• Shlitsali birikmalar shponkali birikmalarga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega
  • Yuklanish holatida oq boyicha surishlarga parmalash shpindeli, avtomobillarning kardan vallari; yuklanishsiz surishlarga uzatmalar qutisidagi suriladigan tishli gildiraklar misol boladi.
  • Shponkala va shlitsali birikmalarning o‘zaroalmashuvchanligi. Reja




    Download 0.6 Mb.
    bet1/3
    Sana22.04.2024
    Hajmi0.6 Mb.
    #204209
      1   2   3
    Bog'liq
    Shponkala va shlitsali birikmalarning o‘zaroalmashuvchanligi. 6 22
    Nabiyev Abdurahmon 6 22 TVM.pptxk, Abdullayev Munisbek, Abdurahimova Hilola 2 22 KT Чертеж, Mavzu; Kimyoviy kinetika va muvozanat, Qo\'chqorov Suhrob 3, Nabiyev Abdurahmon 1, мустакил иш хасанов, Kvalitet tushunchasi. 6 22 TVM

    Shponkala va shlitsali birikmalarning o‘zaroalmashuvchanligi.
    Reja:
    1. Shlitsali birikmalarning turlari va ularning qo’llanishi.
    2. Shlitsali birikma detallarining yemirilish turlari.
    3. Shponkali birikmalar haqida umumiy ma’lumotlar.
    4. Shponkali birikmalarni hisoblash.
    Shlitsali birikmalar valni detal gupchagiga biriktirish uchun ishlatiladi. Shlitsali birikmalar vallardagi tashqi tishlar va detal gupchagi teshigidagi ularga mos ichki tishlar shlitsalar orqali hosil qilinadi. Bu birikmalarni shponkalari val bilan yaxlit qilib tayyorlangan ko‘p shponkali birikma sifatida tasavvur etish mumkin. Ba'zan bu birikmalar ishli birikmalar deb ham yuritiladi.
    Shlitsali birikmalar shponkali birikmalarga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega:
    a) bir xil o'lchamlarda ishchi yuzasining sezilarli kattaligi va tishlar balandligi bo'yicha bosimning tekis taqsimlanishi evaziga yuklanish qobiliyati katta;
    b) valning toliqish bo'yicha mustahkamligi yuqori;
    v) detallar valda yaxshi markazlanadi va ularni val bo'ylab surish lozim bo'lsa, aniqroq yo'naltiradi.
    Shlitsali birikmalar quyidagicha qo'llanishi mumkin: detal gupchagini valga qo'zg'almas, mahkam biriktirish uchun; detallarning kichik qiymatdagi o'qdoshmasligini kompensatsiyalash uchun; yuklanishsiz va yuklanish uzatadigan qo’zg'aluvchan (o'q bo'ylab suriladigan) birikma hosil qilish uchun. O'qdoshmaslikni kompensatsiyalash detallarni tayyorlashdagi xatoliklar (kamchiliklar) yoki o'zi o'rnashadigan konstruksiyalarga bog'liq.
    Yuklanish holatida o'q bo'yicha surishlarga parmalash shpindeli, avtomobillarning kardan vallari; yuklanishsiz surishlarga uzatmalar qutisidagi suriladigan tishli g'ildiraklar misol bo'ladi.
    Shlitsali birikmaldrning turlari va ularning qo'llanishi
    Shlitsali birikmalar ko'ndalang kesimidagi profil shakli bo'yicha, birikmaning o'qiga nisbatan tishlar yon sirtlari yasovchilarining joylashishi bo'yicha, markazlashtirish usuli bo'yicha hamda texnologik belgilari bo'yicha turlanadi.
    Profilning shakli bo'yicha shlitsali birikmalar to'g'ri yonli (11.1- rasm). evolventaviy (11.2-rasm). uchburchakli (11.3-rasm) turlarga bo'linadi. Bulardan eng ko'p tarqalgani to'g'ri yonli shlitsali birikmalar bo'lib, ular ГОСТ 1139-80 bo'yicha uch turkumda bo'ladi: yengil, tashqi diametri D = 26... 120 mm, tishlar soni diametrga bog'liq ravishda z= 6.8,10; o'rta D = 14... 125 mm, z = 6,8,10; og'ir D = 20... 125 mm, Z = 10,16,20; yengil va o'rta turkum (seriya) ko‘proq qo'llaniladi, og‘ir turkumdagi birikmalar yeyilish bo'yicha og'ir sharoitlarda ishlatiladi.
    Evolventaviv profilli shlitsali birikmalar to'g'ri yonlilarga nisbatan mustahkam va tayyorlanishi osonroq bo'ladi. Ularning mustahkamligi tishlar sonining ko'pligi va tishlari asosining kengayishi hisobigadir. Kuchlanishining buralishdagi effektiv konsentratsiya koeffitsiyenti 1,5 va ko'proq marotaba kam, egilishda esa deyarli teng.

    Download 0.6 Mb.
      1   2   3




    Download 0.6 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shponkala va shlitsali birikmalarning o‘zaroalmashuvchanligi. Reja

    Download 0.6 Mb.