• ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
  • Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (biologiya) mutaxassisligi i-bosqich magistranti Janzoqova Charos Saydulla qizining "Ta'lim integratsiyasi " mavzusidan tayyorlagan taqdimoti




    Download 9.75 Mb.
    Sana19.04.2024
    Hajmi9.75 Mb.
    #201358
    Bog'liq
    slayd 10 mavzu
    Niyozova Ma’rifat. DOPUSK VA O\'TKAZGICHLAR, maqola 02.06.2023, alimov mikro protsessor 2-mustaqil ish olimjonova, 5-sinf Sinf soati yillik ish reja 2023-2024, Obevtivka umumiy, Hujjatga Header va Footer maydonlarini qoʻshish-fayllar.org, OT\'IBDO\' yillik reja 2021 2022 yil 2 — копия (4), She\'riy san\'atlar, 12-mavzu - ma\'ruza - Bilvosita va ikki bosqichli eng kichik kvadratlar usuli, Tema 10-Pedagogikaliq psiхоlоgiyanin juzege keliw tariyxi

    Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (biologiya) mutaxassisligi I-bosqich magistranti Janzoqova Charos Saydulla qizining "Ta'lim integratsiyasi " mavzusidan tayyorlagan taqdimoti
    Jamiyatdagi integratsiya jarayonida insonning integratsiya – alohida
    elementlarni yig'ib, ularni birlashtirish, yaxlit holga keltirish deb tushunish mumkin.
    Shuningdek, ko'pchilik olim va metodistlar integratsiya muammosining mazmunmohiyatini aniqlash bo'yicha fikr berganlar
    Hozirgi kunda "Integratsiya"
    tushunchasining aniq ta‘rifi metodik adabiyotlarda, bu muammo bo'yicha
    shug'ullangan olimlar tomonidan bir-biriga yaqin bo'lgan ta‘riflarda berilgan.
    Ta‘limni integratsiyalashning asosiy maqsadi boshlang'ich maktabdayoq tabiat va
    jamiyat haqida yaxshi tasavvur asoslarini qo'yish va ularning rivojlanishi qonunlariga
    o'z munosabatini shakllantirishdir.
    Ilmiy dunyoqarashni
    shakllantirishda yashirin aloqadorlik va bog'lanishlarni aniqlay bilish, fanlararo
    bog'lanish, ya‘ni uzviylikni ta‘minlash bugungi kuning eng dolzarb masalalaridan
    biridir. Chunki fanlararo aloqadorlik ta‘minlangan holda, darsni tashkil qila olgan o'qituvchi o'quvchilarda o'zining faniga bo'lgan qiziqishini oshiribgina qolmasdan,
    mazkur fanni o'zlashtirishga yordam beradi.
    Zamonaviy sharoitlarda fanlarni o‘qitishda ularning integratsiyasini ta‘minlashga yetarli e‘tibor berilmay kelmoqda. Hatto, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi o‘quv rejalaridagi fizika va elektrotexnika, kimyo va materialshunoslik kabi
    fanlar ham tizimli o‘zaro bog‘liqlikni ta‘minmagan holda o‘qitilmoqda. Muammoni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlar esa tegishli o‘quv rejalarida ushbu fanlarni o‘qitishning vaqt bo‘yicha muvofiqlashtirilishi yoki fanlar mazmunini
    qisman uyg‘unlashtirishga oid tadbirlar bilan cheklanmoqda. Uni tubdan hal qilish uchun esa, talabalar egallaydigan bilimlari yuqori sifat darajasini ta‘minlovchi o‘quv fanlari integratsiyasining zaruriy shart-sharoitlari, shakl, mazmun va vositalarini ishlab chiqish talab etilmoqda.
    Didaktika o‘quv fanlarini integratsiyalashga bir
    qancha yondashuvlarni taklif qiladi, biroq hali bu jarayonning umume‘tirof etilgan
    mazmuni, shakl va vositalari yaratilgan emas. Ko‘pchilik pedagog olimlar ta‘limdagi
    integratsion jarayonlarni o‘rganishda fundamental fanlarni integratsiyalashdagi
    tasavvurlardan kelib chiqqan holda ish ko‘radilar. Bu holat integratsiyaning dastlab
    fundamental tarmoqlarda amalga oshib, keyinchalik pedagogika sohasiga tarqanligi bilan izohlanadi.
    Ta‘kidlash joizki, o‘quv fanlari ilmiy fanlardan farq
    qiladi. Faqat bu farq ular mazmunida emas, balki bilimlarning berilish shakli, hajmi
    va bayon qilinish chuqurligida o‘z aksini topadi. O‘quv fanini o‘rganishdan maqsad o‘quvchini fandagi ob‘ektiv yangilik bilan tanishtirish emas, balki unda sub‘ektiv yangilikka ega bo‘lgan bilimlarni shakllantirishdan iborat.
    O‘quv fanlari
    integratsiyasining asosiy maqsadi sub‘ektiv yangi bilimlarni sintez qilishdan iborat
    bo‘lib, integratsiya jarayonlarining bosh vazifasi – sub‘ektiv yangi ilmiy bilimlarni
    sintez qilishga qaratilgan pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqishdan iborat
    Ta‘lim jarayonida yangi bilimlarning fanlararo sintez jarayoni juda sekin
    kechib, ba‘zida u bir qancha o‘n yilliklarga teng davrni qamrab oladi. O‘quv
    jarayonida o‘qituvchi bir yoki bir necha mashg‘ulot, yoki hatto bir necha daqiqa
    ichida talabani ilgari turli fanlariga oid o‘zlashtirilgan bilimlarga tayanuvchi
    sub‘ektiv yangi bilimga ―olib kelishi‖ kerak bo‘ladi
    E'TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
    Download 9.75 Mb.




    Download 9.75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (biologiya) mutaxassisligi i-bosqich magistranti Janzoqova Charos Saydulla qizining "Ta'lim integratsiyasi " mavzusidan tayyorlagan taqdimoti

    Download 9.75 Mb.