• Ikki tomonlama hamkorlik
  • Mintaqaviy hamkorlik
  • Atrof – muhitni qadrlash Reja




    Download 37,73 Kb.
    bet6/8
    Sana02.12.2023
    Hajmi37,73 Kb.
    #109577
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Atrof-muhitni qadrlash va muhofaza qilish usullari

    MDH bilan hamkorlik. O‘zbekiston mintaqaviy integratsiya masalalari hamkorlikni alohida MDH a’zolari bilan ikki tomonlama kelishuvlar asosida (Rossiya Federatsiyasi, Ukraina) hamda MDH ijrochi qo‘mitasi yordamchi organi hisoblangan davlatlararo ekologik kengash bilan amalga oshiradi. 2000-yilda tayyorlangan va davlatlar rahbarlari tomonidan imzolangan 2025- yilgacha davrda MDH rivojlanishi bo‘yicha harakatlar dasturida atrof-muhitni qo‘riqlash bo‘yicha qator tadbirlar ko‘zda tutilgan (atrof-muhit monitoringi, ekologik xavfsizlik, sanoat chiqindilarini klassifikatsiyalash hamda ularni markirovka qilish yagona tizimi va h.k.). O‘zbekiston atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ikki yoqlama shartnomada qatnashib, tabiatdan foydalanishni barqarorlashtirish va atrof-muhit muhofazasi qoidalarining maxsus subregional strukturasini tuzishga kirishdi. 2005- yilda Shanxay hamdo‘stlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar bilan tabiatdan foydalanishni barqarorlashtirish va atrof-muhit muhofazasi qoidalari masalalari bo‘yicha konsepsiya ishlab chiqildi. Yevroosiyo iqtisodiy hamkorligi 2006-yilda qilgan ma’ruzasida, Yevroosiyo iqtisodiy hamkorlik, Parlamentaro tashkilotning umumiy yig‘ini, O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi Parlamenti taklif etgan Tabiatdan foydalanish va ekologiya, qishloq xo‘jaligi siyosati doimiy komissiyasi tashkil etildi.
    Ikki tomonlama hamkorlik. Hozirgi kunda uyushgan tartibda quyidagi mamlakatlar: Xitoy (1997-yildan), Gruziya (1995- yildan), Hindiston (1996-yildan), Isroil (1997-yildan), Yaponiya (1994-yildan), Qozog‘iston (1997-yildan), Qirg‘iziston (1996- 52 yildan), Malayziya (1996-yildan), Koreya Respublikasi (1995- yildan), Slovakiya (1998-yildan), Shveysariya (1998-yildan), Tojikiston (1994-yildan), Tailand (1998-yildan), Turkiya (1996- yildan), Turkmaniston (1996-yildan), Ukraina (1998-yildan), Birlashgan Arab Amirliklari (2006-yildan) va Ozarbayjon (2006- yildan) bilan ikki tomonlama hamkorliklar olib borilmoqda.
    Mintaqaviy hamkorlik. O‘zbekiston 1992-yildan beri ESKATO a’zosi hisoblanadi. O‘zbekiston ESKATO bilan, asosan, kadrlar tayyorlash masalalari bo‘yicha hamkorlik qiladi, shu jumladan, Yaponiya va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi yo‘nalishi bo‘yicha hamda Hindiston mintaqaviy o‘quv markazlari (Jug‘rofiy axborot tizimi (JAT)), Xitoy (chiqindilar), Malayziya va Tailand (ekologik boshqaruv) bilan. O‘zbekiston tarkibida quyidagi o‘nta davlat bo‘lgan ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha mintaqaviy davlatlararo tashkilot – Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO) a’zosidir: Ozarbayjon, Afg‘oniston, Eron Islom Respublikasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya va O‘zbekiston. EKOda atrof-muhitni qo‘riqlash sohasidagi hamkorlik masalalari bilan energetika, tabiiy mineral resurslar va atrof-muhit bo‘yicha direktorat shug‘ullanadi. EKO ESKATO bilan yaqin hamkorlik qiladi.
    Xalqaro moliyaviy institutlar mintaqaviy loyihalarga borgan sari ko‘proq e’tibor bermoqdalar, buning uchun esa Markaziy Osiyo barcha mamlakatlarning kuchlari birlashtirilishi va harakatlari moslashtirilishi zarur. Bugungi kunda mintaqa mamlakatlari mustaqil me’yorni, tabiatni qo‘riqlash siyosatini ishlab chiqishlari va amalga oshirishlari hamda mintaqaviy va dunyo miqyosida atrof-muhitni qo‘riqlash doirasida hamkorlikni amalga oshirishlari mumkin.
    Markaziy Osiyoda chegaralararo xarakterga ega eng muhim ekologik masala: suv manbalarining qisqarishi, sifatli ichimlik suviga erishish, chegara hududlarida radiatsiyadan ifloslanish xavfi, Orol dengizi tubidan chiqayotgan quruq tuz changining atrof-muhit havosini ifloslantirishi, tog‘lar ekotizimida qurg‘oqchilik va tanazzulga uchrashiga bog‘liq.

    Download 37,73 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 37,73 Kb.