|
Geografik axborot tizimlaridan foydalanish orqali baholash
|
bet | 5/8 | Sana | 02.12.2023 | Hajmi | 37,73 Kb. | | #109577 |
Bog'liq Atrof-muhitni qadrlash va muhofaza qilish usullariGeografik axborot tizimlaridan foydalanish orqali baholash
O‘zbekiston uchun 1992-yilda Rio-de-Janeyrodagi o‘tkazilgan BMTning “Atrof-muhit va rivojlanish masalasi” anjumanida, olamshumul ekologik muvozanatga erishishda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish atrof-muhitni himoya qilishga bog‘liq uzoq vaqtli iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashda yagona yo‘nalish ekanligi belgilandi. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro dastur va loyihalarga qo‘shilishi atrof-muhit sohasidagi konvensiyaga muvofiq respublikani atrof-muhitni saqlash va yaxshilash, barqaror rivojlanishga erishish umumjahon jarayoniga qo‘shilishiga imkon tug‘dirdi.
2002-yili Yoxannesburg shahrida o‘tkazilgan Barqaror rivojlanish xalqaro sammitida sammit qarorlarining aniq vazifalari va bajarilish rejalari loyihasi hamda siyosiy deklaratsiyasi muhokama qilindi. Sammitda yangi xalqaro institut tashkil qilinishi e’lon qilindi. “Sherikchilik tashabbusi” Markaziy Osiyoning alohida tashabbuslaridan bo‘lib, bir hududning barqaror rivojlanishini tahlil qilish va amalga oshirish, dunyo miqyosidagi loyiha O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qiziqtiradi. Xalqaro tabiatni qo‘riqlash hamkorligi asosiy yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosati strategiyasi bilan belgilanadi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng ko‘p vaqt o‘tmay, 1992-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti a’zosi bo‘ldi va uning qator dasturlari hamda maxsus tashkilotlari bilan hamkorlik qila boshladi, jumladan, atrof-muhit bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti dasturi (YUNEP), Birlashgan Millatlar Tashkiloti rivojlanish dasturi (PROON), ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti (YUNESKO), Xalqaro metereologik tashkilot (XMT), Sog‘liqni saqlash xalqaro tashkiloti (SSXT), Sanoat rivojlanishi bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti (YUNIDO) hamda uning ikki mintaqaviy komissiyasi: Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yevropa iqtisodiy komissiyasi (EEKBMT) hamda Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiya (ESKATO). Milliy siyosatni va xalqaro hamkorlik asosiy yo‘nalishlarini shakllantirish mamlakat ekologik imkoniyatlarini saqlab qolishga asoslanadi.
|
| |