|
Atom tuzilishi
|
bet | 1/5 | Sana | 06.12.2022 | Hajmi | 324.5 Kb. | | #33425 |
Bog'liq skachat.uz Atom-tuzilishi
Atom tuzilishi
Reja
1. Atom tuzilishi togrisida tarixiy malumotlar.
2. Atom tuzilishining yadro nazariyasi .
Atom yadrosini suniy yol bilan parchalash.
4. Atom yadrsining tarkibi. Izotoplar.
5. Atomlar elektron qobiqlarining tuzilishi.
Tayanch iboralar va tushunchalar:
Atom, elektron, radioaktivlik hodisasi, alfa - nurlar, beta - nurlar, gamma nurlar, atom tuzilishining yadro nazariyasi, yadro reaktsiyalari, proton, neytron, proton neytron nazariyasi, nuklonlar.
1. ATOM TUZILISHI TOGRISIDA
TARIXIY MALUMOTLAR.
Fanda uzoq muddat davomida atom bolinmas zarracha deb tushunib kelingan, yani atomda boshqa elementar zarrachalar yok deyiladi. Undan tashqari atomlar ozgarmas, yani bir atom boshqa atomga aylanmaydi deyilar edi.
Ammo XIX asrning oxirlariga kelib atom murakkab tuzilishga egaligi va bir atom boshqa atomga aylanishi mumkinligi isbot qilindi.
Atomning murakkabligini tasdiqlovchi dastlabki tajriba malumotlari 1879 yilda, siyraklashtirilgan gazlarda elektr zaryadi hosil bolishi xodisasini tekshirish natijasida olindi. Agar elektrodlar qovsharlangan shisha nayda havo surib olinsa va unga yuqori kuchlanishli tok ulansa, katoddan nur tarala boshlaydi. Bu nurlar katod nurlari deyiladi. Ular elektr maydoni da togri chiziqli harakatini ozgartirib, musbat qutb tomonga ogadi ( II.I - rasm). Tadqiqotlar shuni korsatdiki, bu oqim elektronlar oqimidan iborat.
III.1. Rasm. Elektr maydonida katod nurlarining ogishi.
Kopchilik metallar ultrabinafga nur bilan yoritilganda (fotoeffekt) ham elektronlar ajralib chiqadi. Elektronning massasi 9,1 . 10 –28 г, bu vodorod atomi massasining qismini tashkil qiladi.
Elektronlar hamma elementlardan ajralishi, metallarda elektr oqimini tashkil qilishi, alangada mavjudligi, kopgina moddalar qizdirilganda chiqishi, rentgen nurlanishida chiqishi isbotlangan. Bu yerdan shunday xulosa chiqadiki, elektronlar atomlar tarkibiga kiradi. U manfiy zaryadga ega. Atom esa elektrneytral zarrachadir. Bundan shunday xulosa chiqadiki, atomda yana musbat zaryadlangan zarracha ham bolishi kerak. Shunday qilib atom bu murakkab zarracha bolib, unda yanada kichik zarrachalar mavjuddir. Atomning murakkab zarrachaligini isbotlashda radioaktivlik xodisasi juda qol kelgan.
Atom tuzilishi haqidagi talimotning keyingi rivojlanishi, radioaktivlik hodisasining kashf etilishi bilan bogliq. 1896 yilda A.Bekkerel uran birikmalari kozga korinmaydigan qandaydir nurlar chiqarish xususiyatiga ega ekanligi va bu nurlar qora kogozga oralgan fotografiya plastinkasiga tasir qilishini aniqladi. Mariya Kyuri Skladovskaya va Per Kyurilar Bekkerel tekshirishlarini davom ettirib, 1898 yilda uran rudasida 2 ta yangi element radiy va poloniyni kashf etdilar. Bu elementlar juda faolnurlanish xossasiga ega.
Radioaktiv nurlanishni organish shuni korsatdiki, bazi radioaktiv elementlar (alfa) zaryadi, boshqalari (betta) va (gamma) nurlar chiqaradi.
- zarracha musbat zaryadlangan bolib, uning massasi 4 uglerod birligiga teng, tezligi 20000 km / sek, geliy ionlari (He2+ ) dan iborat.
- zarracha manfiy zaryadga ega, uning harakat tezligi 100000 km/ sek. Bu nur tez harakatdagi elektronlar oqimidan iborat.
- nur zaryadsiz bolib, xuddi rentgen nuriga oxshab elektr magnit tolqin xossasiga ega. U juda qalin metall plastinkasidan ham otadi. U eelktr maydonida ogmaydi. Ozining tabiati jihatidan yoruglik nurlariga oxshaydi, lekin tolqin uzunligining juda kichikligi bilan undan farq илади.
Radioaktiv nurlanishda bir element boshqa elementga aylanadi. Masalan, radiy o’zidan va - nurlar chiqarib enert gaz radon Rn ga aylanadi.
Atom yunoncha so’z bo’lib «bo’linmas» ma‘nosini anglatadi. Miloddan V asr oldin yashagan materialist olimlar Levkipp va uning shogirdi Demokrit barcha moddalar kozga korinmaydigan darajada mayda zarrachalardan atom (bolinmas zarracha) lardan tashkil topgan degan fikrni ilgari surgan. Lekin atomning murakkab sistema ekanligini M.G.Pavlov 1819 yildayok aytib otgan edi. XIX asrning 80 yillarida B.N. Chicherin atom xuddi «Quyosh» sistemasi kabi tuzilgan va uning markaziga musbat zaryadli yadro joylashgan deb tariflagan edi. A.M.Butlerov 1886 yilda «atomlar bizga malum kimyoviy jarayonlarda bolinmas bulib qolsada, keyinchalik kashf etiladigan jarayonlarda albatta bolinishi kerak» degan edi. 1896 yilda Bekkerel radioaktivlikni kashf qildi. 1904 yilda J. Tomson atomning barcha qismini musbat zaryad band etadi va uni manfiy zaryadli zarrachalar elektronlar orab turadi degan fikrni aytdi.
Atom tuzilishi haqida birinchi «Planetar (nuklear) nazariya» 1888 yilda Rossiya olimi B.N.CHicherin tomonidan taklif qilingan bolib, bu haqda D.I.Mendeleev 1888 yilning 4 fevralida Rusiya fizika va kimyo jamiyati majlisida maruza qilgan. Lekin bu haqda xalqaro kimyo adabiyotida elon qilinmagan. Keyinroq 1903 yilda Tomson planetar nazariyani inkor qilib ozining nazariyasini taklif qildi. Bu nazariyaga kora atom butun hajm ozra bir tekis tarqalgan musbat zaryaddan iborat bolib, bu musbat zaryadni manfiy zaryadli elektronlar neytrallab turadi. 1911 yilda ingliz olimi Ernst Rezerford oz tajribalari asosida Tomson nazariyasining puchligini isbot qildi va planetar nazariyani qaytadan tikladi. 1911 yilda E.Rezerford - nurlarni metall (yupqa) plastinkadan otkazganda, ularning kop qismi metall plastinkadan bemalol otib, yonalishini ozgartirmasligini, bir qismi (oz qismi) yonalishini ozgartirishini kuzatdi. Juda kamdan kam hollarda zarracha sachrab orqaga qaytdi. Shu tajriba asosida Rezerford atom tuzilishining nuklear (yadro) nazariyasini taklif qildi: atom markazida musbat zaryadli yadro joylashgan bolib, uning atrofida elektronlar harakatlanadi. Atom elektrneytraldir, chunki elektronlar soni yadroning musbat zaryadi soniga teng. elektronlarning umumiy massasi atomdagi proton va neytronlarning umumiy massasidan ancha kichik. Shuning uchun atomning 99,9 % dan koproq massasi uning yadrosiga toplangan. Atomga quyidagicha tarif berish mumkin:
|
| |