• Atom tuzilishi
  • Atom tuzilishi reja Atom Tushunchasi




    Download 2.84 Mb.
    bet1/2
    Sana09.04.2023
    Hajmi2.84 Mb.
    #49898
      1   2
    Bog'liq
    Nabiyev Abdurahmon 6 22 TVM.pptxk
    Abdullayev Munisbek, Abdurahimova Hilola 2 22 KT Чертеж, Mavzu; Kimyoviy kinetika va muvozanat, Qo\'chqorov Suhrob 3, Nabiyev Abdurahmon 1, мустакил иш хасанов, Shponkala va shlitsali birikmalarning o‘zaroalmashuvchanligi. 6 22 , Kvalitet tushunchasi. 6 22 TVM

     Atom yunoncha so’z bo’lib «bo’linmas» ma‘nosini anglatadi. Miloddan V asr oldin yashagan materialist olimlar Levkipp va uning shogirdi Demokrit barcha moddalar ko’zga ko’rinmaydigan darajada mayda zarrachalardan – atom (bo’linmas zarracha) lardan tashkil topgan degan fikrni ilgari surgan. Lekin atomning murakkab sistema ekanligini M.G.Pavlov 1819 yildayok aytib o’tgan edi. XIX asrning 80 – yillarida B.N. Chicherin atom xuddi «Quyosh» sistemasi kabi tuzilgan va uning markaziga musbat zaryadli yadro joylashgan deb ta‘riflagan edi. A.M.Butlerov 1886 yilda «atomlar bizga ma‘lum kimyoviy jarayonlarda bo’linmas bo’lib qolsada, keyinchalik kashf etiladigan jarayonlarda albatta bo’linishi kerak» degan edi. 1896 yilda Bekkerel radioaktivlikni kashf qildi. 1904 yilda J. Tomson atomning barcha qismini musbat zaryad band etadi va uni manfiy zaryadli zarrachalar – elektronlar o’rab turadi degan fikrni aytdi.

    Atom tuzilishi

    reja

    • Atom Tushunchasi
    • atom tuzilishi
    • Atom modeli
    • Radiaktivlik
    •  Atom tuzilishi haqida birinchi «Planetar (nuklear) nazariya» 1888 yilda Rossiya olimi B.N.CHicherin tomonidan taklif qilingan bo’lib, bu haqda D.I.Mendeleev 1888 yilning 4 fevralida Rusiya fizika va kimyo jamiyati majlisida ma‘ruza qilgan. Lekin bu haqda xalqaro kimyo adabiyotida e‘lon qilinmagan. Keyinroq 1903 yilda Tomson planetar nazariyani inkor qilib o’zining nazariyasini taklif qildi. Bu nazariyaga ko’ra atom – butun hajm uzra bir tekis tarqalgan musbat zaryaddan iborat bo’lib, bu musbat zaryadni manfiy zaryadli elektronlar neytrallab turadi. 1911 yilda ingliz olimi Ernst Rezerford o’z tajribalari asosida Tomson nazariyasining puchligini isbot qildi va planetar nazariyani qaytadan tikladi. 1911 yilda E.Rezerford - nurlarni metall (yupqa) plastinkadan o’tkazganda, ularning ko’p qismi metall plastinkadan bemalol o’tib, yo’nalishini o’zgartirmasligini, bir qismi (oz qismi) yo’nalishini o’zgartirishini kuzatdi. Juda kamdan – kam hollarda zarracha sachrab orqaga qaytdi. Shu tajriba asosida Rezerford atom tuzilishining nuklear (yadro) nazariyasini taklif qildi: atom markazida musbat zaryadli yadro joylashgan bo’lib, uning atrofida elektronlar harakatlanadi.
    • Dalton massaning saqlanish qonuni va tarkibning doimiylik qonunini atomlar gʻoyasi yordamida tushuntirish mumkinligini oʻyladi. U barcha materiyalar atom deb nomlangan mayda boʻlinmas zarralardan iborat boʻlib, ularni "qattiq, mustahkam, kuchli, oʻtib boʻlmaydigan, harakatchan zarracha(lar)" deb tasavvur qilgan. Dalton oltin kabi elementlarning har bir atomi shu elementning boshqa atomlari bilan bir xil boʻlishini taxmin qildi. Shuningdek, u bitta elementning atomlari boshqa barcha elementlarning atomlaridan farq qilishini taʼkidladi. Bugunga kelib, biz buni ayni haqiqat ekanini bilamiz. Natriy atomi uglerod atomidan farq qiladi. Elementlar bir nechta shunga oʻxshash qaynash nuqtalari, erish nuqtalari va elektromanfiy xususiyatlarga ega boʻlishi mumkin, ammo ikkala element ham aniq bir xil xususiyatlarga ega emas.
    •  Atom elektrneytral zarracha bo’lib, u musbat zaryadli yadro va manfiy zaryadli elektronlardan iborat. Atomning deyarli barcha massasini yadro massasi tashkil etadi. Atom yadrosi nuklonlardan, ya‘ni proton va neytronlardan tuzilgan. Bu nazariya dastlab 1932 yilda D.D.Ivanenko va Ye.N. Gapon tomonidan takdif etilgan.
    • Atomning radiusi juda kichik: 10 –10 m (yoki 10–9 nm). Masalan, vodorod atomining radiusi 0,053 nm (nanometr) bo’lsa, kumush atomining radiusi 0,144 nm ga teng. Yadro radiusi esa 10– 4 – 10– 5 nm chamasida bo’ladi, ya‘ni atomnikidan taxminan 105 marta (100000) kichikdir. Atom tuzilishi nazariyasi yaratilishida kimyoviy elementlarning optik spektrlarini tekshirish katta ahamiyatga ega bo’ldi.
    • Elektr zaryadi qiymatini 1909 yilda R. Malliken aniqladi. Protonning massasini esa Ye. Golshteyn aniqlagan edi. Proton massasi vodorod atomi massasiga teng bo’lib chiqdi. Neytron massasi (1,6747 · 10– 27 
    • kg) 1932 yilda J.CHedvik tomonidan aniqlandi.
    • Rezerford 1911 yilda atom tuzilishining yadro nazariyasini taklif qildi. Bu nazariyaga muvofiq atom markazida musbat zaryadli yadro joylashgan bo’lib, uning atrofida eletronlar aylanib yuradi. Butun atom elektroneytraldir, chunki elektronlar zaryadining yigindisi yadroning musbat zaryadlari soniga teng. Elektronlar massasi juda kichik, demak haqiqatda atomning barcha massasi uning yadrosida to’plangan. Musbat yadro bilan elektronlar orasida tortilish kuchi elektronlarning markazdan qochish kuchi bilan muvozanatda bo’ladi:
    • Tomson nazariyasiga ko‘ra atom musbat zaryadlangan doira bo‘lib, bu zaryadning ichida doimo elektronlar tebranib turadi.Ana shu atomning musbat zaryadlangan qismi atomning butun qismini egallab turadi.
    • Rezerford modeli. Atomning planetar yadroviy modeli. Тomson modelini to’g’ri — noto’g’riligini isbotlash maqsadida 1911 yilda E.Rezerford — zarrachalar (ikki marta ionlashgan gelliy atomi) bilan yupqa oltin plastinkasini (folgani) bombardimon qiladi.Bunda zarrachalar oltin plastinkadan turli burchaklarda sochiladi. Sochilgan — zarrachalar ichida 180° ga sochilganlari ham bo’ladi Butun atomning o‘lchami 10^–8 sm atrofida, yadroniki 10^–18 sm ga yaqin, ya’ni yadro o‘lchami jihatdan atomdan taxminan 100000 marta kichik. Shuning uchun α-zarrachalarning ko‘pchiligi metall plastinkaning atomlari orqali ularning yadrolaridan ancha uzoq masofadan o‘tib ketadi va o‘z yo‘lidan og‘maydi. Lekin α−zarrachalarning bir qismi yadroning yaqinidan o‘tadi, natijada kulon itarilish kuchlari vujudga keladi va zarrachalar to‘g‘ri yo‘ldan og‘adi. Yadroga juda yaqin joydan o‘tgan zarrachalar o‘sha kuchlar ta’sirida yanada kuchliroq og‘adi. Atom, umuman, elektroneytral, har qaysi atom yadrosining musbat zaryadlari soni, shuningdek, yadro maydonida aylanadigan elektronlar soni elementning tartib raqamiga teng.
    • Yadro reaktsiyasini chuqur o’rganish natijasida Rossiya fizigi Ivanenko va u bilan bir vaqtda nemis fizigi Geyzenberg (1932y.da) atom yadrosi tuzilishining proton – neytron nazariyasini taklif qildilar. Bu nazariyaga muvofiq atom yadrosi proton va neytronlardan tuzilgan. Umumiy nom bilan nuklonlar deb ataladigan bu ikki xil zarrachalar deyarli bir xil massaga ega bo’lib, u taxminan bir uglerod birligiga teng. Massalar soni nuklonlarning umumiy sonini, ya‘ni ayni element atom yadrosidagi proton va neytronlar sonini bildiradi. Masalan, natriy atom yadrosining massalar soni 23; u 11 ta proton va 12 ta neytrondan iborat.
    • Proton kattaligi jihatidan elektron zaryadiga teng bo’lgan musbat zaryadga ega. Neytronlar zaryadsiz bo’lgani uchun atom yadrosining musbat zaryadi undagi protonlar soniga qarab aniqlanadi.
    • Masalan, natriy atom yadrosining musbat zaryadi 11 ga teng, demak unda 11 ta prton bor. Elementning tartib raqami atomning yadro zaryadiga teng. Demak neytronlar soni N massalar soni A bilan tartib raqam Z orasidagi ayirmaga teng:
    • N = A – Z
    • Masalan, Mg atom yadrosining massasi soni 24, tartib raqami 12, demak unda
    • N = A – Z = 24 – 12 = 12 ta neytron bor.

    1913 йил Нильс Бор: Борнинг биринчи постулати: Электронлар ядро атрофида стационар орбита бўйича энергия ютмасдан ҳам ажратмасдан ҳам айланма ҳаракат қилиши мумкин. Борнинг иккинчи постулати: Электронлар стационар орбитадан бошқасига ўтганда квантлаб энергия ютади ёки ажратади. Математик ифодаси m – электрон массаси ν – электроннинг чизиқли айланиш тезлиги r – орбита радиуси n – электроннинг бош квант сони h – Планк доимийси (6,625 · 10-34 Дж/с)

      1   2




    Download 2.84 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Atom tuzilishi reja Atom Tushunchasi

    Download 2.84 Mb.