|
Atomning tuzilishi Atom tuzilishi to’g’risida tarixiy ma‘lumotlar
|
bet | 1/15 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 35,85 Kb. | | #120976 |
Bog'liq Atomning tuzilishi-fayllar.org
Atomning tuzilishi
Berdaq nomidagi QDU ning Kimyo texnologiya fakulteti 1A Kimyo guruh talabasi Nazarova Madina ning Kvant kimyo fanidan mavzuda qilgan taqdimoti!
Atom tuzilishi to’g’risida tarixiy ma‘lumotlar.
Atom haqida birinchi ma‘lumot.
Atom tuzilishida planetar modeli. Kvant bor nazariyasi.
Atom yadrosini sun’iy yo’l bilan parchalash.
Atom yadrsining tarkibi. Izotoplar.
Atomlar elektron qobiqlarining tuzilishi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Reja:
Atom tuzilishi to’g’risida tarixiy ma‘lumotlar.
Fanda uzoq muddat davomida atom bo’linmas zarracha deb tushunib kelingan, ya‘ni atomda boshqa elementar zarrachalar yo’k deyiladi. Undan tashqari atomlar o’zgarmas, ya‘ni bir atom boshqa atomga aylanmaydi deyilar edi.
Ammo XIX asrning oxirlariga kelib atom murakkab tuzilishga egaligi va bir atom boshqa atomga aylanishi mumkinligi isbot qilindi.
Atomning murakkabligini tasdiqlovchi dastlabki tajriba ma‘lumotlari 1879 yilda, siyraklashtirilgan gazlarda elektr zaryadi hosil bo’lishi xodisasini tekshirish natijasida olindi. Agar elektrodlar qovsharlangan shisha nayda havo surib olinsa va unga yuqori kuchlanishli tok ulansa, katoddan nur tarala boshlaydi. Bu nurlar katod nurlari deyiladi. Ular elektr maydoni da to’g’ri chiziqli harakatini o’zgartirib, musbat qutb tomonga og’adi ( II.I - rasm). Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, bu oqim elektronlar oqimidan iborat.
III.1. – Rasm. Elektr maydonida katod nurlarining og’ishi. Ko’pchilik metallar ulмtrabinafga nur bilan yoritilganda (fotoeffekt) ham elektronlar ajralib chiqadi. Elektronning massasi 9,1 . 10 –28 г, bu vodorod atomi massasining 1/1837 qismini tashkil qiladi.
|
| |