishi va boshqa bir qancha sabablar bo`ladi. Shuning uchun, detallarning o`zaro almashinuvchanligini ta`minlash maqsadida, nominal o`lchamlaridan farqli ravishda ularning eng katta va eng kichik chekli chetga chiqish o`lchamlari belgilanadi. Nominal o`lcham yo`l qo`yilgan chegarada chetga chiqishini hisoblashning boshlanishi bo`lib xizmat qiladi. Yo`l qo`yilgan chegarada chetga chiqish yo`l qo`yilgan chegara bilan nominal o`lcham orasidagi algebraik farq bo`lib hisoblanadi. Detalni bevosita o`lchash yo`li bilan aniqlangan o`lchami haqiqiy o`lcham deb aytiladi. Orasida detalning haqiqiy o`lchami joylashgan ikkita ruxsat etilgan oxirgi o`lchamlar yo`l qo`yilgan chegaradagi o`lchamlar deyiladi. Detalning yo`l qo`yilgan chegaradagi o`lchamlari, uning tayyorlash sifatini ta`minlaydi. Detalning tayyorlash usulidan qat`iy nazar, uzel yoki mashinadagi o`rniga qo`shimcha ishlov bermasdan qo`yib hamda ish paytida o`z funksiyasini barcha texnikaviy talablarga javob bergan holda bajarishga to`liq o`zaro almashinish deyiladi. O`zaro almashinishning asosiy sharti, talab qilingan o`tkazishni ta`minlashdan iborat. Detallarning birikish xarakteriga , ya`ni zazorli ( ma`lum oraliq bilan ) yoki zazorsiz (bir-biriga nisbatan qisilib-tarang) birikishiga o`tkazish deyiladi. Birikuvchi ikki detalning ichki o`rab oluvchi elementi teshik va tashqi o`raluvchi elementi val deyiladi. Bu terminlar ,albatta shartli bo`lib, ular detalning xoxlagan shakldagi elementi bo`lishi mumkin (6.2-shakl). Birikuvchi detallar bir-biriga nisbatan qo’zg’aladigan (erkin) yoki qo`zg’almaydigan holda joylashgan bo`ladi. Ularni bir-biriga nisbatan erkin joylashishi birikmada oralik (zazor) bo`lganligidan (teshik o`lchami val o`lchamidan katta), qo`zg’almaydigan holda joylashishi birikmada zazor bo`lmaganligidan, ya`ni bir-biriga nisbatan qisilib (tarang) joylashishidan hosil bo`ladi. Qo`zg’almaydigan holda joylashganda detallar yig’ilguncha val diametri teshik diametridan katta bo`ladi. O`lcham dopuski tetalning yo`l qo`yilgan chegarada eng katta va eng kichik o`lchamlar orasidagi farqga dopusk(cheklanish) deyiladi. Yo`l qo`yilgan chegarada eng katta o`lcham bilan nominal o`lcham orasidagi farqga yuqori chetga chiqish, eng kichik o`lcham bilan nominal o`lcham orasidagi farqga pastki chetga chiqish deyiladi. Asosiy chetga chiqish yo`l qo`yilgan chegaradagi yuqorigi yoki pastki chetga chiqishlardan biri bo`lib dopusk maydoniga nisbatan “nol” chizig’ini aniqlashda foydalaniladi. Nol chiziq bu birikmaning nominal o`lchamiga mos kelib, unda dopusk va o`tkazishlarni grafik tasvirlashda chetga chiqish o`lchami qo`yiladi. Yuqori va pastki chetga chiqishlar bilan chegaralangan maydon dopusk maydoni deyiladi hamda u dopusk qiymati va nominal o`lchamga nisbatan holati bilan aniqlanadi. Masalan, valning nominal diametri 40 mm ga teng, yo`l qo`yilgan chegarada chetga chiqish yuqorisi +0,008 mm, pasti- 0,008 mm. Diametrga dopusk va yo`l qo`yilgan chegarada diametr qiymati aniqlansin. Diametrga dopusk : 0,008 –(-0,008)=0,016 mm. Yo`l qo`yilgan chegarada eng kichik diametr : 40-008= 39,992 mm, yo`l qo`yilgan chegarada eng katta diametr : 40+0,008 =40,008 mm. Chiziqli o`lchamning yo`l qo`yilgan chegarada yuqori va pastki chetga chiqish, nominal o`lchamga nisbatan kichik shrift bilan uning qatorida yoziladi (6.5-shakl,a). Bunda plyus belgisi, chekli o`lchamning nominal o`lchamdan kattaligini ko`rsatadi, minus belgisi esa chekli o`lchamning nominal o`lchamdan kichikligini kursatadi. Yo`l qo`yilgan chegarada chetga chiqish nolga teng bo`lsa, u yozilmaydi.(6.5-shakl,b). Yo`l qo`yilgan chegarada yuqori va pastki chetga chiqishlarning son qiymati teng bo`lsa, u nominal o`lcham bilan bir xil shriftda bir marta yoziladi (6.6-shakl, a). Yo`l qo`yilgan chegarada chetga chiqishini chizmada qo`yishga misol 6.6-shakl, bda ko`rsatilgan. Yuqori va pastki chetga chiqishlarni ko’rsatuvchi sonning o`lchamlarinominal o`lchamni ko`rsatuvchi sonning o`lchamiga nisbati va ularning yozilish tartibi berilgan. O`tqazishlar, kvalitetlar yuqorida aytganimizdek, detallarning zazorli yoki zazorsiz birikishiga o`tkazish deyiladi. O`tkazishlar uch guruhga bo`linadi. Zazor bilan o`tkazish. Bunda: sirpanadigan qilib, xarakatlanadigan qilib, qo`zg’aladigan qilib, oson harakatlanadigan qilib o’tkzish , bemalol harakatlanadigan qilib, o`tkazish va harakatlanadigan qilib issiqlayin o`tkazish mumkin; Taranglik bilan o`tkazish. Bunda: qizdirib, presslab, engil presslab o`tkazish mumkin; O`tadigan o`tkazishlar. Bunda qimirlamaydigan qilib, tig’iz, tarang, jips o`tkazish mumkin. Detal elementlarining o`lchami 100 000 mm.gacha bo`lgan birikmalarda dopusk va o`tkazishlar quyidagi GOSTlarda berilgan: GOST 25346-96. GOST 25347-96. GOST 25348-96. GOST 25349-96. Bu nominal o`lchamlar quyidagi intervallarga bo`lingan: 1 gacha, 1dan 500 gacha, 500dan 10000 gacha. Val yoki teshik sistemasining bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o`tishdagi izchillik darajasida dopuskning qiymatiga kvalitet deb ataladi. GOSTda dopuskning ortib borishi bilan kattalashib boruvchi tartib rakamlar bilan belgilangan 19 ta kvalitet nazarda tutilgan : 01,0,1,2,3,…,17. 01,0,1,2 lar-eng yuqori aniklikdagi kvalitetlar hisoblanadi. Yo`l qo`yilgan chegarada asosiy teshikning o`lchami o`zgarmasdan, valning o`lchami o`zgarishi xisobida- teshik sistemasida, yoki asosiy valning o`lchami uzgarmasdan,teshikning o`lchami uzgarishi xisobida- val sistemasida berilgan kvalitet va nominal o`lchamlar intervali uchun xar xil turdagi o`tkazishlar hosil bo`ladi. Yo`l qo`yilgan chegarada yuqorigi chetga chiqishi nolga teng bo`lgan Valga asosiy val deyiladi va h xarfi bilan shartli belgilanadi, pastki chetga chiqishi nolga teng bo`lgan teshikka asosiy teshik deyiladi deyiladi va H xarfi bilan shartli belgilanadi. Teshik sistemasida o`tkazishlar asosiy teshik o`lchami uzgarmagan holda, yo`l qo`yilgan chegarada val o`lchamining uzgarishi xisobida hosil kilinadi. Bunda valni talab qilingan o`lchamda tayyorlash oson hamda ishlov berishga kam xarakajat ketadi. SHuning uchun teshik sistemasi afzal hisoblanadi. Val sistemasida o`tkazishlar asosiy val o`lchamlari uzgarmagan holda, yo`l qo`yilgan chegarada teshik o`lchamining uzgarishi xisobida hosil kilinadi. Val sistemasi ayrim xollarda , masalan, xar xil o`tkazishlarga ega bo`lgan ko`p sondagi detallarni uzun valga bir vaktning uzida o`tkazishda kullaniladi. Ayrim payt bitta buyumda o`tkazishlar xar xil sistemasida, ikki diametri teshik sistemasida bajariladi. O`tqazishlar guruhi, dopusk maydoni va o`tqazishlarni belgilanishi dopusk maydoniga kiradigan asosiy chetga chiqishlarni shartli belgilari lotin xarflari bilan belgilanadi. Bunda teshik bosh xarf bilan, val kichik xarf bilan belgilash qabul qilingan. Asosiy chetga chiqishlarning a--h oralig’i teshik sistemasida vallarning dopusk maydonida zazor bilan: Js-n oralig’i o`tadigan, p-zc oralig’i taranglik bilan o`tkazishga mo’ljallangan. Xuddi shunga o`xshash val sistemasida teshiklarni dopusk maydonida asosiy chetga chiqishlarning A-H oralig’i zazor bilan Js –N oralig’i o`tadigan, P- ZC oralig’i taranglik bilan o`tkazishga mo`ljallangan. Dopusklar kiskacha JT xarflar bilan belgilanib, u «xalkaro dopusk» ma`nosini bildiradi. Xarflardan keyin kvalitet tartib raqami ko`rsatiladi, masalan JT8. Dopusk maydonining shartli belgisi bitta harf va sondan , ya`ni asosiy chetga chiqishining belgisi hamda kvalitet nomeridan tuzilgan bo`ladi. Masalan, dopusk maydoni vallar h6, d10, s7, Js 5 dopusk maydonida teshiklar H 6, D10,S7, Js 5. O`tkazishning shartli belgisi ikki birikuvchi element ( teshik va val) lar uchun umumiy bo`lgan nominal o`lcham va xar bir element uchun dopusk maydonining shartli belgisidan iborat bo`ladi. Masalan : yoki 50 H11-h1 Yoki o`tkazishning shartli belgisi ikki birikuvchi element (teshik va val)lar uchun umumiy bo`lgan nominal o`lcham va kasrning suratida teshikning chekli chetga chiqishining son qiymati, maxrajda esa valning chekli chetga chiqishining son qiymati ko`rsatiladi.



Download 249.84 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 249.84 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II.BOB. SILLIQ YUZALARNING DOPUSK VA O'TQAZISHLARI SISTEMASI

Download 249.84 Kb.