• Sharof Rashidovich Rashidov
  • Sovet Ittifoqida
  • Telman Gdlyan va Nikolay Ivanov
  • E’tiboringiz uchun rahmat. Islamova Nilufar Zayniddin qizi 21-23 guruh 1-bosqich talabasi
  • Аtoqli davlat arbobi Sharof Rаshidovning mamlakat taraqqiyoti yo’lida fidokorona xizmatlari 1




    Download 62.17 Kb.
    Sana29.03.2024
    Hajmi62.17 Kb.
    #181709
    Bog'liq
    Islamova Nilufar Tarixdan slayd
    Hybrid-renewable energy systems in microgrids integration, developments and control ( PDFDrive ), 1427572, gipermatnlar yaratish va ishlash, 2 5454015403950874988-3[1], Биринчи бет, Astanov Axliddin, Asosiy makroiqtisodiy ko, 11-маъруза, Additiv va multiplikativ ekonometrik modellarni tuzish, ,,,, Mavzu Erkin savdo va proteksionizm siyosati Reja, Tursunov Murodjon ingliz tilidan mustaqil ishi, Haqidagi fan, 0.В.И. Вешкурцев, Д.Г. Мирошин Практикум по дисциплине Оборудование отрасли, yakka tartibli ishchi reja


    Аtoqli davlat arbobi Sharof Rаshidovning mamlakat taraqqiyoti yo’lida fidokorona xizmatlari

    1.Sh.Rashidov siyosatga qadar


    2.Sh.Rashidov siyosiy arbob sifatida
    3.Sh.Rashidov davrida O’zbekistonda sanoatning rivojlanishi
    4.Sh.Rashidov davrida O’zbekistonda madaniyat taraqqiyoti
    5.Sh.Rashidov yozuvchi sifatida
    6.Sh.Rashidov xotirasi
    7.Manbalar
    Sharof Rashidovich Rashidov (6-noyabr (24-oktabr eski hisob boʻyicha) 1917 — 31-oktabr 1983) — sovet partiya va davlat arbobi, oʻzbek yozuvchisi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1974), Oʻzbekiston SSR Kommunistik partiyasi rahbari. 1939-yildan KPSS aʼzosi. Jizzax ped. texnikumini (1935), Samarqand Davlat Universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1941). Samarqand viloyati gaz.da masʼul kotib, muharrir oʻrinbosari va muharrir (1937-41,1943). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1941-yil noyabr — 1942). Oʻzbekiston KP Samarqand viloyat komiteti kotibi (1944-47), „Qizil Oʻzbekiston“ gazeta muharriri (1947- 49), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi raisi (1949-50). Oʻzbekiston Oliy Soveti Prezidiumi raisi (195059). Oʻzbekiston KP MK 1kotibi (1959 83). KPSS MK Siyosiy byurosi (Prezidiumi) aʼzoligiga nomzod (1961-83). 2 marta Mehnat Qahramoni (1974, 1977). Rashidov respublikaga rahbarlik qilgan yillarda qator bunyodkorlik ishlari bilan birga qishloq xoʻjaligi yerlaridan ekstensiv foydalanish oqibatida ekologik vaziyatning buzilishi, paxta yakkahokimligining qaror topishi kabi noxush holatlar ham yuz berdi. Rashidov vafotidan soʻng Markaz tomonidan totalitar tuzumning barcha kirdikorlari unga yuklanib, 80-yillar qatagʻonida nohaq qoralandi.
    Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, Rashidovning nomi oqlandi. Prezident Islom Karimovning tashabbusi bilan Rashidov tavalludining 75 yilligi nishonlandi. Rashidov Toshkentdagi Xalqlar Doʻstligi saroyi meʼmoriy majmuasi uchun qurilish gʻoyasining muallifi va ijodiy rahbari sifatida vafotidan soʻng Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti bilan taqdirlangan (1994). Sirdaryo viloyatidagi tuman, Toshkent va Jizzax shahridagi koʻchalar, maktablar, mahallalarga uning nomi berilgan. Jizzaxda Rashidov haykali va muzeyi bor. „Chigʻatoy“ qabristoniga dafn etilgan. Sharof Rashidov Oktabr inqilobidan bir kun oldin Jizzaxda, dehqon oilasida dunyoga kelgan.
    Samarqanddagi Oʻzbek Davlat Universitetining filoligiya fakultetini (1941), BKP (b) MK qoshidagi Butunittifoq Partiya Maktabini (BPM) (1948, sirtqi) bitirgan. Jizzax pedagogik texnikumini bitirgan. 1935-yildan oʻrta maktabda oʻqituvchilik bilan shugʻullangan. 1937-41-yillarda Samarqand viloyatining „Lenin yoʻli“ gazetasida maʼsul kotib, maʼsul muharrir oʻrinbosari, gazeta muharriri lavozimlarida ishlagan.
    1941-42-yillarda Sovet Armiyasi tarkibida Ikkinchi Jahon urushida qatnashgan. Oʻzbekistonga sovet-olmon frontining yaradorlari bilan qaytgan. 1943-44-yillarda „Lenin yoʻli“ gazetasida muharrir. 1944-47-yillarda Oʻzbekiston KP(b) Samarqand viloyati qoʻmitasi kotibi. 1947-49-yillarda „Qizil Oʻzbekiston“ respublika gazetasida maʼsul muharrir. 1949—1950-yillarda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi. 1950-1959-yillarda Oʻzbekiston SSR Oliy Sovet Prezidiumi raisi va SSSP Oliy Sovet Prezidiumi raisi oʻrinbosari. 1959-yil mart oyidan Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi. U 1937—1938-yillardagi Oʻzbekiston ziyolilari vakillarining (begunoh mahkumlarni) reabilitatsiya qilish tashabbusi bilan chiqqan. KPSS XIX-XXIV syezdlari delegati; 1956-yildan MK aʼzoligiga nomzod, 1961-yildan KPSS MK aʼzosi. Sharof Rashidov 1960-yillardan boshlab xalqaro siyosat maydonida chiqishlar qila boshladi. 1962-yilda Kuba inqirozi paytida u Fidel Kastro bilan muzokaralarda sovet delegatsiyasiga rahbarlik qildi. 1961-yildan MK Prezidiumi aʼzoligiga nomzod, 1966-yil aprelidan Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi MK Siyosiy burosi aʼzoligiga nomzod. 1966-yil apreldan KPSS Markaziy Qoʻmitasi Siyosiy byurosi aʼzoligiga nomzod. III-X chaqiriq SSSR Oliy Soveti deputati. 1970-yildan SSSR Oliy Soveti Prezidiumi aʼzosi. 1966-yilda Toshkentda A.Kosigin vositachiligida Hindiston Bosh vaziri L.Shastri va Pokiston Prezidenti Muhammad Ayubxon o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bu muzokaralarni tayyorlashda Sharof Rashidov ham ishtirok etgan[3].
    Ikki marta Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1974), (1977). Lenin mukofoti laureati. 6 marta Lenin ordeni bilan, 4 marta boshqa ordenlar bilan, shuningdek medallar bilan taqdirlanganRashidovning nomi uning rahbarligi davrida sodir boʻlgan mintaqaning iqtisodiy rivojlanishi bilan bogʻliq. Sharof Rashidov davrida bartilgan V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi dunyodagi eng yirik beshta aviatsiya korxonalaridan biriga aylandi. Bu yerda yiliga 60 dan ortiq yirik samolyotlar ishlab chiqarilgan. Toshkent traktor zavodida yiliga 21 mingdan ortiq traktor, „Tashselmash“da 10 mingdan ortiq paxta terish kombaynlari ishlab chiqarilgan. 1969-yilda Oʻzbekistonda Muruntov oltin koni oʻzlashtirildi, undan yiliga 100 tonna oltin qazib olindi.
    Rashidov davrida Oʻzbekiston yengil va oziq-ovqat sanoati rivojlangan industrial-agrar respublikaga aylandi, ogʻir sanoat oʻn barobar oʻsdi. Yirik issiqlik elektr stansiyalari (Toshkent, 1971-yildan, Sirdaryo, 1975-yildan, Navoiy, Angren DUKlar) va gidroelektr stansiyalari (Chorvoq, 1972-yildan) qurildi, gaz (Gazli koni, 1961-yildan) va neft qazib olish oʻzlashtirildi. Mashinasozlik sohalari sezilarli darajada (elektrotexnika, radioelektronika, priborsozlik, aviatsiya) rivojland. Rashidov davrida 1966-yildan boshlab O‘zbekiston poytaxti Toshkent qayta qurildi. Yangi muzeylar, bog‘lar, teatrlar, yodgorliklar barpo etildi. 1970-yilda Samarqandning 2500 yilligi nishonlandi, shu munosabat bilan Samarqandda yirik tadbirlar o‘tkazildi, shahar tarixi muzeyi, opera va balet teatri ochildi. 1977-yilda Oʻrta Osiyoda birinchi marta Toshkentda metro ochildi[5].
    1969-yilda Samarqandda temuriylar davri sanʼati tarixiga bagʻishlangan xalqaro simpozium boʻlib oʻtdi. 1973-yilda mashhur olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1000 yilligi keng nishonlandi, badiiy film suratga olindi.

    Oʻzbekistonda Sharof Rashidov rahbarligidagi ilmiy-tadqiqot institutlari soni 1960-yildagi 64 tadan 1980-yillarning boshlarida 100 taga yetdi. Sharof Rashidov tashabbusi bilan Oʻrta Osiyoda birinchi boʻlib Arxeologiya instituti tashkil etilgan. Sovet davlatining soʻnggi yillarida ruslar uchun Sharof Rashidov nomi korrupsiya va Sovet Ittifoqining maʼmuriy-buyruqbozlik boshqaruvining bosh timsoliga aylanib qoldi. Leonid Brejnev hukumati yillari Oʻzbekistonga paxta topshirishni oshirish haqidagi oxiri yoʻq qarorlar kelib turardi. Bunga javoban oʻzbek hukumati „qoʻshib yozish“ (Sovet Ittifoqida raqamlarning sunʼiy oʻsishi oddiy hol edi) hisobiga har doim dala maydonlarining irrigatsiyasi va paxta hosili haqida oldingisidan kattaroq raqamlarni yozishardi. Oʻsha „qoʻshib yozishlar“ 500 mingdan 1 mln. tonnagacha tashkil qilgan. Bu holat oʻzbek boshqaruvchilariga markazdan qoʻshimcha manbalar olish va Brejnev hokimiyatini sotib olishga imkon berardi. Faqatgina Rashidovning oʻlimidan soʻnggina, markaz oʻziga xos „oʻzbek ishi“ degan uydirmani oʻylab topdi va Oʻzbekistonga Telman Gdlyan va Nikolay Ivanov boshliq tezkor prokurorlar guruhini yubordi. Buning natijasida Oʻzbekiston hukumatida olib borilgan tozalashdan OʻzSSRning deyarli barcha rahbarli nishonga tushishdi (faqatgina Gossnab boshligʻi oʻz oʻrnini saqlab qoldi). Gdlyanning fikricha, oʻsha vaqtda butun Ittifoq korruptsiya toʻrida qolgan bir vaqtda Moskva Oʻzbek respublikasini ajratib qoʻyib nohaqlik qilgan. „Oʻzbek ishi“ natijasi respublikaning koʻpchilik aholisini milliy harakatga undadi. Bu ayniqsa qayta qurish davrining soʻnggi yillari kuchaydi. Xotirasi[


    Sharof Rashidov byusti

    • Toshkent shahrining Mustaqillik maydoni yonidagi koʻchaga Rashidov koʻchasi nomi berildi

    • 2016-yil 23-dekabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qarori bilan Jizzax viloyatining Jizzax tumaniga „Sharof Rashidov tumani“ nomi berildi

    • 2017-yil 27-mart kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning „Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini keng nishonlash haqida“gi qarori qabul qilindi Shu yilning 6-oktyabr kuni Jizzax shahrida Sharof Rashidovning haykali ochild

    .


    E’tiboringiz uchun rahmat.
    Islamova Nilufar Zayniddin qizi 21-23 guruh 1-bosqich talabasi
    Download 62.17 Kb.




    Download 62.17 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Аtoqli davlat arbobi Sharof Rаshidovning mamlakat taraqqiyoti yo’lida fidokorona xizmatlari 1

    Download 62.17 Kb.