|
Ko’pchilik metallar ulмtrabinafga nur bilan yoritilganda (fotoeffekt) ham elektronlar ajralib chiqadi. Elektronning massasi 9,1 . 10 –28 г, bu vodorod atomi massasining 1/1837 qismini tashkil qiladi
|
bet | 2/15 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 35,85 Kb. | | #120976 |
Bog'liq Atomning tuzilishi-fayllar.orgKo’pchilik metallar ulмtrabinafga nur bilan yoritilganda (fotoeffekt) ham elektronlar ajralib chiqadi. Elektronning massasi 9,1 . 10 –28 г, bu vodorod atomi massasining 1/1837 qismini tashkil qiladi. Elektronlar hamma elementlardan ajralishi, metallarda elektr oqimini tashkil qilishi, alangada mavjudligi, ko’pgina moddalar qizdirilganda chiqishi, rentgen nurlanishida chiqishi isbotlangan. Bu yerdan shunday xulosa chiqadiki, elektronlar atomlar tarkibiga kiradi. U manfiy zaryadga ega. Atom esa elektrneytral zarrachadir. Bundan shunday xulosa chiqadiki, atomda yana musbat zaryadlangan zarracha ham bo’lishi kerak. Shunday qilib atom bu murakkab zarracha bo’lib, unda yanada kichik zarrachalar mavjuddir. Atomning murakkab zarrachaligini isbotlashda radioaktivlik xodisasi juda qo’l kelgan. Atom tuzilishi haqidagi ta‘limotning keyingi rivojlanishi, radioaktivlik hodisasining kashf etilishi bilan bog’liq. 1896 yilda A.Bekkerel uran birikmalari ko’zga ko’rinmaydigan qandaydir nurlar chiqarish xususiyatiga ega ekanligi va bu nurlar qora kog’ozga o’ralgan fotografiya plastinkasiga ta‘sir qilishini aniqladi. Mariya Kyuri – Skladovskaya va Per Kyurilar Bekkerel tekshirishlarini davom ettirib, 1898 yilda uran rudasida 2 ta yangi element – radiy va poloniyni kashf etdilar. Bu elementlar juda faolnurlanish xossasiga ega. Radioaktiv nurlanishni o’rganish shuni ko’rsatdiki, ba‘zi radioaktiv elementlar α (alfa) zaryadi, boshqalari β (betta) va γ (gamma) nurlar chiqaradi.
α - zarracha mтusbat zaryadlangan bo’lib, uning massasi 4 uglerod birligiga teng, tezligi 20000 km / sek, geliy ionlari (He2+ ) dan iborat.
β - zarracha manfiy zaryadga ega, uning harakat tezligi 100000 km/ sek. Bu nur tez harakatdagi elektronlar oqimidan iborat.
γ - nur zaryadsiz bo’lib, xuddi rentgen nuriga o’xshab elektr magnit to’lqin xossasiga ega. U juda qalinмт metall plastinkasidan ham o’tadi. U eelktr maydonida og’maydi. O’zining tabiati jihatidan yorug’lik nurlariga o’xshaydi, lekin to’lqin uzunligining juda kichikligi bilan undan farq qiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ko’pchilik metallar ulмtrabinafga nur bilan yoritilganda (fotoeffekt) ham elektronlar ajralib chiqadi. Elektronning massasi 9,1 . 10 –28 г, bu vodorod atomi massasining 1/1837 qismini tashkil qiladi
|